Xamir xasip Yo’nalishlar



Download 2,88 Mb.
bet79/83
Sana18.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#452243
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Milliy taomlar

Ajabsanda



Bu taom bug'da pishiriladi. Buning uchun katta va kichik hajmli ikkita idish (qozon yoki kastryulka) kerak. Kartoshkani archib kubik (1 sm3) shaklida to'g'rang, sabzini xuddi palovga to'g'ragandek somoncha usulida, pomidorni tilik -tilik yoki parrak - parrak qilib , piyozni halqa-halqa qilib to'g'raysiz, sarimsoqni esa donalarga ajratasiz. Go'sht bilan yog' bosh barmoqning birinchi bo'g'ini kattaligida lo'da -lo'nda qilib kesiladi. Achchiq va chuchuk qalampirlardan mayda to'g'rab, qirqilgan kashnich bilan ukropga aralashtirib qo'yasiz. Endi kichik idishning ichiga bir qatlam qilib kartoshkani soling, buning o'ziga loyiq tuz va murch hamda maydalab qo'yilgan osh ko'klardan seping. Ikkinchi qatlam qilib sabzini soling, buni ham tuz - namagini rostlang, uchunchi qatlamiga pomidor bo'laklarini solasiz-da, haligi oshko'klardan hamdatuz sepasiz, to'rtinchi qatlamida piyoz, beshinchi qatlamida sarimsoq, oltinchi qatlamida esa go'sht bilan yog' bo'ladi. Kichik idishni katta idish ichiga o'rnatasiz, idishlar oralig'idagi bo'shliqqa suv quyasiz. Taom shu suvning bug'ida pishadi. Suvni kichik idishlardan ancha pastroq sathda qo'ying , toki sharaqlab qaynaganda masalliq ichiga tushmasin. Kichik idishning og'zi ochiq, katta idishning qopqog'ini jips yopib olovga qo'yasiz. Idish doim yopiq turgani uchun ba'zi darmon - dorilar va ifori moylar uchib ketib, g'oyib bo'lmaydi, shu sababli ham taom g'oyat totli va foydali bo'ladi. Pishish muddati 2 soat. Agar suvi kamayib qolganini sezsangiz, bemalol ochib oraliqqa qaynoq suvdan quyib qo'ying. Ajabsanda qancha uzoq qaynasa (masalan 5 soatcha) shuncha lazzatli bo'laveradi. Bu tansiq taom sizning ko'p vaqtingizni olmaydi, faqat masalliqlarni to'g'rab solib qo'ysangiz bas, o'zi pishaveradi, siz boshqa ishingiz bilan mashg'ul bo'laverishingiz mumkin. Ba'zan kutayotgan mehmoningiz hadeganda kelavermasa ham tashvishlanmaysiz, taom qancha uzoq olovda tursa uning lazzati shuncha yaxshilanaveradi. Tayyor taom kosalarga suzib dasturxonga tortiladi, solingan masalliqlardan har portsiya ichiga tushihsiga harakat qiling. Ajabsanda tayyorlashning ikkinchi usuli. Barcha sabzavotlar, go'sht va yog' xuddi yuqorida aytib o'tilgandek qilib to'g'rab tayyorlanadi. Biroq hamma masalliqni bir idishga emas , balki mehmonlarning soniga qarab bittadan kosaga qavatlab joylanadi va buni kosasi bilan kattaroq manti qasqon lippaklariga qo'yib pishiriladi. Dasturxonga shu kosaning o'zida ostiga likop qo'yib tortiladi. Masalliq:2 - 3 dona kartoshka, 2 - 3 dona sabzi, 3 - 4 dona pomidor, 2-3 bosh piyoz , 2 dona chuchuk garmdori, 1 qo'zoq achchiq va shuncha chuchuk qalampir , 1 bosh sarimsoq, 1 bog' kashnich, 1 bog' ukrop, 500 gr go'sht, 200 gr qo'y yog'i, zira va tuz ta'bga ko'ra olinadi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish