Diafragma churralari
Diafragma churrasi deb, qorin bo’shlig’i a’zolarining diafragmadagi tug’ma
yoki orttirilgan nuqson orqali ko’krak bo’shlig’iga surilishiga aytiladi.
Klassifikatsiyasi va klinikasi.
Barcha diafragmal churralar ikkita katta
sinfga: travmatik va travmatik bo’lmagan churralar turlariga bo’linadi. Churra
qopining bor yoki yo’qligiga bog’liq holda, churralar soxta va chin churralar deb
ham nomlanadi. Travmatik diafragmal churralar odatda soxta bo’lib chiqadi,
biroq chin bo’lishi, ya’ni qorin churrasi qopiga ega bo’lishi ham mumkin, bu
ko’krak-qorin to’sig’ining jarohati hajmiga bog’liq bo’ladi. Travmatik
bo’lmagan chin diafragma churralari qaerda joylashganidan qat’iy nazar, tug’ma
va orttirilgan bo’lishi mumkin.
Diafragmal churralarining quyidagi tasnifi keltirilgan (B.V. Petrovskiy
bo’yicha):
Travmatik churralar: soxta va chin.
Travmatik bo’lmagan churralar:
1. Soxta tug’ma churralar.
2. Diafragma kuchsiz sohalarining chin churralari.
3. Atipik lokalizatsiyali chin churralar.
4. Diafragma tabiiy teshiklarining churralari:
a) qizilo’ngach teshigi churrasi;
b) diafragma tabiiy teshiklarining kam uchraydigan churralari.
239
58-rasm. Diafragmal churralarining turlari.
а – paraezofageal churra; б – diafragmaning qizilo’ngach teshigining churrasi; в – chin
diafragmal churra; г
-
soxta diafragmal churra.
Diafragmal churralarning umumiy simptomatikasi.
Diafragmal
churralarning klinik ko’rinishlari uchta asosiy omilga bog’liq bo’ladi:
1. diafragmadagi nuqson orqali ko’krak qafasiga tushgan churra
darvozalaridagi qorin bo’shlig’i a’zolarining ezilishi va buralib qolishi;
2. churraga tushgan qorin bo’shlig’i a’zolarining o’pkaga kompressiyasi va
ko’ks oralig’i surilishi;
3. difragma funktsiyalarining buzilishi va to’xtashi.
Shunga muvofiq holda diafragmal churralarda uchraydigan barcha
simptomlar quyidagilarga bo’linishi mumkin:
a) joyi o’zgargan qorin bo’shlig’i a’zolari faoliyatining buzilish muddati
bilan bog’liq gastrointestinal belgilar;
240
b) o’pkaning ezilishi va yurakning surilishiga bog’liq kardiorespirator
simptomlar.
Bemorlar to’sh osti sohasida, ko’krak qafasida, qovurg’alar ostidagi og’irlik
sezgisi va og’riqdan, ayniqsa ko’proq ovqat eyilgandan keyin paydo bo’ladigan
nafas qisishi va yurak urishiga shikoyat qiladilar. Ko’pincha churra tomondagi
ko’krak qafasida bilqillagan va quldiragan tovushlar eshitiladi, bemor gorizontal
holatda yotganda nafas qisishi kuchayadi.
Ovqatlangandan so’ng bemor egan ovqatini qayt qilgach keyin o’zini
birmuncha engilroq his qiladi. Qizilo’ngachning ham buralib qolishi bilan
kechadigan me’da buralishida, paradoksal disfagiya belgilari rivojlanadi (qattiq
ovqat suyuq ovqatdan ko’ra osonroq o’tadi). Klinik belgilarning yuzaga chiqish
darajasi, bevosita me’da-ichak yo’llarining to’liqlik darajasiga bog’liq bo’lishi,
katta diagnostik ahamiyatga ega.
Ko’krak qafasining tegishli yarmidagi yoki epigastral sohadagi qattiq
og’riqning orqaga, kuraklarga o’tishi – diafragmal churraning qisilib qolganidan
darak beradi. Kovak a’zoning qisilib qolishi, uning devorini nekrozga uchrashi
yoki teshilishi, piopnevmotoraks rivojlanishiga va uning avj olishiga olib kelishi
mumkin.
Anamnezda jarohatlanish bo’lgani, yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlarning
borligi, zararlangan tomonda ko’krak qafasi xarakatchanligining pasayishi va
qovurg’alararo oraliqlarning kengayganligi, uzoq muddatdan beri mavjud
bo’lgan churralarda – qorinning ichga botishi, ko’krak qafasining tegishli yarmi
ustida to’mtoq tovush yoki timpanitning aniqlanishi, me’da va ichaklarning
to’lish darajasiga ko’ra tovush kuchining o’zgarishi, bu sohada ichak
peristaltikasi yoki chayqalish shovqini eshitilayotganda nafas shovqinlarning
sustlashishi yoki mutlaqo bo’lmasligi, ko’ks oralig’idagi to’mtoq tovushning
sog’ tomonga surilishi, diafragmal churra borligiga xaqida dalolat beradi.
Odatda, uzil-kesil diagnoz rentgenologik teshiruv natijasiga qarab qo’yiladi.
Rentgenologik manzarada: ko’krak qafasiga surilgan qorin a’zolari tabiati va
hajmiga, me’da-ichak yo’llarining to’lish darajasiga bog’liq.
241
Me’da tushishida ko’krak qafasining chap tomonida suyuqlik ichish va
ovqat eyishda ko’tarilgadigan katta gorizontal sath ko’rinib turadi. Ingichka
ichak qovuzloqlari tushganda o’pka maydoni fonida ayrim yorug’langan va
soyalashgan qismlar ko’rinib turadi. Taloq yoki jigarning surilganligi o’pka
maydonining tegishli bo’limida qorong’ulanish beradi. Ayrim bemorlarda
diafragma gumbazi va undan yuqorida joylashgan qorin a’zolari yaxshi ko’rinib
turadi.
Me’da-ichak sistemasi a’zolarini kontrast modda yordamida tekshirilganda,
churraga tushgan a’zolarning tarkibi va tabiati aniqlanadi. Churraga tushgan
a’zolarni diaframadagi teshik sathida bosib ko’rish asosida (churra darvozalari
simptomi) churra darvozalarining joylashgan joyi va o’lchamlari aniqlanadi.
Davolash: diafragmal churralarda siqilish imkoniyati borligini hisobga olib,
profilaktik niyatda operatsiya qilish kerak bo’ladi. Churra o’ng tomonlama
joylashganda operatsiyani IV qovurg’alar orasida bajariladigan transtorakal
kesma (yo’l) orqali qilinadi, parasternal churralarda qulayroq kesma yuqori-o’rta
laparotomiya, chap tomonlama churralarda esa VII-VIII qovurg’alararo
transtorakal kesmalar tavsiya etiladi. Amaliyot jarayonida bitishmalar
ajratilgach, diafragmadagi nuqson chetlari ozod qilingandan so’ng, surilgan
a’zolar qorin bo’shlig’iga joylashtiriladi va nuqson alohida tugunli choklar
yordamida dublikatura hosil qilib tikiladi.
Nuqson o’lchamlari katta bo’lganda diafragmani kapron, neylon, teflon
kabilardan tayyorlangan protezlar yordamida (alloplastika) mustahkamlash
maqsadga muvofiq bo’ladi. Parasternal churralarda (Larrey churrasi, retrosternal
churra) surilgan a’zolar o’z bo’shlig’iga joylashtiriladi, churra xaltasi kesib olib
tashlanadi, diafragma nuqsoni chetlariga va qorin mushaklari qinining orqa
varag’iga, suyak ustki pardasi, to’sh va qovurg’alarga birin-ketin П-simon
choklar qo’yiladi.
Qisilgan diafragmal churralarda transtorakal yo’l bilan kiriladi, qisib turgan
halqa kesilgach, churra xaltasining tarkibini tashkil qiluvchi a’zolar sinchkovlik
bilan tekshiriladi. A’zoning yashashga moyilligi saqlangan bo’lsa, uni qorin
242
bo’shlig’iga kiritilib, churra darvozasi defekti bartaraf etiladi. Agarda hayotga
noloyiq holat topilsa, ya’ni a’zo ortga qaytmas o’zgarishlarga uchragan bo’lsa,
uni olib tashlash lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |