Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy



Download 252 Kb.
bet11/21
Sana16.07.2022
Hajmi252 Kb.
#810115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy

3.Valuta siyosati.
Valuta siyosatining yo'nalishlari va shakllari mamlakatlarning valuta- iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolutsiyasi, jahon arenasidagi kuchlar joylashishi bilan belgilanadi. Turli tarixiy bosqichlarda birinchi qatorga valuta siyosatining aniq vazifalari chiqadi: valuta inqirozini bartaraf etish va valuta barqarorligini ta’minlash; valuta cheklovlari, valutani erkin ayirboshlanishiga o'tish, valuta operatsiyalarini erkin- lashtirish hamda shu kabilar.
Valuta siyosati mamlakatlar o'zaro aloqalari tamoyillarini aks ettiradi: nisbatan kuchsiz (birinchi navbatda rivojlanib borayotgan) hamkorlar kamsitilishini keltirib chiqaruvchi hamkorlik va kelishmov- chiliklar, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuv.
Valuta siyosati maqsad va shakllariga ko'ra tarkibiy hamda joriy siyosatlarga bo'linadi. Tarkibiy valuta siyosati — bu, jahon valuta tizimida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan uzoq muddatli chora-tadbirlar yig‘indisidir.
U barcha mamlakatlar manfaatida valuta tamoyillarini tako- millashtirish maqsadida valuta islohotlari shaklida amalga oshiriladi va muayyan valutalarga imtiyozlar berilishi uchun kurash bilan hamohang olib boriladi.
Tarkibiy valuta siyosati joriy siyosatga ta’sir ko‘rsatadi. Joriy valuta siyosati — bu, valuta kursi, valuta operatsiyalari, valuta bozori va oltin bozori faoliyatini kunlik, tezkor muvofiqlashtirishga qaratilgan qisqa muddatli chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Valuta siyosatining shakllari. Valuta siyosatining quyidagi shakllari qoMlaniladi: diskont, deviz siyosati va uning turlaridan biri bo'lmish valuta intervensiyasi, valuta zaxiralarining diversifikasiyasi, valuta
cheklanishlari, valuta;arni almashinish darajalarini muvofiqlashtirish, valuta kursi rejimi, devalvatsiya, revalvatsiya.
Diskont (hisob yuritish) siyosati — bir tomondan kapitallarni xalqaro harakatiga valuta kursi va to'lov balansini, ikkinchi tomondan ichki kreditlar, pul massasi, baholar, yalpi talab dinamikasini ta’sir etishi orqali muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan Markaziy bank hisob yuritish stavkasining o'zgarishi. Masalan, passiv to‘lov balansida kapitallarni nisbatan erkin harakatlana olishi sharoitida hisob yuritish stavkasining ko'tarilishi foiz stavkalari nisbatan past bo'lgan mam- lakatlardan kapitallar oqib kelishining rag‘batlantirishi va milliy kapitallarni mamlakatdan oqib ketishining oldini olishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida to'lov balansi holatining yaxshilanishi va valuta kursining ko'tarilishiga olib keladi. Rasmiy stavkani pasaytirgan holda Markaziy bank to'lov balansi aktiv saldosini va o'z milliy valutasi kursini pasaytirish maqsadida milliy hamda xorijiy kapitallarni oqib ketishiga ishonadi.
Zamonaviy sharoitda diskont siyosatining samaradorligi pasaydi. Bu esa uning ichki va tashqi maqsadlarining o'zaro qarama-qarshiligini kuchayganligi bilan izohlanadi. Agar foiz stavkalari konyunkturani jonlantirish maqsadida pasaytirilayotgan bo'lsa, bu kapitallarni oqib ketishini keltirib chiqargan holda to'lov balansiga salbiy ta’sir etadi. To'lov balansi holatini yaxshilash maqsadida hisob yuritish stavkasini ko'tarilishi, agarda u tushkunlik holatida bo'lsa, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etadi. Diskont siyosatining mahsuldorligi mamlakatga xorijiy kapital oqib kelishiga bog'liqdir, ammo barqarorsizlik sharoitida foiz stavkalari hamma vaqt ham kapitallar oqimini belgilab beravermaydi. Kapitallar va kreditlar xalqaro harakatini muvofiqlashtirish ham hisob yuritish siyosatini to'lov balansiga bo'lgan ta’sirini birmuncha pasaytiradi.
Bu yerdan diskont siyosatining qisqa muddatliligi va nisbatan past samaradorliligi kelib chiqadi. Yetakchi davlatlar, birinchi navbatda AQSHning diskont siyosati milliy manfaatlarga zid ravishda foiz stavkalarni ko'tarish yoki pasaytirishga majbur bo'lgan raqobatchilarga salbiy ta’sir etadi. Natijada vaqti-vaqti bilan foizlar urushi paydo bo‘lib turadi.
Deviz siyosati. Bu, milliy valuta kursiga davlat organlari tomonidan xorijiy valutani (deviz) oldi-sotdisi orqali ta’sir etish uslubidir. Milliy valuta kursini ko'tarish maqsadida Markaziy bank xorijiy valutani milliy valutaga sotadi, pasaytirish uchun esa aksincha sotib oladi.
Deviz siyosati asosan valuta intervensiyasi shaklida amalga oshadi. Valuta intervensiyasi rasmiy oltin-valuta zaxiralari yoki markaziy banklarning banklararo «svop» kelishuvlariga asosan milliy valutadagi qisqa muddatli o'zaro kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
XIX asrdan boshlab valuta intervensiyasi qo‘llanila boshlandi. Masalan, Rossiyaning Davlat banki, Avstro-Vengriya banki o‘z milliy valutalari kursini qo‘llab-quvvatlash maqsadida intervensiyadan foy- dalangan. Oltin monometalizmi bekor qilinishidan so‘ng valuta intervensiyasi keng qoMlanila boshlandi. 1929— 1933-yillar jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida valuta intervensiyasidan markaziy banklar valuta dempingiga ko‘maklashish uchun o‘z valutalari kursini pasaytirish maqsadida foydalangan.
Valuta intervensiyalarini o‘tkazishning moddiy asosi bo'lib AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, ltaliya, Kanada va boshqa mamlakatlarda 1930- yillarda tashkil etilgan valuta barqarorlashtirish fondlari xizmat qildi. Valuta barqarorlashtirish fondlari — bu valuta kursini muvofiq- lashtirish maqsadida valuta intervensiyasida ishlatiladigan oltin, xorijiy va milliy valutalardagi davlat fondlaridir. Zamonaviy sharoitda ayrim mamlakatlarda ushbu fondlarning belgilanishi va roli o‘z xususiyat- lariga ega.
Fransiyada yuqorida zikr etilgan fond maqsadli fond bo‘lib rasmiy oltin-valuta zaxiralari doirasida ajratiladi. Fransiya banki o‘z intervensiya operatsiyalarining xarakteri va ko'lamini oshkora etmaslik uchun ushbu fondning hajmini matbuotda e’lon qilmaydi. AQSHda esa valuta barqarorlashtirish fondi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi (uning 2 mlrd.
AQSH dollaridagi hajmi barpo etilish paytidan boshlab, ya’ni 1934-yildan o‘zgarmasdan kelmoqda), chunki federal zaxira banklari valuta intervensiyasini asosan «svop» kelishuvining shartlari asosida xorijiy markaziy banklar kreditlari hisobiga amalga oshiradi. Buyuk Britaniyada hozirgi kunda valuta barqarorlashtirish fondi mamlakatning barcha rasmiy oltin-valuta zaxiralarini o‘zida birlashtiradi.
Deviz siyosati bevosita valuta kursiga ta’sir etadi, ammo ushbu ta’sir muvaqqat va cheklangan ko‘lamlardadir. Valuta intervensiyasiga bo‘lgan yirik xarajatlar, agarda kurs shakllanishining bozor omillari davlat muvofiqlashtirishidan ustunroq bo‘lsa, hamma vaqt ham valuta kurslari barqarorligini ta’minlay olmaydi.
Masalan, Yaponiya Banki 1998 yilning aprelida valuta bozorida 21 mlrd. AQSH dollarini (valuta zaxiralarining 10 foizi) sotdi, Biroq
so'nggi 8 yil ichida eng yuqori (lAQSh dollari uchun 1380 iyena), rekordli iyena kursi tushishining oldini ololmadi va Yaponiya valuta intervensiyasini cheklashga qaror qildi.
Valuta zaxiralarining diversifikatsiyasi — daviatlar, banklar, TMK- larning Xalqaro hisob-kitoblar, valuta intervensiyasini amalga oshirish va valuta yo‘qotishlaridan o‘zini himoyalashni ta’minlash maqsadida valuta zaxiralari tarkibiga turli valutalarni kiritish orqali tarkibiy tuzilishini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan sivosatidir. Ushbu siyosat odatda, barqarorsiz valutalarni sotish va nisbatan barqaror hamda xalqaro hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan valutalarni sotib olish orqali amalga oshiriladi.
AQSH dollarining barqarorsizligi uning kapitalistik dunyo rasmiy zaxiralaridagi ulushir.i lebranishiga sabab bo‘ldi (1973-yilda—84,5 foiz, 1982-yilda—71,4 foiz, 1990-yilda—60 foizga yaqin).
Valuta paritetlari va valuta kurslari rejinii milliy hamda davlatlararo muvofiqlashtirish obyekti bo‘lib hisoblanadi. Bretton Vuds kelishuvi shartlariga muvofiq mamlakatlar o‘z milliy valutalari kurslarini bozor bahosi asosida AQSH dollariga nisbatan XVFda qayd etdilar va oltinning rasmiy bahosi (1 troya unsiyasi — 35 AQSH dollari) asosida ularning zaminidagi oltin miqdorlarini belgiladilar. Fond a’zolari bo'lmish mamlakatlar o‘z valutalari bozor kurslarini paritetidan +,-l foizdan oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar.
Devalvatsiya va revalvatsiya valuta siyosatining an’anaviy uslublaridir. Devalvatsiya — bu, xorijiy valutalar yoki Xalqaro valuta birliklariga, oltinga nisbatan milliy valuta kursining pasayishi. Uning obyektiv asosi bo‘lib rasmiy valuta kursining bozor kursiga nisbatan yuqoriroq qo‘yilishi hisoblanadi.
Revalvatsiya — bu, xorijiy valutalar yoki Xalqaro valuta birliklariga, oltinga nisbatan milliy valuta kursining ko‘tarilishidir.
Kurslar farqi nuqtayi nazaridan funt sterling devalvatsiyasi oqibatida AQSH dollarining haqiqiy revalvatsiyasidan AQSHning yutuq va yo'qotishlari shartli hisob-kitoblarini ko‘rib chiqamiz.

  1. Tashqi savdo. AQSHning Buyuk Britaniyaga eksporti bo‘yicha bajarilmagan shartnomalar summasi 20 min. funt sterlingni tashkil etadi deb faraz qilamiz. Amerika eksportyorlarining zararlari (himoya shartlashuvi yo‘qligi paytda) 8 min. dollarga yetadi, chunki ular tushum sifatida olingan funt sterlinglarni AQSH dollarlariga 1 funt uchun 2,8 dollar kursi o'rniga 2,4 dollar kursi bo‘yicha almashtiradilar, ya’ni:

20 min. f. st. • (2,8 — 2,4)-8 min. dollar.
Buyuk Britaniyadan import bo‘yicha bajarilmagan shartnomalar summasi — 15 min. f. st. Amerikalik eksportyorlar qo'shimcha 6 min. dollar oladilar, chunki devalvatsiya qilingan valutani nisbatan qimmatlashgan o‘z vaiutalariga sotib olganda ular yutadilar.
15 min. f. st. • (2,8 — 2,4)-6 min. dollar.


  1. Download 252 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish