2.3 Eneolit davri madaniyati genezisi masalalari
Misning erish xususiyati undan ancha kech ixtiro qilingan. Bu yaqin Sharqda, Janubiy Turkmaniston hududlarida mil. avv. IV ming yilliklarda, Evropa, Xitoy , O‘zbekiston hududlarida mil.avv. III-II ming yilliklarda sodir boMgan.
B.A.Kuftin va V.M. Massonning janubiy Turkmanistonda olib borgan arxeologik tadqiqotlari asosida eneolit davrining rivojlanish bosqichlarini aniqladilar va eneolit davri rivojlanishi ilk, oMla, so‘nggi bosqichlarga boMdilar. Ular tadqiqoti natijasiga ko‘ra, N om ozgoh-l-ilk eneolit davriga, Namozgoh-2- o‘rta eneolit davriga , Namozgoh-3-so‘nggi eneolit davriga xosdir. Eneolit davrida sug'orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo‘jalikning asosini tashkil etgan.
Eneolit davri iqlim sharoiti hozirgi davrdan ancha farq qilgan. YogMngarchilik ko‘p boMgan. Tog‘ oldi soylari, daiyolar sersuv boMib, ular choM zonalarining ichkarisigacha kirib borganlar. Eneolit jamoalari shu suv etaklarida o‘zlariga manzilgohlar qurib, yangi erlami o‘zlashtirganlar. Eneolitning ilk bosqichida aholi bir-biriga zich qilib qurilgan bir
xonali uylardan iborat qishloqlarda istiqomat qilganlar. Uylar tor, kvadrat shaklida xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xona devorlari somonli loy bilan suvalgan. 0 ‘rta bosqichida esa qishloqlaming markaziy qismi mudofaa devori bilan o ‘ralib, ko‘p xonali uylar ham uchraydi. Ularning orasida doira shaklidagi xonalar ham boMib, tadqiqotchilar fikricha, bu ibodatxona boMib, ular bu erda olovga sigMnishgan. Eneolitning so'nggi bosqichida qishloqlar hududi kengayadi va ko‘p xonali uylaming soni oshadi. Ularda dahlizlar va hovlilar vujudga keladi. Hovlilarni birlashtiruvchi tor ko‘chalar rasmiylashgan va ularning hammasi qishloqning markazidagi maydonga chiqqan. Har bir uyda xo ‘jalik kompleksi-omborxonalari boMgan.
So'nggi bosqichda qishloqlar yiriklashib, shaharlar qiyofasiga o‘ta boshlagan. Shu jihatini inobatga olib, arxeologlar uni shahar- largacha (protogorod) boMgan davr madaniyati belgilari deb hisob- laydilar.
Eneolit davrida mehnat qurollari asosan, toshdan, hayvon suyaklaridan va qisman misdan yasalgan. Mis mehnat qurollari mavjud boMganligi eng qadimgi mehnat qurollarini kimyoviy tahlil qilish asosida isbotlandi. Dastlabki mis qurollar sof misdan yasalgan. Odamlar dastlab misni toshning bir turi deb, sovuq holda ishlov berganlar. Miloddan avvalgi IV ming yilliklardagina uning olovda erish xususiyati kashf etilgan. Mis qurollari m ehnat unumdorligini oshirgan, lekin mis tabiatda kam uchraganligi va tannarxi qimmat boMganligi sababli, u tosh qurollami siqib chiqara olmagan. Shuningdek, uning boshqa metal larga nisbatan yumshoqligi va egiluchanlik xususiyati, ulardan hamma hududlarda bir xil foydalanishga imkon bermagan.
Eneolit davridagi mehnat qurollari asosan dehqonchilik xo‘jaligi bilan bog’liq edi. Bu qurollar chaqmoqtoshdan ishlangan qistirma o‘roq, pichoq, o‘roq randa, qirgMch, bigiz, yorg‘uchoq, ketmoncha va boshqalar boMgan. Misdan bigiz, igna, to‘g‘nagMch, bolta, pichoq, nayza, kurakchalar va turli taqinchoqlar yasaganlar.8 Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha bu yerda dehqonchilik madaniyati geoksyurliklarning ta’sirida rivojlangan. Bundan tashqari, Eron, Afgʻoniston va Kaltaminor madaniyatlariga mansub topilmalar ham mavjud. Bu eneolit davri qabilalari oʻrtasida doimiy madaniy-iqtisodiy aloqalar boʻlganligidan dalolat beradi. Oʻrta Osiyoning boshqa hududlarida eneolit ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga koʻra neolit davri shaklida rivojlanish davom etgan Oʻtkir uchli yoki dumaloq taglik sopol idishlar yasash an’anasi saqlanib qoladi. Sopol idishlar toʻlqinsimon, toʻgʻri chiziqlar bilan keyinchalik uchburchak va romb shakllaridagi naqshlalar bilan bezatilgan. Sialktepa manzilgohi 3 ga maydonni tashkil etib, bir nech bosqichdan iborat va o’ziga xos madaniyatni hosil qilgan (Sialk I). Tehron vohasida aynan shu madaniyatga xos, juda ko’p va qiziqarli ashyolarni o’zida jam qilgan Ray shahri yaqinida Chashma Ali manzilgohi topib o’rganilgan (Sialk III). Markaziy Eronning katta hududida, Qum shahridan Sialk II bosqichiga xos Qalai Duxtar manzilgohi topib o’rganilgan. Ularning hammasida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida rangli sopol buyumlari, turli xil mis va jezdan yasalgan qurollar, paxsa va xom g’ishtdan qilingan ko’p xonali uylar, tosh qurollari topilgan. Hozirgi Xuziston viloyatida, Diza yoki Abi-Diza daryosi irmoqlari bo’yida 1,5-2 ga maydonga ega ko’plab manzilgohlar joylashgan. Ular Eronning Suza madaniyatiga xos bo’lgan eneolit davri yodgorliklaridir. Bu protoelam yoki suza kompleksi nomini olgan manzilgohlarga Jafarobod, Jovi va Bendebalni kiritish mumkin. Jovida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida mis buyumlari topilmagan bo’lsa-da, ko’plab sopol buyumlari, tosh qurollar, ho’kiz, echki va qo’y, ba‘zan ayol haykalchalari topilgan. Tosh bolta va motigani bitum bilan mahkamlanganligini ko’rish mumkin. Sopol buyumlarning zoomorf va antromorflar belgilar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |