Butoqlanuvchi nimstansiya. Butoqlangan elektr uzatish yo‘li orqali ta’minlanadigan nimstansiya.
Oraliq nimstansiya Ikki tomonidan ta’minlanuvchi bitta elektr uzatish yo‘lining kirib chiqishi orqali tarmoqqa ulanadigan nimstansiya.
Tugun nimstansiya. Kamida uchta elektr uzatish yo‘li orqali tarmoqqa ulanib, ular orqali quvvat oladigan nimstansiya.
Elektr taqsimlovchi punkt TP. Nimstansiya tarkibiga kirmaydigan elektr taqsimlovchi tuzilma.
Taqsimlash qurilmasining ulanmasi. Transformatorlar, generator yoki boshqa zanjirga taalluqli taqsimlov qurilmasining qismi.
Elektr nimstansiya taqsimlov qurilmasining xujrasi. Elektr nimstansiya taqsimlovchi quril-masidagi bitta ulanishning tarkibidagi kommutatsiya va boshqa apparatlar majmuasi.
Ochiq taqsimlovchi qurilma. Uskunalari ochiq havoda joylashtirilgan elektr taqsimlovchi qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |