Bog'liq Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy
Valuta siyosati. Valuta kursining davlat va bozor tomonidan muvofiqlashtirilishini o'zaro solishtirish uning dinamikasiga ta’sir etadi. Valuta kursining valutaga bo‘lgan talab va taklif mexanizmi orqali valuta bozorlarida shakllanishi, odatda, kurs nisbatlarini keskin o'zgarishi bilan xususiyatlidir. Tqtisod, pul muomalasi, rnoliya va kredit holatining ko‘rsatkichi hamda muayyan bir valutaga bo'lgan ishonch darajasi bo'lmish aniq (real) valuta kursi bozorda shakllanadi. Valuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valuta- iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko‘tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda ma’lum bir valuta siyosati amalga oshiriladi.
Shunday qilib, valuta kursining shakllanishi — bu milliy va jahon iqtisodiyotlari hamda siyosatlarining o‘zaro munosabatlari bilan asoslangan murakkab ko‘p omilli jarayondir. Shu sababli valuta kursini prognozlashda yuqorida ko'rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar hamda ularni valutalarning o‘zaro nisbatiga bir xilda bo'lmagan ta’siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Valuta kursi milliy va jahon bozorlari qiymat ko‘rsatkichlari o'rtasida aloqa instrumenti sifatida maydonga chiqqan holda xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda takror ishlab chiqarishda faol rol o'ynaydi. Tadbirkor valuta kursidan foydalangan holda o‘z ishlab chiqarish xarajatlarini jahon bozoridagi baholar bilan taqqoslaydi. Ushbu tadbir alohida korxona yoxud butun bir mamlakatning tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijasini aniqlash imkonini beradi. Jahon bozorida tovar sotilganda milliy mehnat mahsuli bo'lmish tovar qiymat o'lchovining baynalmilallashgan birligi sifatida jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Jahon valuta bozorida esa valutalarning baynalmilallashgan qiymatining pariteti aniqlanadi.
Valutalar kurslari nisbati asosida ushbu mamlakatning jahon savdosidagi solishtirma og'irligini hisobga olgan holda samarali valuta kursi hisoblanadi. Valuta kursi eksport va import baholarining nisbati, firmalarning raqobatdoshligi, korxonalar foydasiga ma’lum birdarajada ta’sir etadi.
Valuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro iqtisodiy, shu jumladan valuta-kredit va moliyaviy munosabatlar muvozanatsizligini kuchay- tiradi hamda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga, ayrim davlatlarni zararlarga, ayrimlarini esa yutuqlarga olib keladi.
Boshqa omillarning aks ta’siri bo‘lmagan paytda miliiy valuta kursi pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan xorijiy valutani nisbatan arzonlashgan miliiy valutaga almashuvi hisobiga eksport mukofotini oladilar hamda tovarlarni o'rtacha jahon baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo'ladilar.
Miliiy valuta kursining pasayishi, yuqorida bayon etilgan imtiyozlardan tashqari, bir vaqtning o‘zida importning qimmat- lashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o'sishiga, tovar olib kirish va iste’mol qilishni qisqarishiga hamda miliiy tovar ishlab chiqarishni o'sishiga olib keladi. Valuta kursining pasayishi miliiy valutada ifodalangan real qarzdorlikning kamayishiga, xorijiy valutada ifodalangan tashqi qarzlar og‘irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy investorlar tomonidan mamlakat miliiy valutasida olinayotgan foyda, foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo‘lib qoladi. Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida tovarlar sotib olish hamda ularni eksport qilish uchun ishlatiladi.
Valuta kursi ko'tarilsa mamlakat ichkarisidagi baholarning raqobatdoshligi hamda eksportning samaradorligi pasayadi. O'z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari hamda yalpi miliiy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Import esa aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda miliiy kapitallarni oqib kelishi rag'batlantiriladi, xorijiy kapital qo‘yilmalariga olingan foydalarni olib chiqilishi o'sadi. Qadrsizlanib borayotgan xorijiy valutada ifodalangan mamlakat tashqi qarzining real summasi kamayadi. Valutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya’ni uning kurs dinamikasi hamda sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Agarda pulning ichki inflatsion qadrsizlanishi valuta kursining qadrsizlanishidan sur’ati bo'yicha o'zib ketsa, o'zga shartlarning tengligi sharoitida miliiy bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag‘- batlantiriladi. Agarda valutaning tashqi qadrsizlanishi inflatsiya hisobiga vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o‘zib ketsa unda valuta dempingi uchun sharoit yetiladi. Boshqacha aytganda, tashqi bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o'rtacha jahon baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun sharoit tug'iladi.
Valuta dempingi uchun quyidagilar xususiyatlidir: 1) eksportyor tovarlarni ichki bozorda inflatsiya ta’sirida ko'tarilgan baholarda sotib olgan holda tashqi bozorda o'rtacha jahon baholaridan pastroq
darajada ularni nisbatan muvozanatli bo‘lgan valutaga sotadi; 2) eksport baholarini pasaytirish manbasi bo‘lib, tushum sifatida olingan nisbatan barqaror valutani qadrsizlangan milliy valutaga almashtirgan paytida hosil bo‘ladigan kurslar farqi hisoblanadi; 3) tovarlarni ommaviy ravishda chetga olib chiqilishi eksportyorlarga nihoyatda yuqori darajadagi foydani ta’minlaydi.
Demping bahosi ishlab chiqarish bahosidan yoki tannarxdan ham past bo‘lishi mumkin. Biroq eksportyorlar uchun juda ham pasaytirib yuborilgan baho manfaatli emasdir, chunki xorijlik kontragentlar tomonidan tovarlar reeksporti natijasida milliy tovarlar bilan raqobat- chilik vujudga kelishi mumkin.
Erkin suzadigan valuta kurslari rejimi sharoitida kapitallar, ayniqsa qisqa muddatli kapitallar harakatiga ular o‘zgarishining ta’siri kuchayadi. Ushbu omil esa o‘z navbatida ayrim davlatlarning valuta- iqtisodiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Valutasining kursi ko‘tarilib borayotgan mamlakatga xorijiy kapitallarning oqib kelishi natijasida ssuda kapitallari va kapital qo‘yilmalarining hajmi vaqtincha oshib ketishi mumkin.
Ushbu o‘sgan sarntoyalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Kapitallarni mamlakatdan oqib ketishi esa ularning kamomadini, investitsiyalar qisqarishini va ishsizlik kuchayishini keltirib chiqaradi.
Valuta kursi tebranishining oqibatlari mamlakatning valuta-iqtisodiy mavqeiga, uning eksport kvotasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘rniga bog‘liq. Valuta kursi mamlakatlar, milliy eksportyor va importyorlaro'rtasidagi kurash obyekti hamda davlatlararo nizolarning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu sabablarga ko‘ra valuta kursining muammolari iqtisodiy fanda ahamiyatli o‘rinni egallaydi.