Xukukiy tartibga solish mexanizmi
1. Xukukiy tartibga solish tushunchasi va xususiyatlari.
2. Xukukiy tartibga solish mexanizmi tushunchasi va
uning asosiy elementlari.
3. Xukukiy tartibga solish tizimi va turlari.
Uzbekiston Respublikasi mustakillikni kulga kiritgach uzida juda kup uzgarishlarni kiritdi va ijobiy yutuklarga erishib kelmokda. Davlatimizning yangi konun chikaruvchi organi uz faoliyatini boshlab yubordi. Birinchi bulib Konstitusiya va kupgina konunlarni kabul kildi.
Xozirgi kunda jamiyatimizning a`zolari ushbu ishlab chikilgan konunlarni urganib chikib ularga rioya kilish va xayotga tatbik etish yullarini urganishmokdalar. Konunlarni amalga oshirish uchun Respublikamiz fukarolarining xukukiy ongini, xukukiy madaniyatini, xukukiy mafkurasini yuksaltirish zarur. Ana shu xarakatlar va intilishlar amalga oshsagina, fukarolar konundan chetga chikmaydigan buladi. Respublikada siyosiy, ijtimoiy va iktisodiy kayta uzgarishlarni xal etish demokratiyani yanada kengaytirish va chukurlashtirish, inson xukuklari va erkinligini ta`minlash, jamiyat turmushining xukukiy asoslarini mustaxkamlash bilan boglikdir.
Demokratiya esa uzini-uzi boshkarish va oshkoralikning rivoj topishi xukukiy vositalar orkali ijtimoiy adolat prinsipining urnatilishi va konunchilikning tubdan yangilash uni ilmiy asoslanganligini amalga oshirish va xukukni kullash faoliyatini takomillashtirish xamda fukarolarning xukukiy jixatdan tarbiyalashni takozo kiladi.
Xukukiy tartibga solish mexanizmi - bu davlat uz oldiga kuygan yagona xukukiy vositalarning tizimi birdamligida xukukni tartibga solishda yukori natijalarga erishish uchun maksad va vazifalardir.
Xukukiy tartibga solish mexanizmi tushunchasini ochish moxiyatida shuni bilish kerakki, ya`ni davlat tomonidan urnatilgan xukukiy normalarni tugri tadbik kilish va unga itoatguy bulishni ta`minlash yuridik vositalarni kullash orkali amalga oshirish mumkin.
Xukukiy tartibga solish tushunchasi va uning xususiyatlari.
Xukukiy tartibga solish uzida muxim va kup jixatli jarayonni aks ettirib, anik bir yuridik vositalar orkali ijtimoiy muxitlarni tartibga soladi.
Xukukiy adabiyotlarda xukukiy tartibga solish tushunchasi yangi emas. 60-yillarda xukukiy tartibga solish bulgan tizimlar paydo buldi, chunki xukukiy tartibga solish jamiyatdagi ijodiy roli oshib bordi, ya`ni xukukiy tartibga solish ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi eng kulayi bulib, u insonning xukukiy ongiga ta`sir etish orkali uz maksadlarini amalga oshiradi.
Xozirgi vaktda ilmiy izlanuvchilar ushbu muammoli xolatning ustidan ishlamokda, chunki xukukiy tartibga solish jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda asosiy urinni egallamokda.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish masalalarini tadkik kilishning muximligi xukuk va uni xayotga tatbik kilishning birligi xakidagi ta`limotdan kelib chikadiga. Xukukiy koidalarni xayotga tatbik etish xukuk yashashining eng asosiy shartlaridan biridir.
Xukuk normalari jamiyat xayotining asosiy tomonlarini normativ tarzda tartibga solib turadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, xukukning uzi bevosita ijtimoiy munosabatlar tizimini yaratish, rivojlantirish va uzgartirishi mumkin emas. Xukuk bu munosabatlar ishtirokchilarining ongiga ta`sir etib, kat`iy xarakat koidalari urnatib ularni tartibga soladi. Ijtimoiy munosabat katnashchilari ongli xarakatlarni sodir etadilar. Shuning uchun xam bu munosabatlarga xukukiy ta`sir etish, ularni yulga solib mumkin buladi.
Xukukiy tartibga solish xukukiy ta`sir etishning nisbatan mustakil va faol kurinishlaridan biridir.
Xukukiy tartibga solish- bu ijtimoiy munosabatlarga xukuk yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maksadida ta`sir etish jarayonidir.
Xukukiy tartibga solishning uziga xos xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining yuridik xukuk va burchlarini belgilaydi, xukuklardan foydalanish va majburiyatlarning bajarilishini ta`minlaydi.
Jamiyatda xukukiy tartibga solish ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy tartibga solishning maxsus turi bulib, uzining maksadga yunaltirilganligi, tashkiliyligi va samaraliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashkari xukukiy tartibga solish uziga xos ta`sir etish vositalari mexanizmi orkali amalga oshiriladi. Konun chikaruvchi organning yuridik normalar urnatishdan kuzlagan maksadi xuddi ana shu xukukiy ta`sir etish vositali tizimi yordamida ruyobga chikariladi. Xukukning ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchisi sifatida talkin etilishi xukukshunoslikda uzil kesil tan olingan. Xukukning asosiy vazifasi xam uning tartibga soluvchilik vazifasidan kelib chikadi.
Konun xayotiy munosabatlarni tartibga solar ekan ularni amal kilish va rivojlanishi uchun kat`iy chegara urnatadi.
Demokratik davlatning xozirgi boskichida davlat va jamiyat xayotining xukukiy asosini mustaxkamlash, ijtimoiy munosabatlarni xukukiy tartibga solishni muntazam ravishda takomillashtirib borish tarakkiyotning asosiy yunalishlaridan biri bulib koldi.
Yuridik adabiyotlarda xukukning tartibga soluvchilik funksiyasini turlicha tushunish xollari mavjud, ba`zan yuridik shaklga nisbatan kuprok urin berilib, xukukiy tartibga solish mexanizmiga xukukni yaratish jarayoni xam kushiladi. Bu mantikka muvofik emas xukukiy normani xukuk-tartiboti tushunchasi kushganday bir gapdir.
Xukukiy tartibga solish fakat kishilarning xarakatlariga, munosabatlariga karatiladi.
Xukukiy tartibga solish xamma vakt munosabatlarni muayyan kolipga soladi, ularni barkarorlashtiradi, yullab turadi, davlat ximoyasiga kuyadi.
Ijtimoiy munosabatlarni xukukiy tartibga solish muayyan metodlar yordamida amalga oshiriladi. Xukukiy tartibga solish metodi xukukiy tartibga solish predmetiga boglik buladi.
Ijtimoiy munosabatlarga xukukiy ta`sir etishning usullari yigindisi xukukiy tartibga solish metodini tashkil etadi, bular avtonmiya va avtoritar usullaridir.
Avtoritar metod - bu ijtimoiy munosabatlarga xukmronlik va buyruk tarzida kat`iy ta`sir utkazish tushuniladi. Masalan, ma`muriy-xukukiy, jinoiy-xukukiy munosabatlar. Bunday munosabat subyektlaridan biri davlat, davlat organlaridir.
Avtonomiya metodi - bu bilan tartibga solinadigan munosabatlarda subyektlar teng xukukli bulib, ular davlat tomonidan berilgan vakolat asosida mustakil faoliyat yurgizadilar. Masalan, fukaroviy-xukukiy munosabatlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |