Normal taqsimot kvantillari Ehtimollilik α, % 99,99 99,00 97,72 95,00 90,00 84,13 50,00 Kvantil iα 3,715 2,326 2,000 1,645 1,282 1,000 0,000
Ushbu koʻrsatkichdan α ehtimollikdan ortmaydigan yoki 1–α ehtimollikdan ortishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar yoki zarar koʻrishning chegaraviy qiymatini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Agar narxlar oʻzgarishining ehtimolli taqsimoti normal taqsimot qonuniga boʻysunsa, VaRmiqdorini quyidagi formula boʻyicha hisoblash mumkin:
,
bu yerda
– aktiv (portfel)ning dastlabki qiymati;
– koʻrilayotgan davr (risk gorizonti);
– t vaqt davomida aktiv (portfel) qiymati yoki daromadining standart chetlanishi;
–ahamiyatlilikning tanlangan darajasi.
Demak VaR ikkita parametr bilan ifodalanadi:
1) ahamiyatlilik darajasi (significance level) – α yoki ishonchlilik darajasi (confidence level) – 1-α;
2) savdo kunlari orqali oʻlchanadigan risk gorizonti (risk horizon) – h.
Odatda ahamiyatlilik darajasi tashqi subyekt tomonidan belgila-nadi. Misol uchun Bazel II kelishuvi doirasida tijorat banklari oʻzla-rining bozor risklarini VaR yordamida baholayotganlarida ahamiyat-
182
lilik darajasini 1% deb olishadi, yaʼni bu 99% ishonchlilik darajasi hisoblanadi. Kredit reytingi agentliklari esa bundan ham jiddiyroq daraja belgilashadi, yaʼni yuqoriroq ishonchlilik darajasi (0,03% ahamiyatlilik yoki 99,97% ishonchlilik darajasi)ni qoʻllashadi. Bunday tashqi regulyatorlar boʻlmagan taqdirda VaRning ahamiyatli-lik/ishonchlilik darajasi foydalanuvchining riskka nisbatan yondashu-viga bogʻliq hisoblanadi. Foydalanuvchi qancha konservativ boʻlsa, shuncha α qiymati past boʻladi va mos ravishda ishonchlilik darajasi ham shuncha yuqori qoʻllaniladi.
Risk gorizonti – bu potensial (istiqboldagi mumkin boʻlgan) yoʻqotishlarni qancha davr oraligʻi uchun hisoblanishini anglatadigan muddat. Turli risklar tabiiy ravishda ularning likvidliligiga qarab turli vaqt oraligʻi boʻyicha baholanadi. Misol uchun Bazel kelishuviga muvofiq VaRning risk gorizonti 10 kunni tashkil etadi. Ichki yoki tashqi tartibga solish mexanizmlari mavjud boʻlmagan holatlarda VaRning risk gorizonti sifatida riskka uchrashning kutilayotgan davr oraligʻi olinadi. Likvid aktivning riskka uchrashi likvid boʻlmagan aktivga nisbatan ancha tez kutiladi va muvofiq tarzda tez toʻliq xedjirlanadi. Shuningdek riskdan holi boʻlish muddati uning sodir boʻlishining koʻlami (razmeri) va bozor likvidligiga bogʻliq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |