Vaqt bo’yicha yoki moliyaviy svop
Operatsiyaning kengroq tarqalgan turi «forvard» shartlarida sotuv (xarid) ga qarshi ayni bir miqdordagi metallni «spot» shartlaridagi xarid (sotuv) anglatadi. Shartnomada qayd etilgan vaqt bir, uch, olti oyga yohud bir yilga teng. Ammo qisqaroq muddatlarga-1,2,3 kunga 1 va 2 haftaga hamda 5 yilga ham tuzilishi mumkin.
Moliyaviy svoplar bo’yicha foiz stavkalari dollar depoziti va oltin depoziti stavkalari o’rtasidagi farqni ifodalaydi. REUTER agentligi axborotiga ko’ra oltinni 1 oyga 3,85% ga jalb etish mumkin, bir yilga esa 3,70%. Bu oltin egasiga muayyan muddatga uning dollardagi miqdori ekvivalentiga amalga oshirish, ya’ni o’z oltinini garovga qo’yib bozorda dollarini 1oyga 3,85 foiz shartlarida jalb etish imkonini beradi. Bu erda foyda ravshan ko’rinib turibdi, chunki valyuta depozitlari bozorida dollarlar bo’yicha stavka 1 oyga tahminan 5,5 foizni tashkil etadi. Ammo metall sotuvchisi metall hisob-varaqalarida overdrafdan saqlanish uchun svop yordamida o’z hisob varaqalariga metall jalb etish talab qilinadi.
Moliyaviy svoplar bo’yicha kotirovka spredi (Bid va offer narxlari farqi) "PIPS» foiz ulushini tashkil etadi. Bizning misolimizda moliyaviy svop kotirovkasi bir oyga 3,85%/4,15% bir yilga – 3,70%/4,00%. Bu shuni anglatadiki, mijoz bunday kotirovkada 3,85% yillik evaziga oltinni jalb etishi (o’z dollarini joylashtirib), 4,15% evaziga esa o’z metalini 1 oyga joylashtirib, dollardagi ekvivalentni olishi mumkin.
Odatda ayni bir davr uchun oltin svoplar bo’yicha stavkalar dollarnikidan past, chunki oltindagi depozit dollaridagidan arzonroq. Vaholanki bozorda boshqa vaziyatlar ham mavjud. Masalan, metall tanqis bo’lganda barcha ishtirokchilar oltinni joylashtirishga emas, balki uni jalb etishga intiladilar. Bunda metall bo’yicha stavkalar valyuta bozori stavkalarini «quvib o’tishi» mumkin, chunki bunda moliyaviy svoplar bo’yicha stavkalar manfiy bo’ladi, demak forvarddagi farq svopdagi narxdan past bo’ladi. Bozordagi bunday vaziyat «BACKWARDATION» deb ataladi. Ammo bu juda kam yuz beradi. Svop bo’yicha forvard narxini hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda Stavka-yillik foizlar ifodalangan moliyaviy svop stavkasi:
360- bir yildagi kunlar soni (dollar bo’yicha hisob kitoblar uchun).
Oltinchi, untsiyasi uchun 395 dollar joriy narxda bir oyga jalb etib forvard narxiga ega bo’lamiz:
Moliyaviy svoplar bo’yicha forvard narxi verguldan keyin uchinchi belgi (raqam) aniqlikkacha ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |