Reja 1 . O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari 2. Tabiiy resurslarni rivojlantirish salohiyati Mavzu: Mintaqalar tabiiy resurs salohiyati va ularning hududiy taraqqiyotda tutgan o‘rni.
O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» keng qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi.«Tabiiy sharoit» - biron bir ob’ektga aloqador bo’lgan tabiatning barcha jihatlarini o’ziga qamrab olgan bo’lib, juda keng ma’noga ega tushuncha. Mantiqiy yondashuv sharoit nimaga taalluqli ekanligini aniq ko’rsatilishini, ya’ni «sanoatni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «dehqonchilikni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «temir yo’l qurilishining tabiiy sharoti», «inson hayotiy faoliyatining tabiiy sharoiti» va h.k. tarzda ifodalashni talab qiladi. Demak, «tabiiy sharoit» tushunchasini insonni qandaydir faoliyati bilan uzviy bog’liq holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
«Tabiiy resurslar» tushunchasi «tabiiy sharoit» tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega bo’lib, u tabiat bilan inson faoliyati o’rtasidagi aloqani bevosita ifodalaydi.
«Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi.
Inson hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi tabiat elementlari ikki asosiy guruhga: moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi (tabiiy resurslar) va qolgan barcha (tabiiy sharoit) elementlarga bo’linadi. Aniqroq qilb aytganda, «tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi. Tabiiy resurslar esa tabiiy sharoitning bir turi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, «tabiiy sharoit» inson hayoti va faoliyatini belgilab beruvchi, lekin ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan tabiat elementlaridir. Tabiiy sharoit va moddiy resurslar majmuasi jamiyat taraqqiyotining tabiiy-moddiy omillari hisoblanadi.
Tabiiy resurslar-tabiat elementlari bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishning xozirgi rivojlanish darajasida jamiyat extiyojlarini qondirishda foydalanilayotgan (yoki foydalanishi mumkin bulgan) tabiiy sharoitlar majmuasining bir qismi , tabiiy muxitning muxim komponentlari hisoblanadi.
Tabiiy resurslar tabiatdan foydalanishning bosh obʼekti hisoblanadi va ulardan foydalanishga va qayta ishlash jarayonlariga jalb etiladi. Tabiiy resurslardan foydalanish bilan birt qatorda ularni muxofaza qilish va saqlashga (tabiatni muxofaza qilish muammolarining xal etilishi) yo‘naltirilgan faoliyat yonma-yon ro‘y beradi.
Xar qanday mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishi, ko‘p jixatdan, uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariga bogʼliq. Ular birgalikda xududning tabiiy-resurs saloxiyatini belgilaydi, bu saloxiyat esa foydalanadigan tabiiy boyliklar bilan bir qatorda, ulardan foydalanish mumkin bo'lgan imkoniyatlar, zaxiralardan tashkil topgan. Binobarin, odatda, tabiiy resurs saloxiyat baxolanayotganda nifaqat real borliq balki imkoniyat xam nazarda tutiladi va bu imkoniyatlardan foydalanish mamlakat iktisodiy rivojlanish istiqbollari asosida yotadi
Shuningdek, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning axamiyati, foydalanishiga yunalishi iktisodiyot tarmoklari va axoli manzilgoxlari foydalanishiga xar xil taʼsir kursatadi.
Shu sababdan, iktisodiy-ijtimoiy baxo berishda ularning ayni shu jixatlariga eʼtibor berilsa, maqsadga muvofik boʼladi. Chunonchi, relьefni barcha soxalar, ayniksa kishlok xujaligi va transport uchun, foydali kazilmalarni sanoat nuqtai nazaridan taxlil qilish va baxolash zarur.
O‘zbekistonning tabiiy geografik o‘rni, berk xavzada, materik Urteida joylashganligi uning iklim xususiyatlari va tashqi iqtisodiy xamda geosiyosiy alokalarni olib borishga uz taʼsirini kUreptadi. Yer maydonining nisbatan kattaligi mamlakatning umumgeografik qudratini ifodalaydi, u xududiy mexnat taqsimotining keng rivojlanishida axamiyatlidir.
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga baxo berishda, xususan iqtisodiy geografiya fanida, nafakat ularning borligi, miqdori, balki (bu boyliklarning turi, xududiy joylashuv va majmualari katta amaliy axamiyat kasb etadi. Binobarin, tabiiy resurslarning xududiy tarkibi yoki birikmalari mintaqa va mamlakat iktisodiyotining rivojlanish darajasiga, xo‘jalik tarmoqlarining turlanishiga (diversifikatsiyasiga) katta taʼsir koʼrsatadi. Masalan, kaysi bir xududda togʼ daryolari va rangdor metal konlari yoki daryo, urmon, suv yoki temir rudasi va kokslanuvchi toshkoʼmirning bir-biriga yaqin joylashuvi turli xil xududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga, iqtisodiyotning xududiy mujassamlashuvi va aglomeratsiyasiga asos bulib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |