KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari
va choralari” nomli asarida inqiroz sharoitida (2009-2012-yillarda) mahsulot
tannarxini 20 foizga tushirish muhim vazifa qilib qo’yildi. Bundan biz
xarajatlarning nafaqat mikro darajada, balki, makro darajada ham ahamiyatga ega
ekanligini bilib olishimiz mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi shuni
anglatadiki, bu sharoitda korxonalarning to’lov qobiliyati tushib ketadi. Hozirda,
butun dunyoda korxonalar xarajatlarni qisqaritirish yo’li bilan bu vaziyatdan chiqib
ketmoqchi. E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu реферат ham dolzarb
masalalarni o’zida mujassam etgan bo’lib, u “Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
sharoitida xarajatlarning hisobi va auditini tashkil qilish” deb nomlanadi. Uning
dolzarbligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
Xarajatlarning to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy natijalarga ta’sir etishi;
Xarajatsiz daromad qilib bo’lmasligi;
Xarajatlarning mahsulot tannarxiga ta’siri orqali, bevosita uning bahosiga
ta’sir qilishi hamda bu – korxonaning boshqa shu tarmoq korxonalari
o’rtasidagi raqobatiga ta’sir qilishi va hokazo.
Ta’kidlash joizki,moliyaviy-iqtisodiy inqirozning iqtisodiyotning turli
tarmoqlariga ta’siri tobora ortib borayotgan shunday bir vaziyatda, dunyo
iqtisodchilari va moliyachilari inqirozning oldini olish haqidagi o’z fikrlari bilan
bong o’rayotgan bir mahalda negadir bizning olimlar bu haqda kam
gapirishmoqda, axir prezidentimiz o’zining asarida “… toboro chuqurlashib
borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni
chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta
soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi”
1
deb o’tgan. Ushbu
sharoitda xarajatlarning muhimligini yuqorida ko’rib chiqdik. Bir qator
O’zbekistonlik va xorijiy olimlar, mutахassislar, jumladan, To’laxodjayeva M.M.,
Do’stmurodov R.D., Urozov K.B., Musayev H.N., Toshnazarov S.N., Druri K.,
1
I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari” . T.: “O’ZBEKISTON” – 2009. 11-bet.
E.A.Arens, Dj.K.Loobek va boshqalar o’z ishlarida xarajatlarning hisobi, auditiga
keng to’xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o’quv qo’llanmalari
va maqolalaridan bilib olish mumkin.
1.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya
hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi
Prezidentimiz I.A.Karimovning “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini
oshirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida”gi (2008-yil 28-noyabr) 4058-sonli
Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot
tannarxini 20 foizdan kam bo’lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning
raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifani amalga
oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy
yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (
1-chizma
).
1-chizma. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari
Natijada 2009-yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan
mahsulot tannarxi 18 foizga, shu jumladan, “Samarqankimyo” OAJ da 12,2 foizga
kamaydi. Respublikamizda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval
orqali ko’rishimiz mumkin (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: