Xalqaro valyuta bozori


-MAVZU. Oltin bozoridagi operatsiyalar



Download 0,64 Mb.
bet127/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

15-MAVZU. Oltin bozoridagi operatsiyalar
Reja

15.1. Oltinning inson hayotidagi o’rni



15.2. Oltin fiksingi

15.3. Oltin bozoridagi operatsiyalar
Qimmatbaho metalllar savdosining kattagina qismi to’g’ri keladigan xalqaro banklararo oltin bozori savdo operatsiyalarini keng spektori bilan xususiyatlanadi. Banklar va savdo kompaniyalari spot va svop operatsiyalarini intensiv qo’llashadi.

Tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlarida oltin insonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Oltin xiralashmaydi, zanglmaydi, oksidlanmaydi va shuning uchun o’z tashqi qiyofasini yo’qotmaydi. Metallning yumshoqligi undan asboblar yasashga imkoniyat bermaydi, lekin uning egiluvchanligi zargarlik buyumlarini tayyorlash uchun qo’l keladi. Oltinning 28,3 g dan maydoni 30 kv.m. bo’lgan yupka varaq tayyorlash yoki uzunligi 80,5 km bo’lgan simga aylantirish mumkin.

Bunday ajoyib xususiyatlari va tashqi go’zalligi tufayli bu asl metall mana olti asrki odamning e’tiborini o’ziga tortadi va uning faoliyat sohalarida keng ko’llaniladi.

Inson taraqqiyotining ilk bosqichlarida oltin aksariyat hollarda turli xil bezaklarni yaratish uchun ishlatilgan, bu haqida ko’p sonli arxeologik topilmalar dalolat beradi. Bizgacha etib kelgan, Agamemnon niqobi kabi, Kritdagi Mikenada olib borilgan qazilmalarda topilgan ajoyib qadimiy san’at asarlarini aytish kifoya. U eramizdan avvalgi 1500 yil bilan belgilanadi, shuningdek, Misr fir’avnlarining xazinalari (er.av. 1567-1352 yy.), Etrusklarning tilla fibulasi (tahminan er.av. VII-V asrlar), Skifning bezakli buyumlari (er.av. VI-V asrlar).

Yanada qimmatli topilmalar ulardan ham qadimgi tarixiy davrga taluqlidir. XX asrning boshlarida Bangkokda erdan gips bilan qoplangan ulkan Budda xaykali topilgan. Ekspertlar bahosi bo’yicha bu xaykal 5,5 tonnani tashkil qiladi.

Xalqaro savdoning eng gullagan paytida va pullar paydo bo’lishi bilan, oltin to’lov vositasiga aylandi. Iqtisodiyot va fanning rivojlanishi bilan uni turli texnik maqsadlarda keng ko’llanila boshlandi: oltin bilan qoplangan elektr ulamalari kompyuterlar ishonchliligini oshiradi, maxsus ekranlar va qaytargichlarni tayyorlashda oltinni ishlatish, kosmik kemalari asboblarini quyosh nurlanishlaridan va tashqi elektr maydonlaridan himoya qiladi.

Engil mashinalardagi tilla yugurtirilgan datchiklar simlari, yo’lovchilar havfsizligi tizimining yanada yuqori ishonchliligini ta’minlaydi. Oltinning tibbiyotda qo’llanilishi tashxizni aniqrok qo’yish imkonini beradi va bir qator havfli kasalliklarni sifatli davolanishiga ko’maklashadi. Yupka zarvaraq oziqlantiruvchi kosmetik malhamlarga qo’shiladi. Oltinning eng mayda zarralari teri uchun zararli moddalarni yo’qotadi, terining qarish jarayonlarini oldini oladi, unga hayotiy kuch va quvvat bag’ishlaydi.

Qimmatbaho metalllar bozori iborasi keng ma’noda o’z ichiga bozor sub’ektlari orasidagi o’zaro munosabatlar xilma – xilligini oladi. Haqiqatda bu munosabatlar oltin qidiruvning birinchi bosqichidayoq vujudga keladi. So’ngra qazib chiqarish, qayta ishlash (affinirlash), zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda, sanoatda, tibbiyotda qo’llash, qimmatbaho metalllar bilan savdo-moliyaviy faoliyatda davom etadi, hamda u oltin paydo bo’lish zanjirida yakuniy bosqich va bir paytning o’zida qimmatbaho metalllar bozori sub’ektlari o’zaro munosabatlarining mustaqil bloki hisoblanadi.

Qimmatbaho metalllarga oltin, kumush va platina guruhining metalllari kiradi. Oltin, kumush, platina va palladiyga doimo bozor mavjud bo’ladi. O’z maqsadiga ko’ra, qimmatbaho metalllar ikki tomonlama rolni uynaydi:


  • birinchidan, ular sanoatda qo’llanish uchun mo’ljallangan (texnika, elektronika, tibbiyot texnikasi);

  • ikkinchidan, ular investitsiyalar mazmuni hisoblanadi, tarixiy jihatdan tangalarni chiqarish uchun ishlatiladi, xazinalar, zaxiralar sifatida to’planadi, chunki ular kapital, hajm birligida katta qiymatga ega bo’lgan holda, saqlash uchun qulaydir.

Mavjud bo’lgan talab, ikkilamchi xom ashyoni qazib chiqarish, hamda qayta ishlash hisobiga koplanadi. Talab va taklini tenglashtirish bozor mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. Bozor, metall narxini muntazam ravishda aniqlash imkonini beradi, chunki kunu-tun davomida deyarli 24 soat, dam olish va rasmiy bayram kunlaridan tashqari, butun jahon dilerlari savdo va chayqovchilik bitimlarini amalga oshiradilar.

Oltin bozorining tarixi xalqaro valyutalar tarixi bilan chambarchas bog’liq. Haqiqatda oltin bozori 1968 yilgacha sezilarli darajada valyuta bozoridan farq qilmasdi, ushbu yilda valyuta kurslari tebranishi tez – tez kuzatila boshladi, valyutalarning o’zi esa, oltindan qat’iy nazar sotila boshlandi.

Hozirgi paytga tabiiy oltin bozoridagi barcha muomalalar barqaror o’rin egallangan. Sanoat iste’molchilarini ta’minlash uchun, savdoning konsignatsion usuli keng ishlatiladi. Bank yoki savdo kompaniyasi, to’lovsiz, korxona omboriga, oltinning muayyan miqdorini etkazib beradilar. Bunda, iste’molchi uni belgilangan muddatda sotib oladi, deb faraz qilinadi. Keyinchalik xaridor-iste’molchi bank bilan oltinning muayyan miqdoriga bitim tuzadi. Mulkni o’tkazish huquqi bevosita bitim bo’yicha hisob-kitoblar paytida amalga oshiriladi. To’lovgacha metall ta’minotchi bank ixtiyorida koladi. Bu qisman, metallni etkazish bo’yicha harajatlarni tejaydi, sanoat iste’molchisi tomonidan metall olinishini tezlashtiradi va metallga bo’lgan narxlar o’zgarishiga amaliy javob berish imkonini beradi. Savdoning konsignatsion usuli, banklarni sotish bozorlari uchun kurashning asosiy usullaridan biridir. Tabiiy metallning savdosi asosida metall hisoblari “allocate” yoki banklardagi ma’suliyatli saqlash hisoblaridan foydalaniladi. Ular metallni vaqtincha saqlash uchun, keyinchalik sotish yoki boshqa joyga o’tkazish uchun mo’ljallangan. Ulardan foydalanish, metallni saqlash bo’yicha muayyan harajatlarga olib keladi. Bu hisobning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, undan faqat yombilar olinadi. Bunday hisoblarni yurituvchi bank, metallni hech qanday ko’rinishda ishlatish xuquqiga ega emas. Metallning tabiiy etkazilishida savdo ob’ekti bo’lib, standart o’lchamli yombilardagi affinirlangan oltin hisoblanadi.

Bu yombilar ba’zida bank yombilari deb ataladi. Ma’lum bo’lgan standart bo’lib London Good Delivery hisoblanadi.

Yombiga bo’lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:


  1. Yombining og’irligi 350-400 untsiya yoki 11,5-13 kg.

  2. Yombiga tamg’a bosadigan affinajli firma, London bozorining ro’yxatiga kiritilishi zarur (London Good Delivery List – List of Acceptable Melters and Assayers).

  3. Metallning sofligi, ligatura massasining 1000 ulushiga kimyoviy sof oltin ulushi 995 dan kam bo’lmasligi shart.

Majburiy belgilar sifatida yombida quyidagilar bo’lishi darkor:

  • seriya raqami;

  • sinama raqami;

  • 0,025 troy untsiyasigacha bo’lgan aniqlik bilan ko’rsatilgan vazn to’g’risida ishlab chiqaruvchi va sifat nazorati organining tamg’asi.

Yombining tashqi ko’rinishi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo’lishi kerak. Uning yuzasida hech qanday teshiklar va chuqurchalar bo’lmasligi lozim, yombi tashish va joylashtirish uchun qulay bo’lishi zarur. Kimyoviy toza oltinning bitta troy untsiyasi uchun pul hisob-kitoblarining birligi bo’lib, AKSh dollari hisoblanadi. Tabiiy etkazib berish birligi esa – oltin yombisidir. Oltin yombilarining texnik ta’riflari standartlashtirilgan, shuning uchun hisob-kitoblarda standart shartnomalar bo’yicha, standartga muvofiq bo’lgan yombilar ko’llanilishi shart (London Good Delivery Bars).

Savdo turli joylarda o’tkaziladi, va hisob-kitoblar xar xil turdagi yombilar bilan amalga oshiriladi. Biroq, tabiiy oltin bilan barcha operatsiyalar qiymatini aniqlash uchun boshlang’ich nuqta bo’lib, London sertifikati bo’lgan yombilarning bozor qiymati hisoblanadi. Xar xil turdagi yombilar bilan bitimlarni tuzishni turli joylarida oltin narxi, London sertifikati bo’lgan yombining naqd qiymati orqali, turli shahobchalar orasida oltinni tashish qiymati, oltinni tozalash hamda sinama belgisini turli ko’rsatkichlargacha etkazish qiymati, hamda bozordagi talab va taklifni hisobga olgan holda aniqlanadi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish