Qizarib pishgan pomidorlarning bir xil tuxum kattalikdagilarini tanlab olasiz, sovuq suvda chayqab yuborgach, bandini kesib olib qo'yasiz.Yog'liroq go'shtni barmoq kattaligida qilib to'g'rang, suyaklarini ham mayda choping. Piyozni va bulg'or garmdorisini esa halqa-halqa qilib to'g'raysiz . Qozonni quruq qizdirib , tubiga to'g'ralgan yog'ni , yog' ustiga go'shtni solib, tuz va zira sepasiz , uning ustidan esa piyoz bilan garmdorini solasiz , eng tepasiga kesilgan tomonini pastga qilib pomidorlarni terib chiqasiz. Masalliq ustiga lagan yopib , olovni pastlatib 1 soat davomida dimlab pishirasiz. Dasturxonga tortishda laganga suzib, yuziga qirqilgan oshko'k sepasiz. Masalliq: 2 kg o'rtacha kattakdagi pomidor, 700 gr go'sht va 300 gr yog' (dumba, charvi), 4-5 bosh piyoz, 3-4 dona bulg'or garmdorisi , 1 qo'zoq achchiq qalampir, 2 choy qoshiqda zira, ta'bga ko'ra tuz va yuziga sepish uchun 1 - 2 bog' oshko'k (kashnich, ukrop, ko'kpiyoz) kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |