Tuklari qo'l bilan artilgan nordon behini ikki pallaga ajratib , urug'lari olib tashlangandan so'ng eni 1 sm keladigan tiliklarga bo'lib chiqasiz va qaynoq suvga botirib qo'yasiz. Go'sht - yog'ni barmoq kattaligida, piyozni esa halqa - halqa to'g'raysiz har uchala masalliqni birlashtirib yuziga tuz va zira sepib aralashtirasiz. So'ngra qozongami, kastryulkagami solib, ustiga likopcha va yuk bostirib masalliqning yuzi bilan barobar suv quyib sust olovga qo'yasiz-da qaynab chiqqandan etiboran 40 minut davomida dimlab pishirasiz. Dasturxonga tortishda chovlida suzib laganga solasiz sardagi alohida piyolalarga uzatiladi . Yuziga qirqilgan kashnich sepsangiz ham bo'ladi. Masalliq:1 kg nordon behi , 500 gr qo'y go'shti, 200 gr dumba yog'I yoki charvi, 2 bosh piyoz, 1 chor qoshig'ida tuz, shuncha murch va shuncha zira. Yuziga sepish uchun yarim bog' kashnich kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |