Xamrayeva manzura


Tadqiqotning nazariy ahamiyati



Download 62,83 Kb.
bet3/8
Sana28.06.2022
Hajmi62,83 Kb.
#715864
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xamrayeva Manzura stilistika kurs ish

Tadqiqotning nazariy ahamiyati. ) ishning xulosa va tavsiyalaridan tilshunoslik nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan bitiruv malakaviy ishlar, kurs ishlarining yozilishida foydalanish mumkin; b) tadqiqot natijalari o‘rta maktab va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan ona tili va o‘zbek adabiy tili fani darslariga tatbiq etilishi, tanlov fanlari matnlariga faktik material sifatida kiritilishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Antonimlar haqidagi zamonaviy nazariyalar to‘plandi va umumlashtirildi; stlistik ma’noning antonimik munosabatlari tahlil qilindi va bu masala bo‘yicha takliflar berildi; Antonimlarning ma’noviy munosabatlari o‘qitishda noan’anaviy darslarning o‘rni tahlil qilindi, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari o‘rganildi va tavsiyalar berildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish qismi, 2 bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, ishning umumiy hajmi -sahifani tashkil qiladi.


I bob Antonim va uning umumiy xususiyatlari
1.1. Umumiy stilistika haqida tushuncha
Antonimlar (anti- yunoncha. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. Antonimlarning 3 turi mavjud: 1) leksik (baland – past, uzun – qisqa); 2) affikis- (suvli – suvsiz); 3) sintaktik ( yuz – bashara). Antonimlar (zid ma’noli soʻzlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli soʻzlar antonim deyiladi.Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp ma’noli soʻz oʻzining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.Bundan tashqari unga sinonim boʻlgan shod, xushvaqt kabi soʻzlarga antonim boʻla oladi. Demak, bir soʻz sinonimik qatorni tashkil etuvchi soʻzlarning har biri bilan atnonim boʻla oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, ogʻir; chiroyli – goʻzal – xushroʻy – koʻhlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar koʻchma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga koʻchgan), achchiq-chuchuk (otga koʻchgan).Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), koʻp – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.

Stilistika — grekcha «stylos» so'zidan olingan bo'lib, «suyakdan qilingan uchli tayoqcha» degan ma’noni bildiradi. Qadimgi greklar mum surtilgan taxtachaga uchli tayoqcha bilan yozar edilar. Bu tayoqchaning tepa tomoni kurakchaga o'xshar edi. Xato yozilgan so'zni tayoqchaning kurakchaga o‘xshagan tomoni bilan taxtachadagi mumni tekislash orqali o'chirar edilar va uchli tomoni bilan to‘g‘rilab yozardilar. Stil so‘zidan stilet — ingichka xanjar va stilo — avtoruchka so'zlari kelib chiqqan. Qadimdanoq stil so‘zi «bo‘g‘in, nutq stili» ma’nosida qo‘llana boshlangan. Goratsiyning «Agar sen o‘qish uchun loyiq narsa yozmoqchi bo‘lsang, stilingni tez-tez almashtirib tur. Dunyoqarashi tor odamlarni qoyil qoldira olmasang, kuyinib o'tirma, ozgina bo‘lsa ham tushungan odamlar bilan qoniq» deb yozib qoldirgan jumlalari ichidan «stilingni tez-tez almashtirib tur» degan ifodasi keyinchalik greklarda maqolga aylanib ketgan. Demak, odamlaming ko‘ngliga urmaydigan, foydali ma’lumot beradigan biror narsa yozish uchun stilni tez-tez almashtirib turish lozim ekan. Izohli lug‘atlarda stil so‘zining bir necha ma’nolari berilgan. 1935—1940-yillarda D.N.Ushakov tahriri ostida nashr etilgan «Toлковый cловарb pyccкoro «языкa» kitobida stil so'zining 4 xil ma'nosi berilgan. Bu ma'nolar 1981-yilda chop etilgan “ o‘zbek tilining izohli lug‘ati” da ham taijima qilinib, izohlangan. Ular quyidagilar:


1. Biror san’at asarining, biror ijodkor, davr, millatning o‘ziga xos belgilari yig‘indisi. Masalan: arxitekturadagi sharqona stil (naqshinkorlik, gumbazli binolar). Ko’rinadiki, stil so‘zining 1-ma’nosi juda keng tushunchani ifodalaydi, ya’ni badiiy ifodalar yig‘indisi yoki badiiy ifodalarning umumiy tizimi tushuniladi. Bunda adabiyot nazarda tutilmaydi.
2. Biror adabiy asar, adabiy yo‘nalish, adabiy janr yoki biror muallifga xos bo‘lgan g‘oya va til vositalarining tizimi orqali izohlanadi. Masalan, A. Qahhor stili, Oybek stili. Poetik stil, romantik stil va h.k. Bunda fikr ifodalash stillari ham tushuniladi. Masalan, ko‘tarinki stil, lo‘nda stil va boshqalar. G ‘.G ‘ulomning «Sen yetim emassan» she’ri ko‘tarinki stilda yozilgan. AQahhoning stili fosh qiluvchilik xususiyatiga ega. Uning asarlarida zaharxanda iboralar, maqol va matallar ko‘plab uchraydi. Masalan, «Sinchalak» qissasida Arslonbek Qalandarov shunday deydi: «Sinchalak degan oyog‘i ipday ingichka qush bor. U kechasi oyog'ini osmonga ko’tarib yotadi, osmon tushib ketsa, ko‘tarib qolaman». Saida esa unga javoban deydi: «Xo‘roz ham men qichqirmasam, tong otmaydi», der ekan. «Mayiz yemagan xotin» hikoyasida bunday fosh qiluvchi jumlalar juda ko‘p. Yozuvchi Oybekka esa keng ko‘lamlilik xos, masalan, Oybekning «Navoiy» romanidan quyidagi parchaga e’tibor beraylik: Shoir «Xiyobon» ko'chasidan o‘tib, «Bog‘zag‘on»ning katta darvozasiga yetishi bilan bu yerda tartib bilan kuzatib turgan navkarlar muhrdorga salom berib, datrov otning jilovidan ushladilar. Shoir ularning yordamisiz otdan tushdi-da, «Bog‘zag‘on»ga kirdi. Bu — turli qasrlar, ko‘shklar va boshqa go‘zal binolar va ajoyib xiyobonlarga boy g‘oyat katta bog‘ edi. Daraxtlar oralab ketgan keng, toza va quyosh nurlari bilan ola chalpoq yo‘ldan borib, bir necha tanob joyni ishg‘ol etgan kata gulzorlarga chiqdi. Bu yerga go‘yo butun dunyoning gullari to‘plangan edi. Turli-tuman rang va ziyo bilan quyoshda yashnagan bu chaman ko‘zlarni qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. Har kungidek, to'xtab, zavq bilan tomosha qilar edi. Keyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga — devorlari, ustunlari, eshiklari naqqoshlar qo'li bilan yasalgan naqsh gulzorini toblantirgan tomon yurar edi. Oltin qubbachalar, o‘ymakor gullar bilan bezangan eshikni ochib, kichikroq, lekin serhasham birxonaga kirdi. Buyerda uni do'sti Ho‘ja Afzal qarshi oldi. Bu — past bo'yli, tiyrak ko'zli, xushmuomala, qariyb o‘zi bilan tengdosh kishi edi.
3. Ko'chma ma’noni ifodalaydi. Bunda xulq, axloqqa xos bo'lgan xususiyatlar yig'indisi, faoliyat usuli, biror ishni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlari kabilar tushuniladi. 4-xil ma’no adabiyotga ham, tilga ham xos emas. Bu davrga, yil hisobiga nisbatan ishlatiladi. Masalan, melodiy yil hisobi, hijriy yil liisobi. Stil so'zining ma'nolari bilan tanishishdan ma’lum bo‘ldiki, 2- ma’no bilan bog‘liq holda stilistika fani vujudga kelgan. Stilistika fanining o‘rganish obyekti haqida turli qarashlar mavjud. Akademik V.V.Vinogradov stilistika bahsida bir-biri bilan aloqador, lekin vazifalari jihatdan farqlanadigan 3 ta tekshirish aspektini ko‘rsatish zarurligini aytadi.
Ular quyidagilar:
1. Tilning funksional stillarini o’rganuvchi stilistika. Bu struktural stilistika deb ham yuritiladi. Struktural stilistikaning vazifasi uning struktural elementlari bo‘lgan rasmiy, ilmiy, publitsistik, badiiy stillaming o'ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalarini o‘rgatishdir.
2. Turli janrlarning (semantik, ekspressiv-stilistik) ma’no va tez ta’sir qilish tomonlarini hamda og‘zaki va yozma nutq orasidagi farqni tekshiruvchi nutq stilistikasi. Uning vazifasi tilning barcha stillar tizimi bilan birga yozma va og‘zaki shakllari, adabiy va so‘zlashuv nutqi ko‘rinishlarini tekshiradi. U til birliklaridan qaysi biri yozma va og‘zaki nutqda ko‘proq ishlatilishi, fikr ifodalashda til vositalarining to‘g‘ri tanlangan yoki noto‘g‘ri olinganligi, shu vositalarning o‘rnida ishlatish yo‘llarini o‘rganadi.
3. Adabiy yo‘nalishlar, badiiy asar hamda yozuvchi stilini tadqiq etadigan badiiy adabiyot stihstikasi. Uning vazifasi badiiy asarlami yaratishda yozuvchilarning ifoda vositalaridan foydalairish mahorati haqida bahs yuritishdir. Stilistika fani akademik V.Vinogradov ko'rsatgan aspektlardan birinchi va ikkinchisi asosida shakllangan. Uchinchisi adabiyotshunoslikning obyektidir. Aslini olganda, badiiy adabiyot stilistikasi uning bir ko‘rinishidir. Bu tushunchaning alohida tur sifatida ko‘rsalilishiga sabab shundan iboratki, u boshqa nutq stillaridan anchagina farqli jihatlarga ega. Badiiy adabiyot stili keng qamrovliligi, ya’ni barcha stillarni ham o‘zida ifodalanishi bilan ajralib turadi. Demak, stilistika ikki xil ko‘rinishga ega:
1. Nutq stilistikasi. Bu tilning vazifadosh shakilari deb ham yuritiladi. Bunga so‘zlashuv stili, rasmiy stil, ilmiy stil, publitsistik va badiiy stil kiradi.
2. Lingvistik, ya’ni til stilistikasi. Uning turlari:
a) fonetik stilistika b) leksik stilistika d) grammatik stilistika.



Download 62,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish