Markaziy banklar. Ularning asosiy vazifasi tashqi bozorda valyutani tartibga solishdan iborat, ya’ni valyuta inqirozi oldini olish maqsadida, milliy valyuta kursining keskin tebranishi oldini olish, eksport – import balansini ushlab turish va boshqalar. Markaziy banklar valyuta bozoriga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir etishadi. Bu ta’sir bevosita valyuta interventsiyasi ko’rinishida, yoki bilvosita pul massasi va foiz stavkasini tartibga solishda ko’rinadi. Markaziy banklar milliy valyutaga ta’sir etish uchun bozorda yakka tartibda yoki boshqa Markaziy banklar bilan kelishgan holda, qo’shma valyuta siyosatini olib borish bilan ishtirok etishi ham mumkin.
Jahon valyuta bozorlarida eng katta ta’sirga ega markaziy banklarga: AQSh Federal Rezerv Tizimi (US Federal Reserve yoki qisqacha FED), Germaniya Bundesbanki (Deutsche Bundesbank) va Angliya Bankini (Bank of England, shuningdek Old Lady deb ataladi) keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |