Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar



Download 26,69 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2021
Hajmi26,69 Kb.
#181446
  1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar




Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar



Insoniyat yangi ming yillikka - XXI asrga qadam qo'ydi, lekin shuni
ta'kidlash lozimki, o'tgan asrda bashariyat juda ko'p quvonchli hamda
tahlikali, dahshatli voqealarni boshidan kechirdi. Qonli to'qnashuvlami,
ikkita jahon urushini, sovuq urush vahimasi va qatag'onlami boshidan
kechirgan insoniyat kelajak sari talpinib, har qanday qiyinchiliklami
yengib, taraqqiyotga erishib bordi. Afsuski, insoniyatning hayot kechirishi
uchun undagi imkoniyatlaming tobora cheklanib borayotganligi ayon
bo'lmoqda. Aholini toza ichimlik suvi, toza havo, oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta'minlash bir vaqtda xavfsiz hayot masalalari ayniqsa qiyinlashib
bormoqda. Biroq taraqqiyparvar kuchlar tomonidan bashariyatning gullabyashnashi, uning sayyoramizda emin-erkin yashashi uehun yangidan yangi
imkoniyatlar yaratilmoqda. Ming afsuslar bo'lsinki, bugungi kunda yer
yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan,
xuruj qilayotgan xalqaro terrorizm o'zining manfur maqsadlarini jahon
ommasiga tobora yaqqol ko'rsatmoqda. Xalqaro terrorizm xuruji
oqibatida yuz minglab kishilaming yostug'i qurib, moddiy boyliklar
vayron qilinmoqda. Hozirda uning xurujidan heeh bir davlat, hatto
heeh kim mutlaqo muhofazada emas. Har daqiqada insoniyat bunday
ijtimoiy ofatning qurboniga aylanishi mwnkun. Shu sababdan BMTning
favqulodda vaziyatlar tasnifiga qo'shimcha qilib, aynan ijtimoiy-siyosiy
tavsifdagi favqulodda vaziyatlaming kiritilishi bejiz emas. Chunki bunday
tusdagi xavf-xatarning darajasi yildan yilga ortib bormoqda. Shuning
uehun har bir inson o'z yurti, millati, muqaddas zamini va oilasi tinchligi,
xotirjarnligi uchun kurashmog'i lozim.
Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha

Terrorizm lotincha «terror» so'zidan olingan bo'lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy boyliklaming

yo'q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishgayoki sodir etilishidan tiyilishiga majburbur qilishga, xalqaro munosabatibi; buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishniko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo' rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatnibeqarorlashtirishgaqaratilgan.
Terrorizimning ikki turi mavjud:

a) yakka tartibdagi;

b) uyushgan guruhli terrorizm;
Terrorizm o'rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlardauchrab, o'z faoliyatini amalga oshirgan. Lekin o'tgan asming oxirlaridan uning yangi ko'rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari

va hukumatlari rahbarlarini, ulaming diplomatik vakillarini og'dirish yoki o'g'irlash, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o'xshash nomaqbul harakatlami amalga oshirish. Bulardan kO'rinadiki, tenorizmga aniqva yakdil ta'rif berish ancha murakkabdir. Bu vazifani imkoni boricha hal qilishda O'zbekiston Respublikasining 2000-yil J5-dekabridagi «Terrorizmga qarshi kurash to' g'risida'gi Qonunida keltirilgan

tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritsh mumkin. Ushba qonunning 2-moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ulaming mohiyati bayon etilgan. Jumladan: Garovda ushlab turilgan shaxs - qo'lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsniozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv

organlarini, xalqaro tashkilotlami, shuningdek, ayrim shaxslarni bironbir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo'iga olingan yoki

ushlab turilgan jismoniy shaxs. Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs. Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga

tayyorgarlik ko' rgan yoki uni sociir etishga suyuqasd qilgan shaxslar guruhi.Terrorchilik tashkiloti – ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun

barqaror birlashuvi.Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo'yish

va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shaxslaming xavfsizligini ta'minlash hamda terrorchilami zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o'zaro bog' liq maxsus tadbirlar majmuyi. Terorchilikka qarshi operatsiya o'tkazilgan zona - joyning yoki akvatoriyaning aiohida uchastkalari, havo bo'shlig'i, transport yositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar va terrorchilikka qarshi operatsiya

o'tkazilgan doirada ularga tutash hududlar. Terrorchilik faoJiyati - terrochilik harakatini uyushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-tehnika jihatdan ta' minlashdan iborat bo' lgan faoltiyat Terrorcbilik harakati - garovga ushlab turish uchun shaxslarni qo'lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni bosib olish, shikastlantirsh, yo'q qilish, portlatish, o' t qo'yish,

portlatish qurilrnalarini, faol , biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish yo'li bilan qo'rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo'iga olish, olib qochish,

shikastlantirish, yo'q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o'tkazilayotganda vahima ko'tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog'lig'iga, jismnoiy yoki yuridik shaxslar mol-mu!kiga,

avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo'li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug'dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan oyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O' zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalarda



belgilangan terorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.Xalqaro tcrrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.

Download 26,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish