Oldi-sotdi shartnomasining kirish(preambula) qismi
Shartnomani kirish qismi shartnomani matnidan oldin yozilgan bo‘ladi va odatda quyidagi mazmunga ega: shartnomani nomi va tartib raqami; shartnomani tuzish joyi va sana; bitimni tuzuvchi tomonlarni aniqlashda ularning o‘z davlatining savdo reestirida qayd qilingan firma nomi, huquqiy ahvoli, manzilgohi (davlat yoki shartnomaning nomi) hamda shartnoma matnidagi tomonlar nomi (masalan, sotuvchi va xaridor yoki ta‘minlovchi va buyurtmachi). Ayrim paytda preambulada shartnomadan oldin bo‘lgan muzokaralarga ularni o‘tkazish joyi va muddati ko‘rsatilishi bilan yoki sotuvchini tartib raqami va jo‘natilgan sanasi ko‘rsatilgan taklifiga tayanish xolatlari bo‘lishi mumkin.
Shartnoma predmeti
Shartnoma predmetini tariflashda tovarni nomi, uning tavsifi, assortimenti ko‘rsatiladi. Jihozlarni etkazib berishda tovar tavsifiga masalan, uning unumdorligi, quvvati, yoqilg‘ini yoki energiya sarfini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlanishi kiradi. Assortimentni aniqlashda tovarni turlari, fasonlari, sortlari, markalari va modellari ta‘kidlanadi, agar shartnomada tovarlarni etkazib berishda har hil sifat tariflari yoki har hil assortimentni ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ular shartnomaga qo‘shib qo‘yilgan va asosiy qismi bo‘lib hisoblangan spetsifikatsiyasida qayd qilib o‘tiladi va bu haqida shartnomada tegishli tushuncha beriladi.
Oldi-sotdi shartnomalarida tovar
miqdorini aniqlash
Oldi-sotdi shartnomasida tovarni miqdorini aniqlash quyidagilar orqali belgilanadi: miqdoriy o‘lchash birligi, miqdorini aniqlash tartibi, o‘lchash tizimi.
Miqdorni o'lchash birligi. Shartnomada tovar miqdorini o‘lchashni uni og‘irligini, xajmini, uzunligini, sathi, sonini o‘lchash bilan ifodalash mumkin. U yoki bu o‘lchov birligini tanlash tovarning o‘ziga xos xususiyatlaridan va xalqaro savdo amaliyotidan kelib chiqadi. Masalan, don, kauchuk, shakar, ko’mir, rangli metall kabi mahsulotlarni o’lchashda odatda og‘irlik o‘lchov birligi ishlatiladi. Yog‘och mahsulotlari bilan savdo qilishda esa uzunlik va hajm (kub.metr) birliklari ishlatiladi. Nef mahsulotlari savdosida ham og’irlik, ham hajm (barrel) og’irlik o’lchov birligi ishlatiladi. Paxta savdosida asosiy o‘lchov birligi og‘irlik hisoblanadi, ammo tovar etkazishning razmeri paxta toylarining o’rtacha og‘irligi bilan ifodalanadi. Mashina va jixozlar, kiyimlar, kitoblar, soatlar bilan savdo qilishda donalarni soni bilan b elgilanadi. Boshqa tovarlar bilan savdo qilishda (simob, gugurt, kofe) o’lchov birligi sifatida ma’lum bir o‘ramda-korobkada, qopda, butilkada, pachkada bo‘lgan tovarlar soni hisoblanadi. Ayrim mahsus tovarlarni miqdori shartnomalarda berilgan shartli birliklarda o’lchanadi. Masalan, bir qator kimyoviy tovarlarni miqdori ulardagi asosiy moddani 100 foiz tarkibiga aylantirilish yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |