YOpiq taqsimlovchi qurilma. Uskunalari bino ichida joylashtirilgan elektr taqsimlovchi qurilma.
Komplekt taqsimlovchi qurilma. Uskunalari, boshqaruv, nazorat, himoya, avtomatika va signalizatsiya tizimlari shkaf va bloklar ichiga joylashtirilgan, montajga tayyor taqsimlovchi qurilma.
5. Quvvat transformatorlari va avtotransformatorlar
Transformator. Ikki yoki undan ortiq o‘zaro induktiv bog‘langan cho‘lg‘amlarga ega bo‘lib, bir yoki bir necha o‘zgaruvchan toklar sistemalarini elektromagnit induksiya orqali boshqa bir yoki bir nechta tok sistemalariga aylantirish uchun xizmat qiluvchi statik elektromagnit qurilma.
Quvvat transformatori. Elektr tarmoqlarining energiya qabul qilish va undan foydalanish qurilmalarida qo‘llaniluvchi transformator.
Transformatorning Yuqori, o‘rta, quyi kuchlanish tomoni. Transformatorning Yuqori, o‘rta, kuyi chulg‘am kirgichlariga ulangan o‘ramlar va boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar majmuasi.
Kuchaytiruvchi transformatorBirlamchi chulg‘ami kuyi kuchlanish chulg‘ami bo‘lgan transformator.
Pasaytiruvchi transformator. Birlamchi chulg‘ami Yuqori kuchlanish chulg‘ami bo‘lgan transfor-mator.
Ikki, uch chulg‘amli transformator. Ikkita, uchta asosiy chulg‘amlari faqat elektromagnit yo‘l bilan bog‘langan transformator.
Ko‘p chulg‘amli transformator. Uchtadan ko‘p asosiy chulg‘amlari galvanik yo‘l bilan bog‘lanmagan transformator.
Rostlanuvchi transformator. Konst-ruksiyasida joylashtirilgan maxsus qurilma yorda-mida bir yoki undan ko‘p chulg‘amlarida kuchlanishni rostlash imkoniga ega bo‘lgan transformator.
YUklama ostida rostlanuvchi transformator. Eng kamida bitta chulg‘amidagi yuklamani uzmasdan kuchlanishni rost-lash imkoni mavjud bo‘lgan rostlanuvchi trans-formator.
Quzg‘atishsiz almashlab ulanuvchi transformator. Kuchlanishni rostlash tarmoqdan uzib, chulg‘am shaxobchalarini almashlab ulash orqali amalga oshiriladigan rostlanuvchi transformator.
Rostlovchi transformator. Elektr tarmog‘i yoki kuch transformator agregatiga tarmoqdagi yoki agregatdagi kuchlanishni rostlash maqsadida ulanuvchi transformator.
Ketma-ket rostlanuvchi transformator. Transformatorning neyt-ral yoki yo‘l kirgichi tomoniga ketma-ket ulana-digan kuchlanishni qo‘shimcha rostlovchi transformator.
Buylama rostlovchi transformator Kuchlanishni rostlash maqsadida chulg‘am-laridan biri quvvat transformatorining tegishli chulg‘amiga ketma-ket ulanadigan, rostlovchi transformator.
Uzatish yo‘lining rostlov transformatori.CHulg‘amlaridan biri tarmoqda kuchlanishni rostlash maqsadida mazkur tarmoqqa ketma-ket ulanadigan rostlanuvchi transformator.
Transformator kuchlanishini rostlash. Transformatorning bir yoki bir necha chulg‘amlarida kuchlanishni maxsus qurilma yordamida tarmoq holati talablariga moslab o‘zgartirish yoki stabillash.
Transformator kuchlanishini neytralda rostlash. Trans-formator kuchlanishini chulg‘amning neytralga yaqin bo‘lgan shaxobchalarini almashlab ulash orqali rostlash.
Transformator kuchlanishini elektr uzatish yo‘lida rostlash. Transformator kuchlanishini chulg‘amning tarmoqqa ulanadigan qisqichiga yaqin bo‘lgan shaxobchalarni almashlab ulash orqali rostlash.
Transformatorning tipik quvvati. Transformator chulg‘am-lari barcha qismlari quvvatlari yig‘indisining yarmi. Izox: CHo‘lg‘am qismining quvvati deb, ushbu qism davomli joiz toki bilan davomli joiz kuchlanishining ko‘paytmasi tushuniladi.
Avtotransformator. Ikkita yoki undan ortiq chulg‘amlari o‘zaro galvanik bog‘langan va umumiy qismga ega transformator.
Transformatorning birlamchi chulg‘ami. Transformatorning energiya kirib keluvchi chulg‘ami.
Transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘ami. Transformatorning energiya oqib chiquvchi chulg‘ami.
Transformatorning Yuqori, quyi kuchlanish cho‘lg‘ami. Transformatorning boshqa asosiy chulg‘am-laridagiga nisbatan eng katta, eng kichik nominal kuchlanishga ega bo‘lgan asosiy chulg‘ami.
Transformatorning o‘rtacha kuchlanish chulg‘ami. Uch chulg‘amli transformatorning, avtotransformatorning kuch-lanish qiymati bo‘yicha Yuqori va kuyi chulg‘amlari oralig‘idagi chulg‘ami.
Parchalangan cho‘lg‘am. Transformatorning elektromagnit bog‘langan va bir xil kuchlanishga ega bo‘lgan ikkita ikkilamchi chulg‘ami.
Rostlovchi chulg‘am. Kuchlanishini rostlashda ishla-tiladigan qo‘shimcha o‘ramlarga ega bo‘lgan chulg‘am.
CHulg‘amning asosiy shoxobchasi. Transformatorni rostlovchi chulg‘amining nominal kuchlanishiga mos o‘ramlar shoxobchasi.
CHulg‘amning musbat, manfiy, shoxobchasi. O‘ramlar sonining asosiy shoxobchadagiga nisbatan oshishiga, kama-yishiga olib keluvchi shoxobchalar.
CHulg‘am neytrali. Uch fazali yoki ko‘p fazali transformatorlarning “yulduzcha” usulida ulangan faza chulg‘amlari uchun umumiy bo‘lgan nuqta.