Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Xarajatlar hisobining maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik
talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda
axborot foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib
berishdir.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xarajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda
hisobga olish;
korxona xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
korxona xarajatlari harakati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni
shakllantirish;
korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan
rasmiylashtirish;
korxona xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot
ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash;
kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish
tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish;
tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri va o’z
vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan
o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri kiritilishini
ta’minlash;
sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga sabab bo’luvchi
noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday
chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat
qilish;
mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish;
xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish;
xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan
olish va tegishli schotlarda aks ettirish;
xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida
xarajatlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya
qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy holatlarning oldini olish va
uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo’jalik imkoniyatlarini
topishni ta’minlashi zarur.
Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida buxgalteriya hisobining vazifalariga yana bir necha vazifalar
qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar:
korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab
chiqishga yordam berish;
ushbu
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozga
qarshi
choralar
dasturi
va
prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida belgilab qo’yilgan
vazifalarning bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar o’tkazish va
hokazolar.
Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi
deyilsa, ayrim adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha
turli xil narsa
ni ifodalaydi
deyiladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki fanning
vazifasi doimiylik xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab hamda
o’rganish obyektidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik
xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi.
Shundan kelib chiqib, xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining
vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining xarajatlar
hisobi bo’yicha vazifalari yuqoridagilar bo’lsa, funksiyalari quyidagilar
hisoblanadi (
4-chizma
).
4-chizma: Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan
xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari
1.
Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi.
Ushbu
funksiyaning ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, hozirgi
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharotida yanada ortadi. Buxgalteriya hisobi
boshqaruvning turli bo’g’inlariga – korxona xizmatlari, uning bo’linmalari
menejerlariga haqiqiy axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba bo’lib
hisoblanadi, tegishli axborot foydalanuvchilari esa ushbu axborotlar orqali
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va qabul qiladilar. Hisob-kitoblarning
ko’rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70 foizidan oshig’i
aynan buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri kelar ekan
7
. Ushbu axborotlarga
turli xil talablar qo’yiladi, masalan, axborot to’liq, ishonchli, o’z vaqtida, aniq,
muhim, bir-biriga zid bo’lmaslik, tushunarli va sodda, tejamli va oqilona
bo’lishi lozim.
2.
Nazorat funksiyasi –
iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va bozor
munosabatlari, turli mulkchilik munosabatlari sharoitida buxgalteriya
hisobining nazorat funksiyasi kuchaymoqda. Xarajatlarning hisobi bo’yicha
buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi:
1)
dastlabki nazorat
– xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha;
2)
joriy nazorat
– xo’jalik muomalasini amalga oshirish;
3)
keying nazorat
– muomala sodir bo’lganidan so’ngi.
Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni
shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash;
7
R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007
Do'stlaringiz bilan baham: |