Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy


Xalqaro kreditning ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi roli



Download 252 Kb.
bet21/21
Sana16.07.2022
Hajmi252 Kb.
#810115
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy

Xalqaro kreditning ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi roli. Xalqaro kredit o'zaro bog'liq funksiyalarni bajarish orqali ikki yoqlama, ya’ni ijobiy va salbiy rol o‘ynaydi.
Xalqaro kreditning ijobiy roli takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlanishi hamda uning kengayishi orqali ishlab
chiqarish kuchlari rivojlanishining tezlashishida o‘z aksini topadi. Ushbuda ularning o'zaro aloqasi aks etadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard oqibatda takror ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi bog'lovchi bo‘g‘in hamda uzatkich mexanizmi rolini o'ynaydi. Ishlab chiqarish o'sishining mahsuli bo‘lgani holda xalqaro kredit bir vaqtning o'zida uning zaruriy sharti va katalizatori bo‘lib ham hisoblanadi. U ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining baynalmilallashuvi, jahon bozorining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko'maklashadi va xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tezlashishiga ko‘maklashadi:
Mamlakatlarning kredit siyosati jahon bozorlarida kreditor mam- lakat mavqelarmi mustahkamlash vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o‘stirgan holda olingan foydalarni qarzdor mamlakatlardan o'tkazish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda ssudalarni foizlar bilan qaytimining jamiyat sof daromadining ma’lum bir hajmidan oshgan yillik to‘lovlari qarzdor mamlakatlarda mazkur jamg’armalarning shakllanish manbalariga salbiy ta’sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mam­lakatlar uchun qulay bo'lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlaming yaratilishi hamda mustahkamlanishiga ko'maklashadi.
Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, jahon xo'jalik aloqalari yangi shakllarining paydo bo'lishi xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga obyektiv asos bo'lib xizmat qiladi.
Xalqaro kreditning shakllari. Xalqaro kreditning turli shakllarini kredit munosabatlarining ayrim tomonlarini xarakterlovchi bir nechta muhim omillariga ko'ra umumiy asosda quyidagicha tasniflash mumkin:

  • manbalarga ko'ra tashqi savdoni kreditlash hamda moliyalash- tirishning ichki, xorijiy va aralash turlari farqlanadi. Ular o'zaro yaqindan bog'liqdir hamda eksportyordan importyorgacha bo'lgan tovar harakatining barcha bosqichlariga xizmat ko'rsatadi. Tovar sotuv jarayoniga qanchalik vaqin bo'lsa, odatda, xalqaro kreditning shartlari qarz oluvchiga shunchalik yoqimli bo'ladi;

  • belgilanishiga ko'ra tashqi iqtisodiy bitimning qaysi biri qarz mablag'lari hisobiga qoplanishiga bog'liq holda quyidagilar farq­lanadi:

  1. tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog'liq tijorat kreditlari;

  2. har qanday boshqa maqsadlarga, shu jumladan to'g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan kapital qo‘yilmalarga, investitsion obyektlar qurilishiga, qimmatli qog‘ozlar sotib olishga, tasbqi qarzni so'ndirishga, valuta intervensiyasiga ishlatiladigan moliyaviy kreditlar;

  3. kapital, tovarlar va xizmatlarni chetga olib chiqilishining aralash shakllariga xizmat ko'rsatishga mo‘ljallangan «oraliq» kreditlar. Masalan, pudrat ishlari (injiniring)ni amalga oshirish shaklida;

  • turlariga ko‘ra kreditlar eksportyorlar tomonidan o‘z sotib oluvchilariga tovar shaklida va banklar tomonidan pul shaklida taqdim etiladigan valuta turlariga bo‘linadi. Ayrim bolatlarda valuta krediti jihozlar yetkazib berish bo‘yicha tijorat bitimi .-.hartiaridan biri bo'lib hisoblanadi va import jihozlar zaminida obyekt qurilishi yuzasidan mahalliy xarajatlarni kreditlash uchun ishlatiladi;

  • qarz valutasiga ko‘ra qarzdor mamlakat yoki kreditor-mamlakat valutasida, uchinchi mamlakat valutasida hamda SDR valuta savatiga asoslangan xalqaro hisob valutasida taqdim etiladigan xalqaro kreditlarga farqlanadi;

  • muddatlariga ko‘ra xalqaro kreditlar: qisqa muddatli — 1 yil- gacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (oha qisqa muddatli — 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik), o‘rta muddatli — 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli — 5 yildan ziyod muddatlarga beriladigan kredit turlariga boMinadi. Ba’zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan kreditlar o‘rta muddatli, 7 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli bo‘lib hisoblanadi. Qisqa muddatli kredit, odatda, tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta’minlaydi va nosavdo, sug‘urta hamda chayqov bitimlariga xizmat ko‘rsatgan holda tashqi savdo va xalqaro to‘lovlar muomalasida qo'llaniladi. Uzoq muddatli xalqaro kredit, odatda, asosiy ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashinalar va butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllari (yirik koMamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texnikajoriy etilishijga xizmat ko'rsatadi. Agarda qisqa muddatli kreditning muddati uzaytirilsa, unda u o‘rta muddatli, ayrim holatlarda esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli kreditlarning o‘rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanishi jarayonlarida davlat kafil sifatida faol ishtirok etadi;

  • ta’minlanganlik tamoyiliga ko‘ra ta’minlangan va blankali kreditlarga farqlanadi. Kreditning ta’minoti bo‘lib, odatda, tovarlar, tovarga egalik huquqini beruvchi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli

qog'ozlar, veksellar, ko‘chmas rnulk hamda qimmatliklar xizmat qiladi. Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi: qat’iy garov (tovarlarning ma’lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi); muomaladagi tovar garovi (ma’lum bir summadagi, tegishli assor- timentdagi tovarning qoldig'i hisobga olinadi); qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka garovga bergan holda garovga olingan tovardati mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin).
Kreditor sotilishning yuqori imkoniyatlariga ega bo'lgan tovarlarni garovga olishni afzal ko'radi va ta’minot hajmini belgilashda tovar bozori konyunkturasini hisobga oladi. Ba’zi holatlarda kreditning ta’minoti sifatida o'rtacha bozor baholarida hisobga olingan davlat rasmiy oltin zaxiralarining bir qismi ishlatiladi (1963-yilda Finlyan- diyada, 1970-yillarning o'rtalarida Italiya, Urugvay, Portugaliyada).
Rivojlanib borayotgan davlatlar (ayniqsa 1980-yillarning boshlarida) o‘zlarining tashqi qarzlarini so‘ndirish maqsadida olingan xorijiy kreditlarning garovi sifatida oltinni deponentga olishni keng qo'llay boshladi. Biroq oltinning garovi ustidan ssudalar shakli ko'pchilik xalqaro kreditlar uchun xos bo'lgan «salbiy garov shartlashuvi» tufayli keng tarqalmadi. Ushbu shartlashuvning mohiyati quyidagichadir: agar qarz oluvchi boshqa kreditlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’minotni taqdim etsa, unda kreditor mazkur ssuda yuzasidan ham qo'shimcha ta’minotni talab qilishi mumkin. Bundan chiqdi, agar mamlakat oltin garovi ustidan kredit olgan bo‘lsa, unda awal olingan kreditlarni ham oltin bilan ta’minlashni ushbu mamlakatdan talab etishlari mumkin. Shu sababli ayrim mamlakatlar oltinni sotishni afzal ko‘radilar. Garov kredit kelishuvi bo‘yicha majburiyatning ta’minot usuli bo‘lganligi sababli qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi holatida kreditor garov qiymatidan kompensatsiya olish huquqiga ega.
Blankali kredit qarzdorning ushbu qarzni ma’lum bir muddatda so‘ndirish majburiyati ustidan beriladi. Ushbu kredit bo‘yicha hujjat bo‘lib odatda, qarz oluvchining yagona imzosiga ega bo‘lgan solo- veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari bo‘lib kontokorrent va overdraft hisoblanadi.
Taqdim etilishi nuqtayi nazaridan qarz oluvchi hisob-varag‘iga, uning ixtiyoriga olinadigan moliyaviy (naqdli) kreditlar; importyor yoki bank tomonidan trattaning aksepti shaklidagi akseptli kreditlar; depozit sertifikatlari; obligatsiya zayomlari, konsorsial kreditlar va boshqa shu kabilar farqlanadi. Kreditor sifatida maydonga kim chiqishiga qarab, kreditlar: I) firmalar, banklar, ayrim holatlarda vosita-
chilar (brokerlar) tomonidan taqdim etiladigan xususiy kreditlarga; 2) hukumat kreditlariga; 3) xususiy korxonalar va davlat ishtirok etadigan aralash kreditlarga; 4) xalqaro va hududiy valuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo kreditlariga bodinadi.
Firma (tijorat) krediti bu, odatda, bir mamlakat firmasi yoki eksportyori tomonidan boshqa mamlakat importyoriga todovni kechik- tirish shaklida taqdim etiladigan ssudadir. Tashqi savdodagi tjjorat krediti tovar operatsiyalari bo£yicha hisob-kitoblar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Firma kreditlarining muddatlari turlichadir (odatda, 2—7 yilgacha) va jahon bozorlaridagi konyunktura shartlari, tovarlar turlari va boshqa omillar bilan belgilanadi. Mashina va murakkab jihozlar eksportining kengayishi bilan mazkur kreditlar muddatlarining uzayishi yangilik bo‘ldi. Firma krediti, odatda, veksel bilan rasmiylash- tiriladi yoki ochiq hisobvaraq bo'yicha taqdim etiladi.
Vekselli kredit, eksportyor tovarlarni sotish to‘g‘risidagi shartnomani tuzganidan so‘ng o‘tkaziladigan veksel (tratta)ni importyorga qarata chiqarilishini ko‘zda tutadi.
0‘z navbatida importyor tijorat qog'ozlarini olganidan so‘ng mazkur vekselni akseptlaydi, ya’ni ushbu vekselda ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
Ochiq hisob-varaq bo‘yicha kredit eksportyor va importyor o‘rta- sidagi kelishuv yo‘li orqali taqdim etiladi. Mazkur kelishuvga asosan tovarlarni yetkazib beruvchi sotilgan va yetkazib berilgan tovarlar qiymatini ularni sotib olgan shaxs hisob-varag‘ida qarzdorlik sifatidagi yozuvi shaklida amalga oshiradi, importyor esa olingan kreditni muddatida so‘ndirish to‘g‘risidagi majburiyatni o‘z zimmasiga oladi. Ochiq hisob-varaq bo‘yicha kredit tovarlarning muntazam asosda yetkazib berilishi, majburiyatlarning esa oynirg o‘rtasi yoki oxirida davriy ravishda so‘ndirilib boriiishi sharoitlarids qodianiladi.
Firma kreditlarining ko'rinishiandan biri bodib importyoming bo'nak todovi (sotib olish bo'naki) hisoblanadi Ele'nak todovi shart- noma imzolanganidan so‘ng importyor tomonidan, odatda, buyurtma berilgan mashina, jihoz va kemalar qiymatinmg 10—15 foizi (ba’zida bundan ortiq) miqdorida xorijnk tovar yetkazio beruvchi fovdasiga amalga oshiriladi. Sotib olish bo'nagi xalqaro hisob-kitoblar kamda eksportni kreditlash va bir vaqtning o‘zida xorijiik sotib oiuvchi majburiyatlarini kafolatlashning shakllaridan bin bo‘lib xizmat qiladi, chunki importyor buyurtma berilgan tovarlarni qaytarmasdan qabul qilishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarning importyor firmalari rivojlanib bo- rayotgan mamlakatlar bilan munosabatlarda sotib olish bo‘naklaridan ushbu mamlakatlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olib chiqish uchun foydalanadilar.
Bo‘nakni taqdim etgan shaxs tomonidan shartnomaning bajaril- masligi sharoitida mazkur bo'nak, undan zararlar chegirib olinganidan so‘ng qaytariladi. Agarda shartnoma bo'nakni olgan shaxs tomonidan bajarilmasa, unda u mazkur bo'nakni, zararlarni qoplagan holda, sotib oluvchiga qaytarishi lozim. Bo'nak, shartnomadagi ikkinchi tarafga zararlarni qoplamagan holda shartnoma bo'yicha majbu- riyatlardan ozod bo'lish imkonini beruvchi tovon to'lovidan farqli o'laroq, shartnoma bajarilishini rag'batlantiradi. Sotib olish bo'nagi ayrim holatlarda to'lovni kechiktirish shakli bilan birgalikda teng ulushlarda va ma’lum bir intervallarda (yarim yil, yil) qo'llaniladi.
Firma krediti sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasidagi munosabatlarni ifodalasa-da, u odatda, bank krediti bilan birgalikda harakatlanadi. Mashinalar va jihozlar sotuvida firma krediti uzoq muddatlarga taqdim etiladi (5 yil va undan ziyod muddatlarga), bu esa eksportyorning katta hajmdagi mablag'larini ichki muomalasidan tashqariga chiqib ketishiga olib keladi. Shu sababli eksportyor, odatda, bank kreditlariga murojaat etaai yoki o'z kreditini banklarda qayta moliyalashtiradi. Firma kreditlari rnashina va jihozlar eksportini kreditlash shartlari hamda hajmi bo'yicha kreditlash muammosini hal eta olmasligi sababli bank kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi roli o'sadi.
Bank kreditlari. Eksport va importni bank tomonidan kreditiash tovarlar, tovar hujjatlari, veksellar hamda trattalar hisobining garovi ustidan ssudalar berish shaklida amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda Panklar o'zlari bilan yaqindan munosabatda bo'lgan yirik eksportyor tirmalarga rasmiy ta’minotga ega bo'lmagan blankali kreditni taqdim etadilar.
Akseptli — rambursli kredit tashqi savdo operatsiyalari bilan bog'liq bo'lganda eng ta’minlangan bo'lib hisoblanadi va eksportyor hamda importyor o'rtasidagi hisob-kitoblarda qo'llaniladi. Bunda akkreditiv va o'tkaziiadigan veksel vosita sifatida ishlatiladi. Akseptli — rambursli kreditning limit, kreditning muddati, foiz stavkasi, rasmiylashtirilish, ishlatilish va so'ndirilish tartibi kabi shartlari oldindan tuzilgan bankla- raro kelishuvi asosida belgilanadi. Ta’minlanganligi esa tovarlar sotilishi bilan asoslangandir. Agarda mazkur kredit tovar yetkazib berilishi bilan bog'liq bo'lmasa, unda u sof moliyaviy xarakterga ega bo'ladi.
Broker krediti ayrim mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya) firma va bank kreditlarining oraliq shakli sifatida harakat qiladi. Ushbu kredit tijorat tusidagi bitimlarga tijorat krediti singari hamda bir vaqtning o'zida bank kreditiga ham aloqadordir. Chunki brokerlar, odatda, banklardan qarz olib turadilar. Brokerlik vositachilik haqi shartnoma summasining 1/50—1/32 qismini tashkil qiladi. Broker firmalari Buyuk Britaniyada assotsiatsiyaga birlash- gan. Brokerlar jahon bozoridagi holat to‘g'risidagi ma’lumotga egadir. Kredit operatsiyalarini amalga oshirishdan tashqari ular sotib oluvchilarni to‘lov qobiliyatlari yuzasidan kafolatlarni ham taqdim etadi. Zamonaviy bosqichda broker kreditlarining tashqi savdodagi roli pasayib ketdi.



Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish