Oltinga bo’lgan talabning shakllanishi (mln. AQSh dollarda)17
|
2004
|
2005
|
2006
|
Yuvelir buyumlar ishlab chiqarish
|
34 346
|
38 640
|
44 002
|
Sanoat va stomatologiya
|
5 407
|
6 135
|
8 893
|
Elektornika
|
3 425
|
4 021
|
6 060
|
Boshqa sanoat
|
1 093
|
1 223
|
1 673
|
Stomatologiya
|
889
|
892
|
1 160
|
Investitsion aktivlar
|
6 225
|
8 515
|
12 360
|
Sof holatidagi investitsiyalar
|
4 480
|
5 542
|
7 215
|
Qo’yma shaklidagi investitsiya
|
3 375
|
3 754
|
4 164
|
Rasmiy tangalar
|
1 507
|
1 600
|
2 505
|
Medal va namunaviy tangalar
|
345
|
528
|
1 095
|
Boshqa shakldagi oltin
|
-748
|
-341
|
-550
|
Boshqa mahsulotlar
|
1 745
|
2 973
|
5 145
|
Jami oltinga bo’lgan talab
|
45 979
|
53 290
|
65 255
|
Manba: Jahon Oltin Kengashi (World Gold Counsil) ma’lumotlari asosida tayrlandi.
8.3.1. Spot (Spot) va svop (Swap) turdagi operatsiyalar
Xalqaro joriy operatsiyalar bozori spot-bozor (Spot market) nomini olgan. Xalqaro amaliyotda qabul qilinganidek, metall oldi-sotdisi joriy operatsiyalari bitim kontragentlari uchun etarlicha qulay bo’lgan spot hisob-kitoblar valyutalashtirish sanasi – bitim tuzilganidan so’ng ikkinchi ish kunida metalllar va valyutaning hisobdan hisobga yozilishi va chiqarilishi sanasi bilan amalga oshirilishi bois, kontragentlar joriy va keyingi kun davomida zarur hujjatlarga ishlov berishlari, bitim shartlarini bajarish uchun to’lov va boshqa telekslarni rasmiylashtirishlari mumkin.
Shu munosabat bilan banklararo bozorda tuzilgan sanasidan keyingi 2-ish kunidan boshqa valyutalashtirish sanasiga ega bo’lgan boshqa bitimlar («autrayt» - outright) deyarli qo’llanmaydi.
Oldi-sotdi bitimlari dilerlar tomonidan kontragentlar va ularning pozitsiyalarni ochish, keyingi kunga o’tkazish vakolatlari limitlari doirasida , shuningdek ish kuni davomidagi eng ko’p zarar ko’rish ehtimoli (STOP-LOSS) bo’yicha tuziladi.
Har bir bank o’z qoidalari va yo’riqnomalariga ega bo’lib, standart kotirovkalardan yuqori bo’lmagan hajmlarni kotirovka qilmaslik va ochiq pozitsiyalarni keyingi kunga o’tkazmaslik, standart bozor kotirovkalari o’lchamlaridan 10-20 barobar hajmlarda kotirovka so’rab va bitimlar tuzib, bozorda tajovuzkor siyosat yuritishga haqli. Shunga qaramasdan, har bir bankning bozordagi muomalasi uning mijozlar bazasi (qimmatbaho metall oldi – sotdisiga buyurtmaning bor-yo’qligi) bilan belgilanadi. Mijozlarning qo’llab-quvvatlashisiz «tavakkal» bilan amalga oshiriladigan chayqovchilik o’yinlari deyarli ijobiy natija bermaydi.
Xalqaro bozorda SPOT shartlarida oltindagi bitimning standart hajmi – 5000 troya untsiyasi, kumushda 100 000 troya untsiyasi, platina 1000 troya untsiyasi; palladiy 500 yohud 1000 troya untsiyasiga teng. Bu metalllardagi kam likvidli bozor standart kotirovkalarining ham kam miqdorlarini keltirib chiqargan. Shu bilan bir qatorda 100 ming untsiya miqdorini belgilash uchun umumqabul qilishgan nom ham qabul qilingan – bir LEK (ingl.LAC). 50 ming untsiya – yarim LEK (HALFLAC).
Barcha boshqa bitimlar asosida narx hisob-kitoblari asosi sifatida «spot Loko-London» xizmat qildi.
«Svop» bitimlari spotdan farqli ravishda qimmatbaho metalllar bozoriga kamroq ta’sir ko’rsatadi. Bu bitimda metall oldi-sotdisi bir vaqtning o’zida bitimning teskari tomoni mavjudligida amalga oshiriladi.
Odatda svoplar qimmatbaho metalllar savdosi halqaro amaliyotida operatsiyalarning bir qancha turlarini anglaydi. «Svop» bitimlari hajm bo’yicha doimo spotdan katta bo’ladi. Svoplar bo’yicha standart bitimilar 32 ming untsiyadan, ya’ni bir tomondan iborat bo’ladi. «Svop» bitimlari quyidagi turlarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |