Mavzuning dolzarbligi. Til millatning – ko‘zgusi. Milliy uyg‘onish davrining zabardast vakili Abdulla Avloniy aytganidek: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demak, til faqatgina o‘tmishni emas, balki millatning buguni va ertasini ham ko‘rsatib bera oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 mayda e’lon qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni 3-bandi 6-xatboshisida “Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish” vazifalari belgilandi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, biz universitet talabalari lisoniy hodisalarni atroflicha tadqiq etishimiz va ularni kelajak avloga zamonaviy ta’lim vositalari yordamida o‘rgatishimiz lozim. Shu nuqtayi nazardan, mazkur bitiruv ishi mavzusi dolzarblik kasb etadi. Antonimlar stilistikasi o‘ziga xos murakkab strukturaga ega. Antonim ma’noning murakkabligi leksik-semantik munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Antonim ma’nolar o‘rtasdagi ziddiyat masalasi antonimiya chegarasidan chiqadiki, ularni so‘zlar kabi antonimiya hodisasi chegarasida o‘rganish keng qamrovli hodisani tor qolipga solgandek tuyuladi. Bizningcha, antonimlarning zid ma’no munosabatlarini antisemiya munosabati doirasida tadqiq etish o‘zbek tilshuosligi uchun dolzarb masala kasb etadi. Zero, tilshunosligimizda antonim ma’no munosabatlari alohida o‘rganilgan emas.
Tadqiqot ob'ekti –antonimlarning ma’noviy munosabatlari
Tadqiqot predmeti - Antonimlarning ma’noviy munosabatlaridagi ziddiyat
Tadqiqotning maqsadi - Antonimlarning qarama-qarshilikka asoslangan ma’noviy munosabatlarini tadqiq qilish. Qo‘yilgan maqsadga asoslanib quyidagilar tadqiqot vazifalari qilib belgilandi: -ma’noviy ziddiyat haqidagi zamonaviy nazariyalarni to‘plash va umumlashtirish. -stilistik munosabatining mohiyatini oydinlashtirish. - antonimiyaning farqli tomonlarini aniqlash -antonimlardagi stilistik munosabatni ochib berish.