6.1. Mehmonxonalar jozibaligini oshirishda zamonaviy dizayn uslublari
XX asr boshlarida funksionalizm-dizaynning asosiy prinsiplari shakllandi. Ularning mohiyati predmetining bir holatdan ikkinchi holatga aylantirishdan iborat edi. Ana shu jarayondagi nafosat go‘zallik yaratish dizaynning yetakchi funksiyasidir.
Funksionalizm – arxitektura yo‘nalishi bo‘lib, binolarning tashqi qiyofasi uning ichida kechayotgan voqe’liklarga mos kelishi, to‘g‘rirog‘i shakl va mohiyat muvofiqligi haqida bo‘lib, Germaniyada (Bauxauz maktabida), Niderlandiyada (P.Aud)lar tomonidan Rossiyadagi konstruktivizm yo‘nali-shida vujudga keldi.
Uning tashkilotchisi va asoschisi nemis arxitektori Valter Gropius (1883-1969) bo‘ldi.
Ark loyihalarining amaliy talablarga mos kelishi to‘g‘risidagi masala hali XIX asr oxirlarida amerikalik L.Salliven tomonidan maydonga tashlangan edi.
Funksionalizmni turlicha talqin qiluvchi arxitektorlar bo‘lib, ular orasidagi mashhur bo‘lib ketganlar utilitarist Bruno Taut, ratsionalist L.Miss Vander Rae, L.Korbyuze kabilar bo‘ldi.
KONSTRUKTIVIZM – XX asrning 20 yillarida Rossiyada paydo bo‘ldi. Konstruktivizm bino va inshootlar qurilishida zamonaviy mexnika vositalaridan unumli foydalanish zarurligining tarafdori bo‘lib maydonga chiqdi.
Konstruktivizm asoschilari, ya’ni ushbu prinsip g‘oyalari aka-uka Vesninlar, M.Ya Ginsburg (1892-1946), I.I.Leonidov (1902-1959), K.S.Melnikov (1880-1971) va boshqalar hisoblanadi.
NEOPLASTITSIZM–(mantiqiy abstraksionizm). Ekspressionizmga qarama-qarshi abstrakt garmoniyaga intiluvchi bu estetik yo‘nalish Gollandiyada “De stil” guruhi tomonidan yaratildi. Ular: Teo van Dusberg, Pit Mondrian (1872-1944), skultor Georg Vantongerloo, shoir Koka, arxitektorlar Ya.Aud (1890-1963), GerritRiteld (1888-1964) va boshqalardir. Bu yo‘nalish quyidagi tamoyillarga tayanardi:
-plastik ifodaning dastlabki talabi (vositasi) silliq ko‘rinishidir;
-me’morchilikda bo‘sh muhitning rang-tusi bo‘lmaydi, ranglar-ashyo buyumlardir;
-rangi va hajmi bilan turlicha bo‘lgan plastik buyumlar ekvivalent qiymatni tashkil qilish lozim;
-plastik vositalardagi qarama-qarshilik dualizm endi kompozitsiya uchun ishlatilishi mumkin.
6.2. De Stayl uslubi. Chex uslubi. Dadaizm uslubi. Syurrealizm uslubi. Ar Deko uslubi. Ratsionalizm uslubi. Organik dizayn uslubi. Op-art uslubi. Pop-art uslubi. Metabolizm uslubi. Minimalizm uslubi.
De Stayl uslubiga toza rang, geometrik figuralar va kamgina dekor xos. Steylchilar rangbarang o‘ta oddiy predmedlar o‘rtasida hamohanglik izladilar, ular vositasida turli geometrik figuralar yasadilar.
De Staylning asosiy vakillari: Teovan Dusburg (1883-1931), Yakob Yoxan Giltu Aud (1890-1963), va boshqalar bo‘lib, ular yo‘nalishiga konstraktivizm va futurizm xos edi.
Fovizm – (fransuzcha les faures – yovvoyi hayvonlar) XX asr boshlaridagi musavvirlik (rang-tasvir) san’atidagi yo‘nalishidir. Yo‘nalish (uslub) asoschilari fransiyalik yosh rassomlar: (A.Matiss, A.Deren, M.Vlamnik, A.Marke, E.O.Friyez, J.Brak, A.Sh.Manten, Kvan Dongen va boshqalar) 1905-07 yillarda tashkil etilgan rasmlar vstavkalarida ko‘plab yovvoyi hayvonlar ifodalangan suratlar bilan ishtirok etadilar. Yo‘nalish nomi ham ana shundan kelib chiqqan.
Kubizm – XX asrning birinchi choragida Fransiyada paydo bo‘lgan san’at yo‘nalishidir. Narsa buyumlarni qanday shaklda ekanligiga qarab emas, ularning mazmun mohiyatiga qarab chizmani tavsiya etadilar.
Kubizm uchun faqat ramgina emas, balki ayni paytda she’riyat va musiqaning ham falsafiy talqinlari xos.
Chex uslubi – kubizmning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, asosiy motiv-lari kristall, prizmalarda va ko‘pburchakli shakllar yasashga qaratilar edi. Uning asosiy namoyondalari Otto Vagner, Yan Koker, Vladislav Xofmani va boshqalar hisoblanadi.
Dadaizm - yo‘nalish asoschisi fransiyalik rassom va shoir kelib chiqishi Ruminiyadan bo‘lgan Tristan Tsara (1896-1963) bu oqim haqida shunday deydi: “Dada”, Afrika qabilalaridan birining tiliga xos bo‘lib, muqaddas sigirning dumi deganidir.
Bu oqim 1-jahon urushi yillarida Shveysariyaga qochib o‘tgan qochoqlar tomonidan 1916 yilda Syurixda tashkil topdi. Uning tashkilotchilari sifatida Tsaradan tashqari Nemis imigrant yozuvchilari: Xugo Ball, Rihard Xyuzenberg; rassom, haykaltarosh va shoir Xans Arn (1886-1966) Shvesariyalik musavvir ayol Sofi Taubarg (1889-1943) lar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |