Xalqaro kredit. Amerikalik qarzdorlarga qarzlari bo‘yicha hisob- kitoblarni funt sterlinglarda qilish qulay, chunki qarzni so'ndirish uchun ular nisbatan kam miqdorda dollar sarflaydilar. Agar 5 min. f. st. hajmida qarz so'ndirilsa 2 min. AQSH dollari tejaladi (5 min. f. st. 0,4 dollar miqdoridagi kurslar farqiga ko'paytiriladi). Ammo amerikalik kreditorlar zarar ko'radilar, chunki ular nominal jihatdan awalgi hajmda, lekin devalvatsiya qilingan valutada real jihatdan kamroq miqdordagi summani oladilar. Ya’ni, AQSHlik kreditorning 10 min. f. st. talabi mavjud bo'lgan paytda yo'qotishlar hajmi 4 min. AQSH dollarini tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda devalvatsiya qilingan naqd valuta va sterlingli hisob-varaq egalari ham zarar ko'radilar. Bunda agressiv va mudofaali devalvatsiya hamda revalvatsiyalar farqlanadi.
Devalvatsiya va revalvatsiya natijalari aniq shart-sharoitlarga bog'liq bo‘ladi hamda ta’siri, agar boshqa omillarning aks ta’siri bo'lmasa, ma’lum bir vaqtdan (lag) so‘ng o‘zini namoyon etadi. Xususan, AQSH dollarining 1971- yildagi devalvatsiyasi faqat 1973-yildagina AQSH to'lov balansining aktivlashishiga ko‘maklashdi.
Dollar kursini ko‘tarishga qaratilgan AQSHning valuta siyosati (1980—1984-yillarda haqiqatda 80%ga) ularga, inflatsiya sur’atini pasaytirgan holda, xorijiy kapitallar va arzon tovarlarning oqib kelishi sifatida foyda keltirdi.
Devalvatsiya baholarning o‘sishiga va mehnatkashlar hayot darajasining pasayishiga, revalvatsiya esa arzon xorijiy tovarlar raqobatini ko'tara olmayotgan tarmoqlardagi ishsizlikning ko'payishiga olib keladi. Devalvatsiya mamlakatlar o'rtasida raqobatchilik kurashini kuchaytirib yuboradi. G'arbiy Yevropa davlatlarining dollarning ikki devalvatsiyasidan yo'qotishlari taxminan 10 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Rivojlanib borayotgan davlatlar esa yetakchi valutalar devalvatsiyalaridan zarar ko'radilar.
Valuta siyosatida ikki qarama-qarshi bo‘lgan tendensiya o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadi: harakatlarning muvofiqlashtirilishi, valuta muammolarini hal etishning o'zaro yo'llarini topish, har bir
alohida mamlakatni boshqalar evaziga imtiyozga ega bo‘lishga intilish oqibatidagi kelishmovchiliklar. Buning munosabati bilan vaqti-vaqti bilan mamlakatlarning valuta siyosatining turli shakllari yordamida iste’mol bozorlari, kapital qo'yilmalar jarayonlari, xomashyo manbalari uchun valuta janglari qo'zib turadi. Ushbu janglarda devalvatsiya va revalvatsiya, valuta kurslari rejimining ko‘p xilligi, valuta intervensiyasi, valuta cheklovlari ishlatiladi.
Valuta cheklovlari valuta siyosatining shakllaridan biri sifatida muntazam ravishda ishlatiladi. Valuta cheklovlari — bu, rezident va norezidentlarning valuta hamda boshqa valuta qimmatliklari bilan operatsiyalarini qonunchilik yoki ma’muriy jihatdan taqiqlash, limitlash va cheklashdir.
Valuta cheklovlari rezident va norezidentlar valuta operatsiyalarini tekshirish orqali valuta qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydigan valuta nazoratining tarkibiy qismidir. Valuta cheklanishlari mavjudhgida valuta nazorati jarayonida litsenziya va ruxsatnomalarning bor-yo‘qligi, rezidentlar tomonidan milliy valuta bozorida xorijiy valutalarning sotilishi bilan bogriiq talablarning bajarilishi, xorijiy valutadagi to‘lovlarning asoslanganligi, valuta operatsiyalari bo‘yicha hisobni yuritish hamda hisobotning sifati tekshiriladi.
Valuta cheklovlari mavjudligida valuta nazorati funksiyalari, odatda, Markaziy bankka yuklatiladi, ayrim davlatlarda esa buning uchun maxsus organlar tashkil etiladi (masalan, Fransiyada ikkinchi jahon urushidan so‘ng).
Valuta siyosatining turli-tumanligi sifatidagi valuta cheklovlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: I) to'lov balansini birxillashtirish; 2) valuta kursini qo‘llab-quwatlash; 3) joriy strategik vazifalarni bajarish uchun valuta qimmatliklarining davlat qo‘lida to'planuvi. Valuta cheklanishlari o'zining kamsitish xarakteri bilan ajralib turadi, chunki valuta qimmatliklarini, mayda va o'rta tadbirkorlar hisobiga, ularni xorijiy valutalar olishi uchun qiyinchiliklar tug‘dirgan holda, davlat hamda yirik korxonalar foydasiga qayta taqsimlanishiga ko‘maklashadi. Shu sababli monopollashmagan sektor valuta cheklanishlari kiritilishiga, odatda, qarshi chiqadi.
Valuta cheklanishlari, odatda, hamkor savdogarlarga nisbatan qollaniladigan tazyiq va kamsitish siyosatining tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Ushbularni qo'llanilishida siyosiy sabablar katta rol o'ynaydi.
Valuta cheklovlari quyidagilarni nazarda tutadi:
Xalqaro pul to'lovlari va kapital o‘tkazmalarini muvofiqlashtirish, eksport tushumi, foyda, oltin harakati, pul belgilari hamda qimmatli qog‘ozlar repatriatsiyasi;
xorijiy valutaning erkin oldi-sotdisini taqiqlash;
xorijiy valuta va boshqa valuta qimmatliklarinmg davlat qo‘lida to‘planuvi. Shu jumladan, to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkre- ditivlar va boshqalar), nominali xorijiy valutada ko‘rsatilgan qimmatli qog'ozlar, qimmatbaho metallarning to‘planuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |