XAMIDOVA O’G’ILJON
2-TOPSHIRIQ
Darsning texnologik xarita
Sinf: 5 ”A”
|
Sana:17.03.2017
|
Mavzu
|
O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish
|
Maqsad va vazifalar
|
Ta’limiy maqsad –O`quvchilarda o`nli kasrlarni qo`shish va ayirish qoidalari,sonning xona birliklari bo`yicha yoyilmasiga oid bilim, ko`nikma hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad- o`quvchilarni o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik, madaniyatlilikka o`rgatish, yangi bilimlar egallashga bo`lgan qiziqishini oshirish;
Rivojlantiruvchi maqsad- o`quvchilarning o`nli kasrlar ustida bajariladigan amallarga oid bilim,ko`nikmalarini masalalar yechishda mustaqil qo`llay olish malakasini oshirish.
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
O`quvchilarda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish. O`quvchilarni darsdagi faolligini oshirish.
|
O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars turi: noan’anaviy
Dars metodi: guruhlarda ishlash, aqliy hujum
Dars jihozi: darslik, tarqatmalar, elektron darslik,ko`rgazmalar,elektron resurslar, rag`bat kartochkalari.
|
Kutiladigan natijalar
|
O`quvchilar mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo`ladilar.
O`qituvchi belgilangan vaqt ichida o`quvchilarning o`zlashtirishini nazorat qilish.
|
Kelgusi rejalar
|
O`quvchi mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o`rganadi. Boshqa fanlarda qo`llay olish malakasi shakllanadi.
|
Darsning blok-chizmasi
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
Usullar
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
9 daqiqa
|
Sj,MY
|
3
|
Asosiy qism
|
20 daqiqa
|
AH,M,MY
|
4
|
Mustahkamlash
|
11daqiqa
|
BST,MY
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar va o`quv xonasini darsga tayyorgarligini ko`zdan
kechirish,davomatni aniqlash,guruhlarga ajratish.
Har bir qatorni bir guruh qilib nomlaymiz:
I guruh “To`g`ri kasrlar”, Qanday kasrlar to`g`ri kasrlar deyiladi?
II guruh “Noto`g`ri kasrlar”, Qanday kasrlar noto`g`ri kasrlar deyiladi?
III guruh ”O`nli kasrlar”. Qanday kasrlar o`nli kasrlar deyiladi?
Dars shiori: Matematika fanlar ichra shoh-uning sirlaridan bo`laylik ogoh.
D ars jarayoni:
O`tilgan mavzuni slayd orqali topshiriq beriladi va “tezkor savol-javob” yordamida takrorlab olinadi.
Minoralardan eng katta va eng kichiklarini ko`rsating.
Islom Xo`ja minorasi- 44,5m
Vobkent minorasi- 39 m
Jarqo`rg`on minorasi- 21,6 m
Kalta minor- 28 m
Minorayi-Kalon- 45,5 m
1-guruh:
1. qanday kasr? (To`g`ri kasr)
2. Sanoqda ishlatiladigan sonlar ? (Natural sonlar)
3. 1 m kattami yoki 80 sm? (1 m > 80 sm)
4. 5 ning kubi nechaga teng? (125)
5 .6+6-2=? (10)
2-guruh:
1. qanday kasr? ( Noto`g`ri kasr)
2. Eng kichik natural son? (1)
3. 5 kg kattami yoki 4500 gr? (5 kg)
4. 10 ning kvadrati nechaga teng? (100)
5. 8+7-5=? (10)
3-guruh:
1. qanday kasr? (O`nli kasr)
2.Matematikada nechta raqam bor? (10 ta)
3.1 km kattami 1000 m? (=)
4. 3 ning kubi nechaga teng? ( 27 )
5. 8+8-8=? (8)
Do'stlaringiz bilan baham: |