Avtoyuklama yuk xati - bu yuk jo’natuvchi yoki uning nomidan yoziladigan, yuk jo’natuvchi va etkazib beruvchi o’rtasidagi yukni havo yo’li bilan tashishda shartnomaning haqiqiyligini ko’rsatuvchi hujjat hisoblanadi. (A) Aviayuk xati- yuk jo’natuvchi tomonidan 3 nusxada to’ldiriladi va tovar bilan birga etkazib beruvchiga topshiriladi. 1-chi nusxa —etkazib beruvchiga” degan nomga ega; 2-chi nusxa —qabul qiluvchiga” degan belgiga ega bo’lib, yuk jo’natuvchi va tashuvchi tomonidan yoziladi; 3- nusxa esa etkazib beruvchi tomonidan yoziladi va tovar qabul qilingandan keyin yuk jo’natuvchiga qaytariladi. Yuk xatida jo’natuvchi va etib keluvchi aeroport nomi; yuk xatiga biriktirilgan hujjatlar: belgilangan qiymat: etkazib berish haqi; yuk xati tuzish vaqti va boshqalar ko’rsatiladi. Aviayuk xati tovar taqsimlovchi va o‘tkazuvchi hujjat hisoblanmaydi. U faqat tuzilgan shartnomani isbotlash, etkazib berish va etkazib berish shartlarini (olish) bajaradi. Ko‘pincha aviayuk xati o‘z ichiga yukning batafsil ta‘rifini beruvchi bojxona deklaratsiyasi sifatida foydalaniladi. Avtoyul yuk xati- avtomobil yo‘li bo‘yicha yuk xati etkazib beruvchi va jo‘natuvchi o‘rtasidagi yukni avtomobil yo‘llarida tashish to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlovchi transport hujjati hisoblanadi. Eslatma: Xalqaro avtomobil yo‘llarida tashish uchun, bu hujjat xalqaro yo‘lda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konventsiyasining yozma buyrug’ini o’z ichiga olishi shart. Bunda - jo’natish vaqti: etkazib berilishi lozim bo‘lgan yuk nomi: etkazib beruvchi nomi va adresi: qabul qiluvchi nomi: etkazib berish muddati va etkazib berish(muddat)ning kechiktirilganligi uchun shtraf hajmi: etkazib berish haqi ko‘rsatiladi. Yuk xati etkazib beruvchi va yuk jo‘natuvchi tarafidan yoziladi. Bordero - avtomobil yo’llarida tashishda qo’llaniladigan hujjat bo‘lib, bunda yuk mashinalari bilan tashiladigan yuklar ko‘rib chiqiladi. U ko‘pincha avtomobil yo‘li bilan tashish yuk xati nusxasiga biriktirilgan dalilni o‘z ichiga oladi. Daryo yuk xati- bu dengiz yo‘li bilan etkaziladigan yukni tashish uchun qabul qilingan va belgilangan portda yuk qabul qiluvchiga yukni etkazib beruvchi tomonidan topshirilishi lozim bo‘lgan va etkazib beruvchi tarafidan yuk jo‘natuvchiga beriladigan transport hujjati hisoblanadi. Ichki suv yo‘llari bo‘yicha yuk tashishda konosament ya‘ni buyruq bo‘yicha yoki ko‘rsatilgan holda aniq shaxs nomiga yozilgan va tashuvchi tarafidan imzolangan va yukni qabul qilingandan so‘ng jo‘natishga berilgan oborot transport hujjati ishlatilishi mumkin.