Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar


Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari



Download 26,69 Kb.
bet3/4
Sana21.09.2021
Hajmi26,69 Kb.
#181446
1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar

Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari
Xalqaro terrorizm - bir davIat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan
terrorizmdir. Bu - odamlarning behuda halok bo'lishiga olib keIuvchi,
davlatlar va ularning rasmi)' vakillarining normal diplomatik faoliyatini
buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar
o'rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinJashtiruvchi
xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavtli harakat va qilmishlar yig'indisidir.
Xalqaro terrorizm XX asrning 60-70-yillariga kelib o'zini yaqqol namoyon
qildi: dastlab turli dav!atlardagi jinoyatchilar, o'z davlatiga nisbatan
ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada
qolayotgan va kam rivojiangan mamlakatlarda harakat ko'rsata boshladi.
XaIqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga. xaIqaro miqyosda
obro'ga ega bo'lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish,
davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi
portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan,
samolyotlarni olib qochish bilan shug'ullana boshladilar. 80-yillarga kelib
xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi. Xalqaro terrorizm o'zining yovuz
niyatlarini turii terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:
- mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
- dini)' ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
- ekstremistik guruhlar tarkibida qo'porllvchilik harakatlari bO'yicha
xorijlik yo'riqchilarning qatnashishi;
_. ekstremistik gurllh a'zo!arining boshqa davlatlar hudlldida tashkil
etilgan maxslIs lagerlarda tayyorgarlik ko'rishi;
- tayyorgarlik ko'rish va qo'poruvchilik sodir etishda, xorijiy davlatlar
va ekstremistik uYllshmalar yordamida xalqaro tus olgan noqonuniy qurolyarog' savdosi va narkobiznesdan keladigan manbalardan foydalanish.
Bulardan ko ' rinadiki, xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo' Iiga
yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib
qolish xavfi kuchaydi. Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq
tashvishlantirib qo'ydi. I977-yilda katta «yettilik» davlatlari rahbarlarining
Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida xalqaro terrorizmga qarshi kurash
to' g'risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan
xavfi va uoga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha
uchrashllvJarning asosiy mavzusi bo'lib keldi. Chunki xalqaro terrorizm
l53
bir tizimga birlashib harakat qila boshladi. Ular safida turli daviat, mill at
vakil1ari, diniy ekstremistik ruhdagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog'
savdosidan foyda ko'ruvchi jinoiy to'dalal', yollanib xizmat qiluvchilar
paybo bo'ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida rao:il
jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. XaJqaro terrorchilar
aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga
qarshi qo'yishga va hokimiyatga qarshi muxolifatni shakllantirishga
harakat qildi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko'rinishiga
qarshi qat'iyat bilan kurashib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi
xaJqaro telTorizm kO'rinishlariga qaratilgan ko'pJab xalqaro bitimlarning:
«Havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi
kurashish to'g'risida»gi 1970-yildagi Gaaga Konvensiyasining; «Fuqaro
aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to' g' risida ' »gi 197 J-yi Idagi
Monreal Konvensiyasining; «Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar,
masaian, diplomatik agentlarga qarshi jinoayatiarning oldini olish va
jazolash to'g'risida»gi 1973-yiidagi Konvensiyaning; «Terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to' g'risida»gi va boshqa konvensiyalaming
ishtirokchisi hisoblanadi. 2004-yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik
tashkiloti (SHHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo'mitasi
faoliyat.ko'rsata.boshladi.




Download 26,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish