8.1-rasm. Jahon oltin bozorlarida narxning o’zgarish
dinamikasi16.
Yuqoridagi rasmdan, oltin narxining o’zgarish dinamikasini ko’rishimiz mumkin. Bu erda, Evroning 1999 yildan oldingi qiymati sifatida marka olingan. Rasmdan ko’rib, turganimizdek, 70 – yillar boshlarida Bretton Vuds valyuta tizimining tanazzulidan so’ng, oltin qiymati keskin o’sa boshladi.
8.3. Oltin bozoridagi operatsiyalar
Oltin xalqaro to’lov vositasi sifatida ishlatimasligiga qaramay, oltin bozorida amalga oshirilayotgan oldi – sotdi operatsiyalar yildan yilga ortib bormoqda:
2006 yilda oltinga bo’lgan talab avvalgi yillarga nisbatan eng yuqori ko’rsatkichni qayd etdi va qariyb 65 mlrd. AQSh dollarga teng bo’ldi;
Sanoatda oltinga bo’lgan talab 458 tonnadan oshib ketdi;
Qimmatbaho taqinchoqlarni tayyorlash sohasida olting bo’lgan talab 44 mlrd. dollardan oshib ketdi;
Oltindan investitsion aktiv sifatida foydalanish avvalgi yilga nisbatan moddiy shakli bo’yicha 7%ga, valyuta hisobida 45% oshdi;
Taklif esa shu yili 13% ga kamaydi.
8.4 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |