2 - rasm. XVF ajratgan kreditlarining o’zgarish dinamikasi (mlrd SDR)19.
XVF asosan, to’lov balansida vaqtincha qiyinchiliklarga ega bo’lgan a’zo mamlakatlarga bu qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan iqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini olib borish sharti bilan valyuta mablag’larini qarz beruvchi tashkilot sifatida ma’lumdir. 1995-2003 yillarda XVF ajratgan kreditlar hajmi keskin oshdi (9.2-rasmga qarang). Bu holatni shu yillarda Osiyo, Lotin Amerikasi va Evropadagi moliya bozori rivojlanayotgan mamlakatlar kechirgan iqtisodiy va moliyaviy inqirozni bartaraf etishda Fond ishtiroki kengaygani bilan izohlasa bo’ladi.
Rasmdan ko’rib turganimizdek, chiziqning o’sish nuqtasi 1995 yilga to’g’ri kelgan, shu sanadan boshlab, ketma-ketlikda avval Meksika, keyinchalik Osiyo mamlakatlari, 1998 yilda Rossiyada moliyaviy inqirozlar bo’lgan va inqirozni cheklash maqsadida XVF to’lov balansini moliyalashtirishga qaratilgan kreditlar hisobiga rasmda kuzatilayotgan dinamika shu davrda ko’tarilgan.
XVF hukumatlararo tashkilotlar orasida o’zining tartibga soluvchi, maslahat va moliyaviy funktsiyalari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari XVF o’ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarishi uchun bir qator xizmat va axborot funktsiyalarni amalga oshiradi20:
tartibga soluvchi funktsiya xalqaro joriy operatsiyalar bilan bog’liq to’lovlarda cheklovlarni anglatuvchi tadbirlarga nisbatan XVFning rasmiy vakolatini o’z ichiga oladi. A’zo mamlakatlar VIII – moddaga muvofiq, XVFning faoliyati uchun zarur axborot va statistik ma’lumotlarni taqdim etishlari majbur;
maslahat (konsultativ) funktsiyalar tashkilot zimmasiga Brettonvuds valyuta tizimi parchalangach yuklatilgan bo’lib, XVFning jahon valyuta tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish va a’zo davlatlar siyosatini tartibga solish majburiyati bilan bog’liq. Ushbu faoliyat IV moddaga muvofiq, o’z ichiga a’zo davlatlar o’rtasida olib borilayotgan moliyaviy – iqtisodiy siyosatni o’zaro kuzatishni oladi va jahon bozorlaridagi o’zgarishlarni doimiy boxabar bo’lish imkonini beradi;
moliyaviy funktsiya XVFning keng ko’lamdagi faoliyatini o’z ichiga olib, to’lov balansini vaqtinchalik moliyalashtirish va SDR ni boshqarishdan tortib qashshoq davlatlarga ko’p yillik imtiyozli kredit taqdim etishgacha bo’lgan masalalarni qamrab oladi (V va VI moddalar).
xizmat va qo’shimcha ma’lumot funktsiyasi yuqoridagilarga nisbatan ixtiyoriy xususiyatga ega bo’lib, bunda XVF texnik ta’minot va a’zo davlatlarning moliya va iqtisodga oid statistik ma’lumotlarini to’plash, tadqiqotlarni olib borish bilan bog’liq faoliyat doirasida ish olib boradi.
Shunday qilib, XVF nafaqat bir mamlakat doirasidagi muammolar hal qilish, balki jahon valyuta tizimining samarali ishlashini nazorat qilish bilan shug’ullanadi. XVF xalqaro valyuta – moliyaviy xamkorlik forumi vazifasini bajaradi va mamlakatlardagi valyuta munosabatlarining xalqaro huquq me’yorlar va kelishuvlarga mos kelishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, XVF nafaqat bir yoki bir guruh davlatlarni qamragan inqiroz, balki butun jahon valyuta tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin tebranishlarga nisbatan doimiy tayyorgarlik holatida bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi (XVF)ga a’zolik to’g’risida”gi qonunini qabul qildi.
O’zbekiston 1992 y. 21 sentyabrda XVFga a’zo bo’lib kirdi. Vazirlar Mahkamasining 93-F raqamli 1993 yil 27 martdagi Farmoyishiga muvofiq respublikaning XVF imzo kvotasiga to’lov amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasining hukumati bilan kelishgan holda Moliya vazirligi va Markaziy bank yuqorida qayd etilgan xalqaro tashkilotlar oldidagi qarz mablag’lar olish, to’lov foizlarini berish va respublika nomidan qarz majburiyatlarini joylashtirish bilan bog’liq moliyaviy majburiyatlarning o’z vaqtida bajarishni ta’minlaydi.
O’zbekistonga XVFning missiyasi texnik yordam ko’rsatadi. Hukumat, hamda Markaziy bankka maslahat xizmatlarini ko’rsatadi. Missiyaning faoliyati iqtisod, moliya sho’’basi va statistika sohasidagi ishning ahvolini o’rganishga, shuningdek, keyingi iktisodiy islohatlar yo’nalishini aniqlashga qaratilgan.
XVF ekspertlarining tadqiqotlari asosida analitik materiallar ishlab chiqiladi, makroiqtisodiyot sohasidagi mavjud muammolarni hal qilish yo’llari haqida tavsiyalar tayyorlanadi va Markaziy bank faoliyatida hisobga olinadi.
Bundan tashqari XVF bilan bitimning “Valyuta tartibiga nisbatan majburiyatlar” moddasiga muvofiq Fond missiyasi bir yilda kamida bir marta O’zbekistondagi joriy makroiqtisodiy va valyuta siyosati tahlilini o’tkazadi. Missiya ishi natijalari bo’yicha tegishli hisobot tayyorlash bilan birga XVF ijrochi direktorlari kengashi muhokamasiga olib chiqiladi.
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari bilan birgalikdagi hamkorlik va ishlash muayyan ijobiy natijalarni berdi.
XVF bank qonunchiligini, buxgalteriyani hisobga olish hisob raqamlari yangi rejasini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqishga, shuningdek hisobga olish va hisobotning yangi tizimini joriy etishga ko’maklashdi, bu bank nazorati samarasi va me’yoriy negizi darajasini oshirish imkonini berdi. XVFning texnikaviy ko’magi tulovlar elektron tizimini joriy etish va statistik ma’lumotlari yig’ish tizimini yaxshilashga yordam berdi.
Bundan tashqari XVF o’quv muassasalarining moliyaviy ko’magi bilan davlat muassasa (Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank) xodimlar malakasini oshirish bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etadi.
XVF kreditlari milliy valyutani qo’llab-quvvatlash, to’lov balansini mustahkamlashga ajratildi va bevosita O’zbekiston hukumatiga beriladi. 1995 yil 25 yanvarda XVF O’zbekiston Respublikasiga tizimli qayta qurish hukumat dasturi doirasida birinchi mablag’ ajratishni tasdiqladi, uni respublika 1995 yil 1 fevralda oldi va O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi sotuv yo’li bilan milliy valyutani qo’llab-quvatlashga yo’naltirildi. Asosiy qarzni uzish 5,5 yilga mo’ljallangan edi (1999-2005 y).
Ikkinchi transh bo’yicha mablag’ 1995 yil dekabrda olindi, u ham milliy valyutani qo’llab-quvvatlashga yo’naltirildi.
1995 yil 18 dekabrda XVF O’zbekiston Respublikasiga “Stend-bay” kreditini berdi, u 1995–1996 yillardagi iqtisodiy islohatlar hukumat dasturini qo’llab-quvvatlash uchun XVFdagi O’zbekiston Respublikasi kvotasining 62,5% mikdorida 15 oyga mo’ljallangan. Mablag’ning qolgan qismi har uch oylikda 5 ta teng ulushlarda 1966 yil va 1997 yil birinchi uch oyligida ajratildi. Markaziy bankning XVF bilan hamkorligi pul-kredit va valyuta siyosati sohasida amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni mustahkamlash to’g’risida”gi 1998 yil 18 martdagi 118 qarori bilan iqtisodiy islohatlarni yanada rivojlantirish maqsadida valyuta va savdo tizimini yanada erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga atroflicha yondoshishni ishlab chiquvchi ishchi guruhi tuzildi. Uning zimmasiga tashqi savdosi tartibga keltirishni yanada yaxshilash, birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlash, valyuta tizimini erkinlashtirish va joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani almashtirishiga erishish hamda bir maromdagi almashinuv kursini belgilash, shuningdek XVF bilan hamkorlikka yondoshish va uning tamoyillari bo’yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi.
Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan analitik takliflarda o’z vaqtida amal qilayotgan valyuta va savdo tartiblarini o’ziga xos tomonlari tahlili o’tkazilgan. Bundan tashqari, xujjatda xalqaro tashkilotlar tomonidan erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama etiladi, shuningdek, joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha almashtirilishi to’g’risidagi XVF bilan bitimning VIII moddasi qabul qilinishi istiqboli ham ko’rib chiqiladi.
Shu bilan birga erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish qisqa muddatlar ichida bir qator noxush vaziyatlarga, shu jumladan inflyatsiya o’sishiga, pul-kredit va byudjet tizimiga qisqa vaqtga bo’lsa ham tazyiq o’tkazilishiga, shuningdek ba’zi korxonalarda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar bo’lishiga olib kelishi mumkinligi ma’qullanadi. Ularni minimallashtirish maqsadida erkinlashtirish va rasmiylashtirish kursini to’g’rilash bilan bir vaqtda, kelishib olingan tartibda pul-kredit va byudjet siyosatini o’tkazish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.
O’zbekistonda XVF xodimlari nazorati ostida amalga oshirilgan dastur doirasida 2002 yilda iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalari bo’yicha Memorandum qabul qilindi va uning bajarilishi bilan 2003 yilda joriy operatsiyalar bo’yicha cheklovlarni olib tashlashga erishildi.
Valyuta munosabatlarining rivojlanishida boshqa institutlar xam alohida o’rin tutadi, ammo ularning ta’siri to’g’ridan – to’g’ri bo’lmasada, u yoki bu sohani rivojlantirishga qaratgan tadbirlari, moliyalashtirish dasturlari va investitsion loyihalari orqali ta’siri sezilishi mumkin. Shular jumlasiga, Umumjahon savdo tashkiloti, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, EvrOsiyo taraqqiyot bankini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |