Qozonda qo'y yog'ini eritib, jizzasini olib, piyoz solib jazlaysiz, olovni pastlatib bir qator somoncha usulida to'g'ralgan sabzi soling, keyin parrak- parrak qilib to'g'ralgan pomidor , ustidan kubik shaklida kesilgan kartoshka solasiz. Hamma qatlamlariga to'g'ralgan bulg'or garmdorisi, kashnich, jambil qo'shib, tuz va murch seping. Navbatdagi qatlamiga tililab to'g'ralgan behi bilan nordon olma soling. Qozondagi masalliqni yuzi bilan barobar keladigan suv quyib lagan bostirasiz, olovni pastlatib, 1 soat davomida pishirasiz. Tayyor taomni dasturxonga tortishda aralashtirib laganga solasiz, yuziga qirqilgan ukrop sepasiz. Masalliq:500 gr qo'y yog'i, 500 gr sabzi, 500 gr piyoz, 500 gr pomidor, 3-4 dona chuchuk qalampir , 2 bosh sarimsoq, 2 bog' kashnich, 1 bog' ukrop, 500 gr kartoshka, 2 dona behi , 4 dona olma, tuz va murch ta'bga ko'ra solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |