Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet124/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Qimmatli qog’ozlar bo’yicha axborot oynasi.

Mazkur oynada AQSh g’aznachiligi va boshqa hukumat organlari tomonidan chiqariladigan barcha qimmatli qog’ozlar turlarini ko’rish mumkin. Har bir qimmatli qog’oz narxining o’zgarishi bir kunda taxminan 400 martagacha aks ettiriladi. Shuningdek, boshqa mamlakatlar bo’yicha ma’lumotlarni beruvchi oyna ham mavjud.

  1. Depozit stavkalari oynasi (MMR).

Mazkur funksiya orqali jahonning va har bir mamlakatning depozit stavkalari o’zgarishi to’g’risida joriy bozor axborotlarini olish mumkin. Masalan, MMR3 monitori qisqa muddatli depozitlar bozori to’g’risida ma’lumot beradi. Dunyoning turli qismlaridan – AQSh, Yevropa, Uzoq Sharqdagi banklar, brokerlar va dilerlar mazkur mavzu xususidagi axborotlarni yetkazib beradilar. Uning ishtirokchilari orasida Merill Lynch, NatWest va Citibank kabi moliyaviy institutlarni misol sifatida keltirish mumkin.

  1. AQSh xazina majburiyatlari daromadliligi egri chizig’ini aks ettiruvchi monitor.

  2. Forvard kursi.

Bu ekranda AQSh hukumati qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlarning o’sishi aks ettiriladi.

  1. FOREX ekrani.

Unda valyutalar savdosi bo’yicha valyuta bozorining turli ishtirokchilari (asosan banklar) tomonidan o’rnatiladigan kurslar to’g’risida axborot mujassamlashgan. Mazkur tartibda valyuta bozorlari to’g’risida yangi ma’lumotlarni olish mumkin. Shuningdek, berilgan ma’lumotlar asosida o’tgan va joriy davrdagi kurslarni solishtirish imkoni mavjud.

2 yil avval Blumberg tizimida yangi xizmat turi – Rossiya bozorida qimmatli qog’ozlar holati haqida ma’lumot beruvchi oyna paydo bo’ldi.

Deyarli barcha axborotlar tizim grafiklari ko’rinishida aks ettirilishi mumkin. Narxlar grafiklarini ham chiziqli ko’rinishda, ham gistogrammalar va boshqa ko’rinishdagi grafiklar shaklida berish mumkin.

Blumberg tizimida texnik tahlil instrumentlaridan quyidagi uslublar qo’llaniladi:

- Moving Averages;

- Stochastics;

- RSI;

- Momentum;



- MACD.

Umuman olganda, tizimga texnik tahlilning 10 ga yaqin metodlari kiritilgan. Narxlarning murakkab bo’lmagan, biroq sanalari prognozlarini tuzish jarayonida ulardan foydalanish qulay hisoblanadi.

1998 yil boshida Rossiyada Blumberg firmasining vakolatxonasi mavjud emas edi. Uning tashkil etilishi Rossiya bozorida mazkur axborot tizimining kirib borishini jadallashtiradi.

13.3. Dou-Djons Telereyt axborot tizimi (Dow Jones Telerate)

Dow Jones Telerate kompaniyasi real vaqt rejimida bozor axborotlarini ta’minlash sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Mazkur kompaniya Dow Jones & Company Amerika axborot konsernining muhim tarkibiy qismi bo’lib, u 100 yildan oshiq tarixga ega.

Konsern 1882 yilda tashkil topgan va moliyaviy-iqtisodiy axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, tahlil qilish maqsadida yaratilgan birinchi tashkilot hisoblanadi. Asr boshidanoq kompaniya ishbilarmonlar o’rtasida katta obro’ga ega bo’lgan Wall Street Journal gazetasini, shuningdek, boshqa bir qator ixtisoslashgan va hududiy gazeta va jurnallarni nashr etib kelmoqda.

Kompaniya taqdim etadigan mahsulotlarning deyarli barchasida foydalanuvchi real vaqt rejimida narxlar va kotirovkalar bo’yicha olinadigan axborotlarni grafik ko’rinishda tasvirlashi, shuningdek, bu grafiklarga nisbatan texnik tahlil imkoniyatlarini qo’llash imkoniyatiga ega.

Axborotning sifati va tezkorligi darajasi hajmi katta bo’lmagan, terminallari soni ikkitadan oshmaydigan diling markazi uchun ham, yuzlab dilerlar uchun mo’ljallangan ish joylaridan iborat bo’lgan yirik banklar uchun ham bir xilda bo’ladi. Bunga Dow Jones axborot oqimlarini unifikatsiyalash, shuningdek, ularni qayta ishlash vositalarni Dow Jones Workstation treyderlar ish stansiyasi - yagona dasturiy mahsulot asosida unifikatsiyalash orqali erishiladi.

Bugungi kunda texnik tahlil uchun mo’ljallangan Dow Jones Workstation ixtisoslashgan qo’llanmasi real vaqt rejimida texnik tahlilning kuchli instrumentlaridan biri hisoblanadi.

Dow Jones jahon valyuta va pul bozorlari (FX&MM – Foreign Exchange and Money Market) ning zarur ma’lumotlari bilan ta’minlash sohasida tan olingan yetakchi kompaniyadir. Buning isboti sifatida shuni keltirish mumkinki, dunyoda barcha foiz stavkalarining hisob nuqtasi hisoblangan LIBOR stavkasi aynan Dow Jones tomonidan hisoblab chiqiladi. Dunyodagi mingdan ortiq banklardan tashqari bir qator yirik brokerlar ham Dow Jones ni FX&MM bo’yicha ma’lumotlar bilan ta’minlab beradilar. Yirik brokerlik kompaniyalari hisoblanmish MARSHALL va EXCO bir sutka davomida real vaqt rejimida o’z ma’lumotlarini Dow Jones sahifalarida jyolashtirib turadilar.

Obunachilar hech qanday kechikishlarsiz va to’liq ravishda jahonning eng yirik axborot xizmati bo’lmish Associated Press – Dow Jones dan eng so’nggi yangiliklar va sharhlarni olish imkoniyatiga egadirlar. Ular jahon moliyaviy va fond bozorlari segmentlari bo’yicha o’nlab ixtisoslashgan analitik xizmatlarning taqdim etadigan tahliliy materiallarini olishda tanlov huquqiga egadirlar.

Dow Jones abonentlari CANTOR FITZERALD dan Amerika xazina qog’ozlari bozori bo’yicha axborotni real vaqtda to’liq hajmda olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

1995 yildan boshlab Dow Jones o’zining barcha xizmatlarini yagona informatsion-analitik mahsulot – DOW JONES WORKSTATION asosida amalga oshiradi. Dow Jones axborot oqimlarining TRIARCH, TEKNEKRON tipidagi ochiq axborot tizimlari tomonidan qabul qilish va qayta ishlash uchun mo’ljallanganligi holatlari bundan mustasnodir.

Hozirgi kunda DOW JONES WORKSTATION 3 xil ko’rinishda mavjuddir:

- stand-alone versiyasi – bita terminalga ega bo’lgan abonent tomonidan o’rnatiladi;

- LAN – (RELAY WORKSTATION) bu versiya ikkitadan o’ntagacha terminallardan foydalanish holatlarida o’rnatiladi, unda server sifatida yana bitta qo’shimcha kompyuterdan foydalaniladi (relay), shu jihatdan mazkur versiya stand-alone versiyasiga nisbatan muayyan ustunlikka egadir;

-DOW JONES SYSTEM WORKSTATION versiyasi DOW JONES PLATFORM tizimi ish stansiyalarida qo’llaniladi.

DOW JONES PLATFORM deyarli barcha axborot oqimlari bilan ishlash imkoniyatiga ega (hammasi bo’lib 50 dan ortiq), shuningdek, bugungi kunda mavjud bo’lgan tarmoq biznes-qo’llanmalari bilan o’zaro integrirlanishi mumkin. Bundan tashqari, o’z qo’llanmalarini yaratishning katta quvvatiga ega.

DOW JONES PLATFORM orqali katta miqyosdagi axborot servislariga ega bo’lish va o’rinli narxlarda tizimning quvvatini cheksiz oshirish imkoniyati mavjuddir. Mazkur platformaga “samaradorlik-qiymat” nuqtai nazaridan teng keladigan boshqa biror tizim yo’q.

Iste’molchilarga taklif qilinadigan boshqa ochiq tizimlardan farqli o’laroq, DOW JONES PLATFORM da olinishi mumkin bo’lgan barcha axborot oqimlariga bir xillik nuqtai nazaridan qaraladiki, bu o’z navbatida tizimning haqiqatan ham ochiq ekanligidan dalolat beradi. Tizimda shunday bir noyob konfiguratsiya ham borki, uning yordamida hech bir ish stansiyasiga DOW JONES axborot oqimlari qabul qilinmasligi mumkin.

Mazkur mahsulotlarning barchasida foydalanuvchi interfeysi mutlaqo bir xildir: foydalanuvchi hattoki uning qaysi versiyasidan foydalanayotganligini bilmasligi ham mumkin. Shuni aytish muhimki, DOW JONES WORKSTATION ning aynan o’rtoqlik (do’stona) interfeysi uni jahon axborot bozorining lideriga aylantirdi. Bunday qaror diling pozitsiyalarining ortib borishi bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirishda kam xarajat va yuqori samaraga erishishga yordam beradi.

Aloqaning ajratilgan kanallari orqali servis xizmatlaridan foydalanishda foydalanuvchi DOW JONES kompaniyasining o’z mijozlariga taqdim etadigan barcha ma’lumotlarini olish imkoniga ega. Xususan, AP-DJ va boshqa bir qator axborot agentliklari France Press, Kyodo News, VWD, Interfaks, Praym kabilar tomonidan taklif qilinadigan 30 dan ortiq yangiliklardan eng yaxshisini tanlab olish imkoniyati mavjud.

Yangiliklardan tashqari shuningdek, bir qator ixtisoslashgan xizmatlar, xususan, Technical Data (Thompson Financial Services ning bo’linmasi), MCM, MMS, MDC, Elliot Wave International va boshqa xizmatlar (umumiy soni 20 dan ortiq) taklif etadigan jahonning moliyaviy, fond va tovar bozorlari bo’yicha analitik materiallar va sharhlarni olish dostupi ham bor.

Real vaqt rejimidagi axborot xizmatlari, texnik tahlil uchun ixtisoslashgan dasturlar, risklarni boshqarish tizimi, diling va kliring tizimlari va h.k. bozorning barcha ishtirokchilari uchun ob’yektiv zaruriyatga aylangan. Qoida bo’yicha, mazkur tizimlar ma’lum darajada bir-biridan mustaqil tarzda ishlab chiqiladi va o’zlashtiriladi. Buning natijasida dilerlar ish joylarida ham, middle va back ofislarda ham kompyuter terminallarining keskin ravishda ortib ketishi ro’y bermoqda. Bu jarayon to’xtovsiz davom etishi mumkin emas, har bir ish joyida barcha zarur ma’lumotlarni olish, qayta ishlash va qabul qilish imkonini beradigan yagona vositani ishlab chiqish lozim.

DOW JONES moliyaviy-iqtisodiy axborotlar va analitik mahsulotlarni yetkazib berishda yetakchilik qiladi. Boshqa hech bir platforma DOW JONES kabi to’liq ravishda servislar bilan ta’minlay olmaydi, shu bilan birga foydalanuvchilar masalan, REUTERS ning barcha axborot servislaridan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.

DOW JONES treyderlar ish stansiyalari - DOW JONES WORKSTATION uchun eng zamonaviy va foydalanilishi qulay bo’lgan dasturni taklif etadi, shuningdek, uning ko’p sonli qo’shimcha qo’llanmalarini ham, ularning orasida texnik tahlilning eng yaxshi instrumenti bo’lgan DOW JONES TRADESTATION ham mavjud.

Rossiyada DOW JONES servislari an’anaviy tarzda FOREX bozorida ish yurituvchi treyderlar tomonidan foydalaniladi. So’nggi yillarda lokal bozorlarni axborot bilan ta’minlashning yaxshilanishi bilan bir qatorda servislardan foydalanuvchilarning doirasi ham kengaydi.

Tajribadan ko’rinib to’rganidek, FOREX bozorida ish yuritish uchun sputnik kanallari orqali olinadigan axborot hajmi yetarlidir, biroq shu vaziyatda ham alohida ajratilgan liniyaning mavjudligi katta ustunlikni beradi: ixtisoslashgan yangiliklar mahsuloti AP-DJ FOREX Report ga ega bo’lish, bir necha ixtisoslashgan analitik servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bitta ish joyini tashkil qilishda quyidagi konfiguratsiyani, ya’ni bitta kompyuterda DOW JONES WORKSTATION va DOW JONES TRADESTATION ni o’rnatish qulay hisoblanadi, bunda ikki ekranli konfiguratsiyani o’rnatish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bir qator qo’shimcha servislar, masalan, TECHNICAL DATA FOREX WATCH va DOW JONES ECONOMIC REPORT servislariga obuna bo’lish imkoniyati bor.

DOW JONES taqdim qiladigan moliyaviy axborotning keng qamrovligi va sifati evaziga butun dunyoda katta obro’-e’tibrga ega va hozirda moliyaviy bozorda ish yuritishda asosiy yordamchi hisoblanadi.

13.4. TENFOR axborot tizimi (TENFORE)

TENFORE –real vaqt rejimida jahonning yetakchi banklari kotirovkalarini, xalqaro birja bozorlari narxlarini, axborot agentliklari yangiliklarini yetkazib beruvchi, moliyaviy-iqtisodiy axborotlar bo’yicha global sputnik axborot tizimi hisoblanadi. Mazkur tizim qaror qabul qilishda zarur bo’ladigan barcha axborotni taqdim qiladi: bularga bozorning fundamental tahlili uchun kerakli bo’lgan moliyaviy instrumentlar kotirovkalari, texnik tahlil vositalari, axborot agentliklarining xabarlari va shu kabilarni misol qilish mumkin.

TENFORE tizimi Shveytsariyada 70-yillar oxirida yaratilgan bo’lib, hozirgi kunda 36 ta mamlakatda o’z obunachilari va vakolatxonalariga ega. Tizimning afzal jihatlariga quyidagilarni keltirish mumkin: sputnik aloqa kanalidan foydalanish, o’zlashtirish va foydalanishda oddiylik, o’rnatish va ekspluatatsiyaga ketadigan kam xarajatlar, keng doiradagi iste’molchilarga: yirik banklardan tortib xususiy shaxslargacha mo’ljallanganlik.

Axborotni uzatish sputnik aloqa kanali orqali amalga oshiriladiki, bu yerdagi telekommunikastion kanallariga nisbatan yuqori tezlik, sifat va ishonchlilikni ta’minlaydi. Axborot signali sputnikdan diametri 1,8 m bo’lgan parabolik antennaga va foydalanuvchida o’rnatiladigan maxsus qabul qilish moslamasiga uzatiladi.

Tizim Windows operatsion muhitida ishlaydi, bu esa ish “oyna”larining erkin ravishda konfiguratsiyasini amalga oshirishni va bir vaqtning o’zida boshqa dasturlar bilan ishlash imkonini beradi.

Real vaqt rejimida axborot tizimlarida ishlash biroz qimmatga tushadi, shu sababli turli masalalarni hal qiluvchi keng doiradagi foydalanuvchilar – valyuta dilerlari, analitiklar, fond bo’limlari mutaxassislari tomonidan ularning samarali ishlatilishi muammosi dolzarb hisoblanadi. Bitta bino ichida bir necha foydalanuvchilarning ish yuritishi uchun axborotni passiv monitorlarga ko’chirish, ekranning foydalaniladigan maydon hajmini kengaytiradigan “split-monitor” lardan foydalanish, qo’shimcha ish stansiyalarini o’rnatish mumkin.

TENFORE WORKSTATION – foydalanuvchi kompyuteriga o’rnatiladigan dasturiy vositalar majmuasidir. TENFORE WORKSTATION 3 ta tizimosti tizimni o’z ichiga oladi, bular: Montage Manager – kotirovkalar, Chart Manager – grafiklar, News Manager – yangiliklar.

MONTAGE MANAGER – kotirovkalar va narxlar tizimosti tizimi bo’lib, quyidagi bo’limlar bo’yicha rossiyalik va xorijiy manbalardan ma’lumotlarni olish imkonini beradi: valyutalar (FOREX), foiz stavkalari, aksiyalar va obligatsiyalar (xalqaro va Rossiyadagi), f’yucherslar va opsionlar, fond indekslari va h.k.

Tizimga kelib tushadigan har bir kotirovka 10 dan ortiq axborot maydonlari (informatsionno’e polya) ga ega. Foydalanuvchi ekran jadvallarini (montajlar) shakllantiradi, ularga faqatgina zaruriy ma’lumotlar kiritiladi. Servis funksiyalarining majmuasi kelib tushadigan ma’lumotlarning joylashuvini, shrifti, rangini o’zgartirish va montajlarni ko’rinishli va oson o’qiladigan holatga keltirishga imkoniyat beradi. Montajlar saqlanadi, modifikatsiyalanadi va bir vaqtning o’zida ixtiyoriy konfiguratsiyada ekranga chiqarilishi mumkin.

Rossiya bozorlari orqali katta hajmdagi axborot uzatiladi, mazkur bozorlarga eng avvalo, yetakchi Rossiya birjalari kiradi: Rossiya Birjasi, Moskva Banklararo Valyuta Birjasi, Moskva Markaziy Fond Birjasi va b. foydalanuvchilar shuningdek, Rossiya Savdo Tizimi orqali korporativ qimmatli qog’ozlar haqida axborot olishlari mumkin.

CHART MANAGER axborotning yanada oydinroq ko’rinishi uchun birlamchi ma’lumotlarni grafiklarga o’tkazadi (transformiruet). Tizim so’nggi 16000 davriy oraliqlarning ma’lumotlarini chiziqli, ustunli (bar) grafiklar va gistogrammalar ko’rinishida aks ettirish imkonini beradi. Ma’lumotlarni yangilanishining vaqt intervali – oralig’i foydalanuvchi tomonidan aniqlanadi: kelib tushishiga qarab (tick by tick), daqiqali, soatli va h.k. grafiklar o’zgarishining sur’atini o’rganish uchun kompyuterning texnik tahlili instrumentlaridan foydalaniladiki, bularga Average, RSI, Momentum, Stochastics, Rate of Change, Relative Performance kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, grafiklarga trend chiziqlarini kiritish imkoniyati ko’zda tutilgan.

Fundamental tahlil uchun AFX, Futures World Mews, Market News va boshqa xalqaro axborot agentliklarining xabarlaridan foydalaniladi, bu xabarlar NEWS MANAGER “oyna”siga kelib tushadi. Bir sutkada 5000 gacha ma’lumot xabarlari yetib keladi, ular ekranda sarlavhalar yoki to’liq matnlar ko’rinishida aks ettirilishi mumkin. Sarlavhalar kalit so’zlar asosida filtrlanadi. Xabarlarni ko’chirib olish, qog’ozga chiqarish, foak yoki modem orqali yuborish mumkin.

TENFORE tizimi asosan “kotirovka mashinasi”, ya’ni kotirovkalar manbasi vazifasini o’z zimmasiga oladi, va foydalanuvchiga ma’lumotlarni Windows DDE rejimi orqali texnik tahlilning boshqa dasturlari, shu jumladan, Danalyzer, Excel, metaStock, Statistica va h.k. kabi dasturlariga o’tkazish (eksport qilish) uchun mo’ljallangan ochiq interfeysni taklif qiladi. Bu juda qulaydir, chunki u foydalanuvchiga mustaqil tarzda dasturlarni tanlash va mablag’larni tejash imkonini beradi.

Masalan, ma’lumotlarni real vaqt rejimida Excel elektron jadvaliga ko’chirish orqali ochiq valyuta pozitsiyalarini kuzatib borish, operatsiyalarning daromadliligi grafiklarini tuzish, chuqur moliyaviy tahlilni o’tkazish imkoni yaratiladi. Shuningdek, paket rejimida ham ma’lumotlarni o’tkazish (eksport qilish) mumkin.

DANALYZER chuqurlashtirilgan texnik tahlil dasturi TENFORE WORKSTATION ni to’ldirib turadi. Ma’lumotlar turli tipdagi grafiklar ko’rinishida taqdim qilinishi mumkin, shu jumladan, ustunli (bar), shamchiroqlar (candle stick), gistogrammalar (forest), krestik va noliklar (point and figure) ko’rinishida ham. Grafiklarni chuqurroq o’rganib chiqish uchun kattalashtirish ham mumkin. Tizim har bir vaqt oralig’i bo’yicha 10000 gacha qiymatliklarni yig’ish imkonini beradi. Taymerni o’rnatib qo’yib, muayyan vaqt oraliqlarida, masalan, savdo sessiyalari vaqtida ma’lumotlarni yozib olish mumkin.

Grafiklarni yaratishning vaqt oraliqlari foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda o’rnatiladi, ular “tick by tick” turidan to oylik turigacha bo’ladi. Trendlarni tahlil qilish uchun servis chiziqlarining keng doirasi mavjud: Fibonachchi darajalari, Fibonachchi davrlari, Gann nurlari va h.k.

“Signal” qiymatliklarini o’rnatish ham mumkinki, ularning darajasiga yetib kelinganda ovoz signali ishlab ketadi. DANALYZER dasturida kompyuter texnik tahlilning 30 dan ortiq instrumentlari, shu jumladan, Accumulation – Distribution, Bollinger Bands, MACD, Oscillator, Parabolic Time Price System, On Balance Volume kabilar mavjud.

FOREX-94 ning valyuta, fond va tovarlar bozorlarida qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash dasturi “sun’iy intellekt” va “neyron tarmoqlari” g’oya va uslublarini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Mazkur dastur TENFORE tizimi orqali real vaqt rejimida kelib tushadigan ma’lumotlardan foydalanadi va ularning kompleks tahlili asosida “sotish kerak”, “sotib olish kerak” yoki “kutish kerak” kabi tavsiyalarni chiqarib beradi. Dastur tajribali diler ishini modellashtiradi va foydalanuvchiga so’nggi qarorni qabul qilish huquqini beradi.

STATISTICA dasturi ko’p o’lchamli korrelyatsion tahlilni o’tkazish va bozorga ko’p sonli omillarning ta’sirini o’rganish imkonini yaratadi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish