Olxo`ri do`lma
Olxo'rining yirik mevalaridan tanlab olib yuvib yuborgach qovun so'yganga o'xshab tilik tortasiz va danagini olib tashlaysiz. Yangi qo'y go'shtini qiymalagichdan 2 marta o'tkazib, tuz sepasiz - da , olxo'rilar orasiga to'ditib chiqasiz. Tubiga likopcha qo'yilgan kastryulkaga terib, ustidan ham likop yopib, yuk bostirganingizdan keyin masalliqning yuzi bilan barobar suv quyib juda sust olovga qo'yib qaynab chiqqanidan e'tiboran yana 30 - 35 minut mildiratib pishirasiz. Har bir xo'randa uchun alohida likopchada 8 - 10 donadan olxo'ri do'lma solib , yuziga sariyog' surtib, dasturxonga tortasiz. Masalliq: 2 kg yirik olxo'ri , 400 gr yog'li qo'y go'shti, ta'bga ko'ra tuz va yuziga surtish uchun 50 gr sariyog' kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |