1.2 Janubiy Turkmanistonning eneolit davri umumiy tavsif.
Ma`lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko`tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo`lmagan. Bu davrda unumdor ho`jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo`shimcha ho`jalik bilan mashg`ul bo`lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo`lgan. Urug` munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo`lgan urug` makonlari o`rniga bir necha urug`lar yashagan yirik manzillar paydo bo`ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O`troq hayot ko`nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g`ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo`ladi.
Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko`plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy hayotdagi e`tibori va mavqeini ko`rsatuvchi haykalchalari ham bo`lgan.
Eneolit makonlari er yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo, Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o`rganilgan. Mesopatamiyada Xassuan yodgorligi, Eronda So`za kompleksi, Ukrainada Tripol`e madaniyati, Kavkazortida Shengavit, Turkmanistonda Anov, Nomozgoh makonlari eneolit davriga mansubdir.2
Eneolit makonlaridan topilgan qurollarning eng ko`p tarqalgani – retushlangan egri o`roqlar va silliqlangan tosh motigalardir. Egri o`roqlar barcha mamlakatlarda eng qadimgi dehqonchilik ho`jalik mashg`uloti bilan birga paydo bo`lgan. Evropa va Osiyo hududlaridan topilgan makonlarda 3 xil don-bug`doy, arpa va tariq qoldiqlari topilgan. Bu donlarning yovvoyi xillari Evropada etishtirilgan. Ular bu erlarga Markaziy Osiyo va Hindiston hududlaridan olib kelingan. Yer yuzining ko`p hududlarida eneolit davri ibtidoiy dehqonlarning qishloqlari keng tarqalgan. Ular ho`jaligida dehqonchilik va chorvachilik asosiy mashg`ulot bo`lishi bilan birga, ovchilik ham mavjud bo`lgan. Ovchi qabilalarning faoliyati izlari ularning mozor ko`rganlarida saqlanib qolgan. Ularning eneolit davriga xos bo`lgan “Qadimiy chuqur” mozor qo`rg`onlari deb atalib, er yuzida ulardan qadimiyrog`i yo`q. Ular miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Qabr tagidagi oddiy go`r chuqurlar bu davr uchun nom bo`lgan. Qadimiy chuqur mozor-qo`rg`onlarida chaqmoqtosh o`q uchlari, qirg`ichlari pichoqsimon tosh qurollar uchraydi.3 1904- yili amerikalik R. Pompelli Janubiy Turkmanistonga ekspeditsiya uyushtirdi. Ekspeditsiya Kopetdog’ tog’oldi zonasiga joylashgan Anovtepada arxeolog G. Shmidt rahbarligida qazishmalar olib bordi. Arxeologik qazishma natijalari ko’p datlamli Anovtepani 4 ta xronologik etapga bo’lish imkoniyatini berdi. G. Shmidt bu etaplarni Anov I, II, III va IV deb atadi. Arxeolog olimlar Pompelli – Shmidt xronologik davriy sistemasidan rosa 50 yil foydalandilar. Urushdan keyingi yillarda Janubiy Turkmanistonda qadimgi davr arxeologiyasinin o’rganish bo’yicha juda ko’p ishlar qilingan bo’lib, bular ichida eng muhimi 1948-1958-yillarda Namozgohtepada olib borilgan arxeologik ishlardir. Namozgohtepadagi ishlar natijasida Anovtepa bo’yicha qilingan davrlashtirishga biroz aniqlik kiritildi.25 1950 – yillarning boshlarida B. A. Kuftin Namozgohtepada (u ham Janubiy Turkmanistonda) arxeologik qazishmalar o’tkazib, Janubiy Turkmaniston o’troq dehqon jamoalari tarixining yangi xronologik davriy sistemasini taqdim etdi. Unga ko’ra qadimgi dehqon jamoalarining eneolit va bronza davri tarixi 6 bosqichga bo’lindi. B. A. Kuftin bu etaplarni Namozgoh I, II, III, IV, V, VI deb atadi. Keyinroq, V. M. Masson B. A. Kuftin ishlarining davomchisi sifatida, uning xronologik davriy sistemasiga tub o’zgarishlar kirita olmasada, o’sha 6 etapning har birini ikkitadan bosqichga bo’lib o’rganish mumkinligini isbotlab berdi. G. Shmidt va B. A. Kuftin xronologik davriy sistemasi bir-biri bilan solishtirilsa, Anov I ning «A» fazasi neolitga tegishli bo’lib, Anov I ning «B» fazasi esa Namozgoh I ga tengdir. Shuningdek, Anov II Namozgoh II ga barobar; Anov III Namozgoh III, IV, V va VI ga tengdir. Anov IV ilk temir davriga taalluqlidir. O’rta Osiyo ibtidoiy jamoa tuzumi tarixining Namozgoh I-III etaplari Janubiy Turkmanistonda eneolit asri disoblanadi. Janubiy Turkmanistonning dehqon jamoalari tarixida, V. M. Massonning fikricha, eneolit davri milodiy eradan oldingi V minginchi yillikning oxirlaridan boshlab, u to III minginchi yillikning birinchi choragigacha davom etdi. Shuningdek, Namozgoh I ilk eneolit, Namozgoh II o’rta eneolit va Namozgoh III esa so’nggi eneolit hisoblanadi. Eneolit davrida sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo’jalikning asosini tashkil etgan. Paleografiya nlmiy-tadqiqot kuzatishlariga ko’ra eneolit davrining ob-havosi, geografik iqlimi hozirgi davrdan ancha farq qilib, u vaqtda yog’ingarchilik nisbatan ko’p bo’lgan. Tog’osti soylari o’z suvlarini cho’l zonasining ichkarisigacha olib borgan. Ana-shu soy suvlarining o’rta oqimi rayonlarida eneolit davri qishloqlari qad ko’targan. Ular asta-sekin o’sha soylarning quyi oqimiga, hatto Janubiy Turkmanistonning Tejen singari azim daryolari quyi oqimigacha borib yetdilar. Yangi yerlarni o’zlashtirish protsessi, ayniqsa, Namozgoh I ning oxiri va Namozgoh II davrida aktivlashdi. Eneolit davrida Geoksar vohasi keng o’zlashtirildi. Geomorfologik ilmiy dala tadqiqotlarining ko’rsatishicha, Geoksar vohasida eng qadimgi sun’iy sug’orish kanallari vujudga keladi. Eneolit davri geoksar yodgorliklari 1960 - yillarda V. M. Masson, V. I. Sarianidi, I. N. Xlopinlar tomonidan keng o’rganildi. Ular o’sha davr qishloqlarining va uy-joylarining tipi haqida qimmatli materiallar to’pladilar.26 Geoksar vohasida o’tkazilgan arxeologik ish natijalariga ko’ra, ilk eneolit davrida (Namozgoh I) urug’ jamoalari maydoni keng makonlarda yashaganlar. Har bir qishloq, (masalan, Yassitepa) bir-biriga zich qilib qurilgan qator bir xonali uylardan tashkil topgan har bir uy juft oilalarga tegishli bo’lib, unda ona oila boshlig’i sifatida uni boshqargan. Boylik hali umumjamoaniki hisoblanib, uni yaratishda oilaga boshqa urug’dan vaqti-vaqti bilan kelib turuvchi erkaklar ko’maklashib turgan. Namozgoh I davri uy-joy qurilishida birinchi bor xom g’isht ishlatilgan. Xona devorlari somonli loy bilan suvalgan. Uylar tor, kvadrat shaklida bo’lib, maydoni 10 m2 ga yaqin bo’lgan. Uyga kiraverishda, chap tomonda kvadrat shaklidagi g’ishtdan ishlangan o’choq joylashgan. Xonaning bir burchagi past devorcha bilan ajratib qo’yilgan. Bu xonacha oilaning g’alla «omborchasi» bo’lsa kerak. Namozgoh I davridagi bir xonali uy-joy qurilish sistemasi, ayniqsa, geoksar vohasining Dashtlitepa yodgorligida yaxshi o’rganildi. Shuning uchun ham bu davrni «dashtlitepa» deb ham yuritiladi. Dashtlitepa qishlog’ida arxeologlar uch qator madaniy qatlam borligini aniqladilar. Qishloqning chir atrofi mudofaa devori bilan o’rab olingan. Namozgoh II davrida qishloqlarning maydoni avvalgidek keng, ammo yirik qishloqlar atrofida mayda qishloqchalar ham qad ko’taradi. Namozgoh II davri uy qurilish planlashtirilishi geoksar vohasining Yalang’ochtepa, Mo’lalitepa (arxeologik adabiyotlarda uni Mullalitepa deb yuritiladi, ammo bu xato bo’lib, aslida mo’la – bu burj demakdir, ya’ni burjlitepa ma’nosini anglatadi) kabi yodgorliklarida yaxshi o’rganilgan. Geoksar vohasi uchun eneolit asrining bu davri «yalang’och davri» deb ham yuritiladi, Yalang’och davrida urug’ jamoalarining qishloqlari mudofaa devorlari bilan o’rab olina boshlaydi. Qishloqlarning hamma qismi devor ichiga olinmay, balki ularning markaziy qismigina devor bilan o’rab olingan. Namozgoh II davri mudofaa devorlari ko’p burchakli bo’lib, har bir burchakning uzunligi 8,5 – 10 metrga teng. Ikki burchak uchrashuv nuqtasida doira shaklida xona joylashgan. Ularning eshiklari qishloq ichiga qaratilgan. Mudofaa devor sistemasida joylashgan bu xonalarni V. M. Masson bo’lajak mo’la - burj bo’lsa kerak, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |