Xasanova Mashhuraning “O’rta Osiyo arxeologiyasi” fanidan tayyorlagan kurs ishi


Janubi Turkmanistonning eneolit davri moddiy madaniyati



Download 163,5 Kb.
bet8/14
Sana15.02.2022
Hajmi163,5 Kb.
#450058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Eneolit

2.2 Janubi Turkmanistonning eneolit davri moddiy madaniyati
Eneolit ( mil. av.IV-III ming yilliklarning boshlari.) - bu dastlabki metal (enus - grekcha «mis», litus - lotincha «tosh») davri boʻlib, mis tosh davri deb, ham ataladi. Bu davrning katta yutugʻi kishilarning dastlabki metal bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan xam foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan boʻlsada, misdan kuchli va ogʻir qurollar yasab boʻlmas edi. Shuning uchun mis korishmasidan yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy xayotida yuqori mavqyega ega bulmadi, tosh qurollar oʻz axamiyatini saqlab qoldi. Bu davrda kishilarning xoʻjalik va ijtimoiy xayotlarida yirik oʻzgarishlar sodir buldi. Qadimgi Sharq (Mesopotamiya va Old Osiyo)da shaxar- davlatlarning vujudga kelishi va sinflarning paydo boʻlishi kuzatiladi.
Oʻrta Osiyoning janubiy xududlarida esa oʻzlashtiruvchi xoʻjalik oʻrnida vujudga kelgan dexqonchilik va chorvachilik xoʻjalik shakliga aylanib, xududiy jixatdan kengayib boradi. Lekin bu jarayon Oʻrta Osiyo.ning turli xududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy geografik jixatdan noqulay bulgan shimoli-Sharqiy xududlarda yashovchi qabilalar xoʻjaligida ovchilik va baliqchilik ustunlik qilar edi. Demak, eneolitning ilk va rivojlangan bosqichlarida Oʻrta Osiyo qabilalarining ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy rivojlanishida tafovut va notokesliklar saqlanadi.
Ishlab chiqaruvchi xoʻjalik asosida rivojlangan Turkmaniston axolisi Qadimgi Sharq madaniyati rayonlari bilan doimiy aloqada boʻlganlar. Oʻrta Osiyoning shimoliy va Sharqiy xududlarida esa Kaltaminor va hisor madaniyatlariga mansub madaniy xoʻjalik shakllari davom etadi. Ushbu hududlarda topilgan ashyoviy dalillarga koʻra aholining iqtisodiy hayotida ovchilik va baliqchilik asosiy manba boʻlganligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda dasht aholisi tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlangan deyish mumkin. Lekin, bu davrda neolit zamoni an’analari oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. Axolining asosiy qismi kichik daryo sohillarida va koʻllar atrofida yashaganlar. Oʻrta Osiyoning eneolit davri Janubiy Turkmaniston hududida yaxshi oʻrganilgan. Bu hududda eneolit davrini oʻrganish amerika ekspeditsiyasi tomonidan Anovda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlaridan boshlanadi. Bu yerda keng koʻlamda olib borilgan ilmiy tekshirishlar 50-yillarda JTAKE faoliyati bilan bogʻliq. Yodgorliklarni tekshirishda B.A. Kuftun, V.M.Masson, V.I.Sarianidi, O.K.Berdiyev va I..V. Xlopin va boshqalarning xizmatlari kattadir. Bundan tashqari Yuqori Zarafshonda Panjikent shahri dehqonchilikidagi Sarazm manzilgohi ham oʻrganilgan boʻlib, uning quyi qatlami soʻnggi mis-tosh davriga oiddir.
Arxeologlar ilmiy tekshirishlar natijasida turar joylar, sugʻorish tarmoqlari va ulardan oʻrin olgan moddiy topilmalarni oʻrganib, mis-tosh davri madaniyati va tarixini mavafaqiyatli yoritdilar. Oʻrganish jarayonida Janubiy Turkmaniston Qadimgi dunyo madaniyati rivojida munosib oʻringa ega ekanligi ravshan boʻldi.
Eneolit davri manzilgohlarning nisbiy davri stratigrafik asosda aniqlanadi. cheksiz davri esa Eron va Mesopotamiyadagi manzilgohlar bilan shaklan solishtirib taxlil qilish va radiokarbon tahlillari asosida aniqlanadi.
Oʻrta Osiyodada eneolitning asosiy 3 davri ajratib koʻrsatiladi: ilk, oʻrta va soʻnggi. Shu bilan bargalikda har bir manzilgoh hududiy belgilariga koʻra davrlar ichida guruhlarga boʻlinib, ularga u yoki bu komplekslar kiradi.
Ilk eneolit davriga Anov И va Namozgox И manzilgoxlari kirib, ikki bosqichi mavjud. Anov И manzilgohi hududiy jihatdan gʻarbiy va Sharqiy guruhlarga boʻlinadi. Namozgox И esa hududiy jihatdan gʻarbiy, markaziy va Sharqiy guruhlarga boʻlinadi. Rivojlangan eneolit davriga Anov ИИ, Nomozgoh ИИ manzilgohlar kiradi. Nomozgoh ИИ hududiy jihatdan gʻarbiy va Sharqiy hududlarga boʻlinadi. Soʻnggi mis-tosh davriga esa Nomozgoh ИИИ oid boʻlib, u ham gʻarbiy va Sharqiy hududlarga boʻlinadi. Yuqori Zarafshon daryosi boʻyida joylashgan Sarazm (Sarazm И, ИИ) soʻngi mis-tosh davriga oid boʻlib, moddiy topilmalar uni alohida guruhlarga ajratish imkonini bermaydi.
Bu davrga kelib qurilishda paxsa bilan birgalikda toʻgʻri toʻrtburchakli xom gʻishtlar xam ishlatila boshlaydi. qurilishda toshdan deyarli foydalanilmagan.
Mamahalliy me’morchilik an’analarining shakllanishi keskin moʻ’tadil iqlim sharoiti muhim oʻrin tutadi. Kam yogʻin boʻlganligi tufayli uylarning tomi bolorlar bilan tekis qilib yopilgan. Bundan yashash (yoz kunlarida) uchun hamda xoʻjalik maqsadlarida foydalanilgan.
Eneolit davriga kelib dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi aholining yangi yerlarni oʻzlashtirishi natijasida koʻp sonli yangi manzilgohlar paydo boʻladi.
Ularning ba’zilari ( Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa ) ning hajmi ancha katta. Ba’zi bir manzilgohlar alohida qirqim koʻrinishidagi aylanma devorlar (bunday inshootlar Geoksyur vohasining Oʻrta eneolit davriga oid manzilgohlarda) aniqlanib, qoʻshni devorlar bilan qoʻshilgan. Bular koʻrinishidan yashash uchun foydalanilgan.
Eneolit davri kulolchilik sohasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Ma’lum issiqlikni saqlaydigan xumdonlar paydo boʻladi, xom ashyo sifati oshadi, kulolchilik buyumlarining koʻpligida bir rangli va koʻp rangli bezaklar bilan bezatila boshlaydi. Asosan kosalar va xumchalar naqshlar bilan bezatiladi. Asosan ikki xil boʻyoqlar: qizil va qora-jigar ranglar ishlatiladi. Dastlab idishlarning yuqori qismi uchburchak va parallel chiziqlar bilan naqshlangan. Asta-sekin idishlar oʻzgacha koʻrkka ega boʻlib, bezaklkari koʻpayib boradi. Idish atrofidagi aylana chiziqlar, uchburchak shakllarning orasi goh chiziq, goh kvadrat shakldagi xoch, goh toʻlqinsimon chiziqlar bilan toʻldirilgan. Keng tarqalgan motivlaridan biri xoch shakli boʻlib, koʻp sonli shakllarni vujudga keltiradi. Ma’lum uslubga solingan va aniq geometrik shaklga keltirilgan hayvon va qush tasvirlari paydo boʻladi. Ular echkilar, mushuk zotiga oʻxshash olachipor hayvon (qoplon boʻlishi mumkin), yirik qanotli burgut va kichik qushlardan iborat. Odamlar tasvirlari kamchillikni tashkil qiladi. Masalan, sopol idish boʻlakchalaridan birida qarama-qarshi holatda turgan kishilar tasvirlanib, ular oʻrtasida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri manzilgohlarda uchraydigan ayol haykalchasiga oʻxshash ayol ma’budasi tasvirlangan. Koʻrinishdan rassom ayol ma’budasiga sigʻinish harakatini tasvirlagan. Kishilarning obrazi va hayvonlar tasviri ba’zan ramziy belgi bilan uygʻunlashgan. Agar ilgari hayvonlar tasviri totemizm bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, keyinchalik Qadimgi dehqonchilik aholisi afsonaviy tafakkurdan chiqib, ular mazmunan boshqa bir ma’noli tasvirlarni aks ettira topa boradi.
Eneolit davri manzilgohlarda koʻp sonli tosh qurollari topilgan. Bular asosan dehqonchilik mehnat qurollari: yorgʻunchoq, hovoncha, oʻroq, dasta, kelidasta, tagkurs va boshqalar. Marmarsimon ohaktoshdan sirti qat-qat burma qilib ishlangan idish koʻrkam qilib yasalgan. Tosh va gipsdan zeb-ziynat buyumlari, asosan munchoqlar yasalgan. Soʻnggi eneolit davriga kelib boʻyinga osish uchun moʻljallangan xoch yoki bir necha tishli xoch ilk bor paydo boʻladi. (Qoratepa, GeoksyurИ). Ular yumshoq navli toshlardan yoʻnib ishlangan. Suyakdan bigiz, sanchqi yasalgan. Keyingi davrida misdan yasalgan qurollar uchraydi. Ular pichoq, sanchqi, toʻgʻnogʻich, aylana shakldagi dastasiz oyna.
Tadqiqotchi arxeolog olimlar Janubiy Turkmanistonning eneolit davri komplekslarini paydo boʻlishi va taraqqiyot jarayonlarini quyidagicha talqin qiladi.
a) ilk eneolit davriga oid Anov И Shimoliy va Markaziy Eron hududlaridan kelgan bir guruh qabilalar ta’sirida shakllanadi.
b) ilk eneolit davriga oid Nomozgoh И neolit davri ilk dehqonchilik manzilgohlar asosida shakllanadi.
v) Nomozgoh ИИ kompleksi Nomozgoh И ta’sirida shakllanib, ayrim belgilarida Messopotamiya va Elam an’analari an’analarining ta’siri seziladi.
G) oʻrta eneolit davri Yalangʻoch shaklidagi komplekslar mahalliy ilk eneolit an’analari ta’sirida shakllanadi.Uning sodda varianti ham mavjud boʻlib, Nomozgoh ИИ va Messopotamiya an’anasining alohida ta’siri natijasi boʻlishi mumkin.
d) soʻnggi eneolit Qoratepa usulidagi kompleksi Eron komplekslari bilan chambarchas aloqada boʻlgan hamda Janubiy Messopotamiya ta’siri seziladi.
e) Soʻnggi eneolit davri Geoksyur uslubi (masalan, xoch tasviri) Messopotamiya va Elam naqsh an’analari bilan alohida va chambarchas bogʻlanganligini oʻzida aks ettiradi.6
Shunday qilib, Sharqiy hududlarda tashqi hudud madaniyatning ta’siri koʻrinadi. Koʻrinishdan, u Eron hududidan alohida ajralib turuvchi tashqi toʻlqin boʻlgan. Geoksyur bilan bir qatorda Qoratepada ham mamahalliy an’analarning oʻrni yuqori boʻlgan 7
Tashqi madaniy ta’sirning aniq hududi ma’lum boʻlsada, ilk eneolit davridagiga nisbatan asta-sekin kamayib boradi.
Shunday qilib, eneolit davrida Janubiy Turkmaniston taraqqiyot darajasiga koʻra teng boʻlgan hozirgi Eron va Afgʻonistonning qoʻshni viloyatlari bilan yagona tilda gaplashib, u yerda qabilalarning siljishi sodir boʻladi.
Eneolit davrining oxiri (mil.av. ИИИ ming yillik boshlari)da Janubiy Turkmanistonda ilk shahar madaniyatining shakllanishi kuzatiladi.
Eneolit davrining soʻnggi bosqichlariga kelib, Yuqori Zarafshon hududida oʻtroq dehqonchilikka asoslangan Sarazm manzilgohi shakllanadi. Sarazm bir necha madaniy qatlamdan iborat boʻlib, uning quyi qatlamidan topilgan naqshli sopol buyumlar Anov ИИ, Geoksyur shaklidagi moddiy buyumlarga ancha oʻxshash. Idishlarning sirtida Qora va qizil boʻyoqlar bilan ishlangan turli geometrik naqshlar bor. Madaniy qatlamda misdan yasalgan qurollar topilgan. Bu qatlamning yoshi radiokarbon usulida tekshirilib mil av. IV ming yillik oxiri - III ming yillik boshlari belgilangan. Bu yerdan koʻp xonali uylar ochib oʻrganilgan. Uylar katta jamoa uylari boʻlgan. 2-3 xonali kichik oilalarga moʻljallangan uylar ham mavjud. Ulardan turar joydan tashqari roʻzgʻor va xoʻjalik maqsadlarida ham foydalanganlar. Turar joyga moʻljallangan uylarda dumaloq shakldagi oʻchoqlar ham mavjud. Bunday oʻchoqlar Anov II da ham keng tarqalgan edi.

Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish