Tashqi iqtisodiy bitimlarning valuta-moliyaviy va to‘lov shartlari.
Xalqaro savdo shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar o‘ta murakkab bo‘lib, bank xodimlarining yuqori malakaga ega bo‘lishliligini talab etadi. To‘lov olinishining tezligi va kafolati hamda banklar orqali operatsiyalar o‘tkazishning xarajatlar summasi hisob-kitoblar shakllari va shartlarining tanloviga bog‘liqdir. Shu sababli tashqi savdo bo'yicha hamkorlar muzoqaralar borasida to‘lov shartlarining ikir-chikirlarini kelishib oladi va so'ngra ushbu shartlarni shartnomaga kiritib rasmiylashtiradi.
Shartnomalarning valuta-moliyaviy va to‘lov shartlari tuzilayotgan paytda eksportyor manfaatlarini importyor manfaatlariga teskari ekanligi, odatda, ko‘zga tashlanadi. Bunda eksportyor valutaning maksimal summasiga nihoyatda qisqa vaqt ichida ega bo’lishni xohlaydi,
importyor esa aksincha iloji boricha kam miqdordagi valutaning hajrnini to‘lash, tovarlar olinishini tezlashtirish hamda mazkur tovarlar to‘la sotilgunga qadar to‘lov muddatini iloji boricha kechiktirishdan manfaatdordir. Bitimlarning valuta-moliyaviy va to'lov shartlarini tanlanishi mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy hamda siyosiy munosabat- larning xarakteri, kontragentlar kuchlarining o‘zaro nisbati, ularning ushbu sohadagi malakasi va mazkur tovar bilan savdoning an’analari hamda udumlariga bog'liqdir.
Hukumatlararo kelishuvlar hisob-kitoblarning umumiy tamoyillarini belgilaydi, tashqi savdo shartnomalarida esa ushbu hisob-kitoblar amalga oshirilishining batafsil shartlari ko‘rsatiladi. Mazkur shartlar quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: baho valutasi; to‘lov valutasi; to'lov shartlari; to‘lov vositalari; hisob-kitob shakllari hamda ushbu hisob-kitoblarni amalga oshiradigan banklar.
Baho valutasi va to‘lov valutasi. Baho valutasi va to‘lov valutasi tanloviga (baho darajasi, kredit bo'yicha foiz stavkasi katta-kichik- ligidan farqli o'laroq) ma’lum bir darajada bitimning valuta samaradorligi bog‘liqdir.
Eksport va import shartnoma baholari turlichadir hamda ular ushbu shartnomalarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga yetkazib berilishi bilan bog‘liq (eksportyor mamlakat omborida saqlanishi, portgacha bo'lgan yo‘l va portdagi saqlanish, chet eldagi yo‘1, xorijdagi ombor hamda importyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo'shintcha xarajatlarga bog'liqdir. Tovarlar baholarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:
Shartnomani tuzayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi hamda ushbu shartnoma ijrosi mobaynida belgilangan baholar o‘zgarmaydi. Ushbu uslubjahon bozorida baholarning pasayishi tendensiyasi mavjud bo'lgan paytda qo‘llaniladi.
Shartnomaga qo‘l qo‘yilayotgan paytda bahoni (tovar yetkazilish kuniga bo‘lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida) belgilash tamoyili qayd etiladi, bahoning o'zi esa bitimning ijrosi mobaynida belgilanadi. Ushbu uslub odatda, bozor baholarining ko'tarilishi tendensiyasida qo‘llaniladi.
Shartnoma tuzilayotgan paytda baho qat’iy belgilanadi, ammo bozor bahosi shartnomadagi bahoga nisbatan, aytaylik, 5%dan ortiqroq hajmga o'zgarsa, u o‘zgarishi mumkin.
Xarajatlarni tashkil etuvchi elementlar hajrnini o'zgarishiga bog‘liq bo'lgan sirpanuvchan baho. Masalan, jihoz (asbob-uskuna)lar
yetkazib berilishiga buyurtma berilganda, yuqori konyunktura sharoitlarida buyurtmachi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi (baho o‘zgarishining umumiy chegarasi yoki baho «sirpanishi»ni xarajatlarning bir qismiga va qisqa muddatga tarqalishini).
Aralash shakli: bahoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi esa sirpanuvchan shaklda o‘rnatiladi.
Baho valutasi bu, tovarga bo‘lgan baho ifodalanadigan valyutadir. Tovaming bahosi qat’iy belgilanadigan valutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o’tilgan xalqaro hisob-kitoblarga ta’sir etuvchi omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlaming shartlari hamda Xalqaro udumlar katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zida shartnomaning bahosi, valuta xavf-xatarlarini sug’urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan ko‘p) valutada yoki standart (SDR, EKYu- 1999-yilda «Yevro»ga o‘zgartirilgan) valuta savatida ko’rsatiladi.
To‘lov valutasi bu, importyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari so‘ndirilishi kerak boigan valyutadir. Valuta kursining barqarorsizligi sharoitida baholar nisbatan barqaror bo’lgan valutada, to‘lov esa odatda, importyor mamlakat valutasida belgilanadi. Agarda baho valutasi va to’lov valutasi o‘zaro muvofiq kelmasa, unda shartnomada bir valutani ikkinchi valutaga qayta hisoblanish kursi o‘zaro kelishiladi (yoki XVF SDR negizida qayd etiladigan parked, yoki valutalarning bozor kursi bo’yicha). Shartnomada qayta hisoblanish shartlari belgilanadi:
ma’lum bir turdagi to’lov vositasining kursi — trattasiz to’lovlar vuzasidan telegraf pul o’tkazmasi yoki kredit bilan bog‘liq hisob- kitoblar bo’yicha vekselni;
ma’lum bir valuta bozorida (sotuvchi, sotib oluvchi yoki uchinchi tarafning) tuzatish va muvofiqlashtirishlar vaqti aniqlab olinadi (masalan, to’lov amalga oshirilishidan bir kun awal yoki to’lov kuni);
qayta hisoblash amalga oshiriladigan kurs kelishib olinadi: odatda, o’rtacha kurs, ba’zida valuta bozorini ochilishiga, yopilishiga bo’lgan sotuvchi yoki sotib oluvchi kurslari, yoki kunning o’rtacha kursi.
To’lov shartlari tashqi iqtisodiy bitimlarning muhim elementidir. Ularning ichida quyidagilar farqlanadi: naqdli to’lovlar, kredit taqdim etilishi bilan hisob-kitoblar, naqdli to’lov bo’yicha opsionli kredit (tanlov huquqi bilan).
Xalqaro hisob-kitoblardagi naqdli to’lov tushunchasi deganda eksport tovarlari sotib oluvchiga yetkazib berilganidan so’ng ularga pul to’lanishi yoki tovarlar shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib
berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjatlarga qarshi bo‘lgan to‘lov ko'zda tutiladi. Biroq zamonaviy sharoitlarda tovar importyor mamlakatiga ko'p holatlarda to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlardan awal yetib keladi va sotib oluvchi tovarlarni ularga haq to'lanishidan awal saqlash (trast) tilxati, bank kafolati evaziga olishi mumkin. Shunday qilib, tovarlar so‘nggi manzil portiga yetkazib berilganidan so'ng to‘lov amalga oshiriladi, tovarlar jo'natilganligi to'g'risidagi ogohnomaga qarshi amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno. Kontragentlar kelishuviga hamda sotilayotgan tovarlar xususiyatlariga bog‘liq bo'lgan holda importyor ma’lum bir bosqichda to‘lovni amalga oshiradi: jo‘natilish portida tovarlarni yuklash ishlari tugaganligi tasdig‘ini olgandan so‘ng; tovar hujjatlarining komplekti (schyot-faktura, konosament, sug'urta polisi va boshqalar)ga qarshi; ba’zida to'lovni 5—7 kunga, neft yetkazib berish bo‘yicha esa 30 kunga kechiktirish bilan; so'nggi manzil bo'lgan portda importyor tomonidan tovarni qabul qilib olinib bo'lgandan so'ng. Tovarning turiga bog'liq bo'lgan holda ba’zi holatlarda hisob-kitoblarning aralash shartlaridan foydalaniladi: qisman hisob-kitob-tovar hujjatlari topshirilganidan so'ng amalga oshadigan to'lov; yakuniy hisob-kitob- tovarlar qabul qilib olinganidan so'ng (tovarlar so'nggi manzil portiga yetib kelganidan so'ng sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olinadi va ularning sifat xarakteristikalari tekshiriladi, chunki transportirovka davrida ularning sifati buzilgan bo'lishi mumkin).
Xalqaro to'lovlar valutalar o'zaro almashuvi hamda tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan bir-biriga kreditlar taqdim etish jarayonlari bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Xalqaro valuta-kredit va hisob- kitob operatsiyalarining o'zaro bog'liqligi ushbuda o'z ifodasini topadi. Sotilayotgan tovarning turiga (masalan, mashinalar vajihozlar) hamda sotuvchilar bozorida raqobatning kuchayishi va yangi mahsulot iste’mol bozorlarini kengaytirish maqsadida ularning kreditdan foydalanishga qaratilgan intilishlariga qarab tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha liisob- kitoblar tijorat kreditidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tijorat krediti tovar sotuvchisi tomonidan sotib oluvchiga bir necha oydan 5—8 yilgacha, alohida holatlarda esa bundan ham katta muddatlarga taqdim etiladi. Tashqi savdo operatsiyalarida importyor tijorat krediti evaziga uni so'ndirishga qaratilgan, oddiy veksel shakiidagi qarz majburiyatini yozib beradi yoki eksportyor tomonidan berilgan o'tkaziladigan veksellar-trattalarda to'lovni amalga oshirishga yozma tarzdagi rozilik (aksept) beradi.
Tovar qiymatining ma’lum bir qismiga tijorat hujjatlari taqdim etilganidan so‘ng, qolgan qismiga esa shartnomada belgilangan davrdan so‘ng haq to'Ianganda tijorat krediti shaklidagi tovarlar uchun hisob-kitoblar naqdli to'lovlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomai ijrosining ma’lum bir bosqichida shartnomadagi taraflar, tijorat kreditidan tashqari, bir-birlarini majburan kreditlashlari mumkin. Masalan, bo‘nak shaklidagi to'lovlarda importyor eksportyorni, ochiq hisob-varaq bo‘yicha hisob-kitoblarda esa sotuvchi sotib oluvchini kreditlaydi.
Hisob-kitoblar shartlarining muqobil shakli naqdli to‘lovning opsionli kreditidir. Agarda importyor sotib olingan tovar uchun to‘lovni kechiktirish huquqidan foydalansa, unda u naqdli to‘lovda taqdim etiladigan diskont (skidka)dan mahrum bo‘ladi. Hisob-kitoblar xalqaro muomalada ishlatiladigan turli xil to‘lov vositalari, ya’ni veksellar, to‘lov topshiriqnomalari, bank o'tkazmalari (pochta va telegraf), cheklar, plastik kartochkalari yordamida amalga oshiriladi. Xorijiy instrumentlar (Foreignitems, ingl.) — boshqa mamlakatda deponentga olingan hamda ushbu mamlakatda toManishi lozim bo‘lgan cheklar, veksellar (oddiy va o‘tkaziladigan) va muomalaning boshqa kredit vositalari. Shartnoma to‘lov shartlarining eng murakkab qismi bo‘lib hisob-kitob turini tanlash hamda ushbu hisob-kitoblami amalga oshirish ikir-chikirlarini shakllantirib izohlash hisoblanadi. Kontragentlarning bir-biriga qarama-qarshi boMgan manfaatlarini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda o‘zaro bog'lash va ularning to'lov munosabatlarini tashkil etish hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |