Xalqaro tijorat ishi


Xalqaro auktsionlarni o'tkazish texnikasi



Download 3,44 Mb.
bet134/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Xalqaro auktsionlarni o'tkazish texnikasi
Tovarlarning turlariga qarab auktsionlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ular birinchi navbatda tovarning xarakteriga qarab aniqlanadi. Biroq auktsionlar o‘tkazish tartibi deyarli o‘xshash. Ular to‘rtta bosqichga bo‘linadi va shu bosqichlar orqali farqlanadi: auktsionlarga tayyorgarlik, tovarlarni ko‘rib chiqish, auktsionlar savdosi, auktsion bitimini rasmiylashtirish va bajarish.
Tayyorgarlik, misol uchun, mo‘yna auktsioniga 2-3 oy oldin tayyorgarlik ko‘riladi. Auktsionda o‘z mo‘ynasini sotmoqchi bo‘lgan odam auktsion omborlariga mo‘ynasini jo‘natadi. So‘ngra auktsion kompaniyasining mutaxassislari mo‘ynasini sortlarga va bir xil sifat xususiyatlariga ko‘ra ajratadilar.
Saralangan tovar partiyalarga bo‘linadi va u lota deb ataladi. Lotalarga sifati bir xil bo‘lgan tovarlar tanlanadi: terilar qanchalik qimmat bo‘lsa, ularni soni lotada kamroq bo‘ladi.
Tovarlarni ko'rib chiqish, bu auktsion bosqichlarining ikkinchisi bo‘lib, u ko‘pincha 10 kun yoki bir hafta oldin bajariladi. Ko‘rib chiqish kunlari auktsion kollektsiyasidagi tovarlar hajmiga emas, balki uning o‘tkazilish tartibiga bog‘liqdir. Ko‘rib chiqish vaqtini qisqartirish tashqi omillar, ya‘ni auktsion ko‘rib chiqish zalining jihozlari bilan ta‘minlanganligi, uning yoruq bo‘lishi, mo‘ynalarni osish uchun qulay bo‘lgan ilgichlarni mavjud bo‘lishi, maxsus ko‘rib chiqish stollari, yoritish lampalari bilan ta‘minlanganligi va hokazolar ta‘sir etadi. Ko‘rib chiqish yuqorida aytib o‘tilgandek shartli ravishda amalga oshiriladi. Xaridor namunalarni ko‘rib chiqadi va kerak bo‘lgan lotalarni sotib oladi.
Xaridor nafaqat namuna bilan, balki butun lota bilan tanishishi mumkin, lekin u ko‘pincha kim-oshdi savdosi tashkilotchilariga ishonganligi tufayli bu ishni qilmaydi. Bundan istisno qimmatbaho terilardir, ularni xaridor lotada har bittasini ko‘rib chiqadi.
Choy va tamaki kim-oshdi savdosida xaridor tanlagan namunalarini tekshirib chiqadi. Bundan tashqari, xaridor unga yoqqan namunalarni ko‘pincha tekshiruv uchun olib qolishi mumkin.
Auktsion savdosi kim oshdi savdosining uchinchi pog‘onasidir. U ma‘lum bir kun va soatda amfiteatrga o‘xshagan kim-oshdi zalida ochiladi. Tepalikda, stol atrofida xaridorlar oldida auktsionning prezidiumi - auktsionator, ya‘ni savdoni olib boruvchi va xaridorlar xulqini kuzatuvchi savdoda ishtirok etayotgan yordamchilari joylashadi. Stol ustida sotuvchiga taklif qilinayotgan lotalarning ketma-ket raqamlarini ko’rsatuvchi tablo turadi. Xaridorlar amfiteatr shaklida alohida joylashgan stollar atrofida o‘tiradilar. Har bir xaridorning oldida auktsion tashkilotchilari tomonidan ro‘yxatlashtirilgan raqami turadi.
Kim-oshdi savdosi texnikasi quyidagicha bo‘ladi. Auktsion olib boruvchi navbatdagi lotalar partiyasi raqamini o‘qiydi va shu bilan birga tabloda aytilgan raqam paydo bo‘ladi. Boshqaruvchi tovarning bosh narxini aytib o‘tadi. Agar xaridorning birontasi bu tovarni sotib olishni hohlamasa unda olib boruvchi tovar narxini pog‘onama-pog‘ona xaridor topilmaganiga tushuradi. Agar biron bir xaridor yoki bir nechta xaridor sotib olish xoxishini namoish etsa, unda boshqaruvchi narxni ko‘taradi. Savdo boshlanadi. Xaridor ishora qiladi, olib boruvchi narxni ko‘taradi.
Agar kim-oshdi savdosi olib boruvchining *kim ko‘proq* (Any morei *Anu advancei*) degan savolidan keyin yangi takliflar chiqmasa, unda olib boruvchi bolg‘ani urib ushbu tovarning sotilgani xaqida xabar beradi.
Kelishmovchilik xollarida auktsion boshliqlari hohlagan lotani sotish huquqiga egadir. Barcha davolar navbatdagi lota sotilishidan oldin aytilishi kerak.
Auktsion boshliqlari har qanday lotani sababini tushuntirmasdan, sotuvdan olib tashlashi mumkin. Barcha lotalar sotilgandan so‘ng, sotilmagan lotalar savdoga qo‘yilishi mumkin.
Auktsion savdosi tezligi juda yuqori va bitta lota-partiyasini sotishga 30 sekund vaqt ketadi. Shunday qilib 1 soat ichida 300 lota sotilishi mumkin. Sank-Peterburg auktsionlarida 9 soat ichida 1 ming teri sotilishi mumkin.
Boshqa tovarlar auktsionlarning o‘tkazilishi mo‘yna auktsionlaridan deyarli farq qilmaydi. Shu bilan birga ba‘zi auktsionlarda auktsion o‘tkazishning boshqa usullari ham ishlatiladi. Ko‘pincha ko‘tarish usulidan foydalaniladi, bunda olib boruvchi tovarning boshlang‘ich narxini imkoni boricha yuqori narxga chiqarishga intiladi va bu narxda bitim amalga oshadi. Ba‘zi davlatlarda auktsionlarda narx tushunchalari usulidan keng foydalaniladi. Bu auktsionlar *Gollandiya* auktsionlari degan nomni qo‘lga kiritadi. Bu turning mohiyati quyidagicha: bunda olib boruvchi tovarga bo‘lgan eng maksimal narxni aytadi va keyinchalik xaridor topilmaganiga qadar tovar narxini tushiradi. Birinchi xaridordan keyin xabar berilgan sotib oluvchi hisobga kirmaydi. Xaridor raqamini yozib olgandan so‘ng auktsionator siferblatni o‘chiradi va keyingi lotani sotilishiga o‘tadi. Ushbu tur auktsion savdosi sur‘atini soatiga 600 lotagacha sotish imkoniyatini beradi. Bunday tizim ko’pincha sabzavot va mevalar, baliqlar auktsionida qo’llaniladi.
Auktsionning oxirgi bosqichi - bu auktsion bitimlarini tuzish va rasmiylashtirish va tovarni xaridorga topshirish. Auktsion o‘tkazish paytida yoki ertasiga auktsion ma‘muriyati xaridorga sotib olingan tovarga shartnomani topshiradi.

  1. Xalqaro savdolarning tushunchasi, ahamiyati, turlari va ularni
    o'tkazish tartibi



Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish