Yapon modeli esa, investitsiyalarni sanoatga uzoq muddatga yo‘naltirilganligi, moliya va sanoat tarmoqlari o‘rtasida yaqin aloqalarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Mazkur modelning o‘ziga xos xususiyati guruhlashish tendentsiyasidir. Xo‘jalik birliklari korporativ guruhlarni tashkil etgan holda aktsiyalarga qarama-qarshi egalik qilish mexanizmi orqali bir-biri bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. Har bir guruhning kapitalni to‘plash mexanizmi guruh banki yordamida amalga oshiriladi. - Yapon modeli esa, investitsiyalarni sanoatga uzoq muddatga yo‘naltirilganligi, moliya va sanoat tarmoqlari o‘rtasida yaqin aloqalarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Mazkur modelning o‘ziga xos xususiyati guruhlashish tendentsiyasidir. Xo‘jalik birliklari korporativ guruhlarni tashkil etgan holda aktsiyalarga qarama-qarshi egalik qilish mexanizmi orqali bir-biri bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. Har bir guruhning kapitalni to‘plash mexanizmi guruh banki yordamida amalga oshiriladi.
- Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishda ikkita usul qo‘llaniladi: bo‘linish (ajralib chiqqan korxonalarning aktsiyalar nazorat paketlarini markaziy kompaniyada saqlagan holda) yoki qo‘shilish.
- Zhao Xumei, Xia Zhanyou. The Financial System of Japanese Enterprise Group. Beijing: University of International Business and Economics Press, vol. 37 , No. 4, 2006. pp. 557-580.
Xalqaro tajribalardan ma’lumki, moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish bir nechta yo‘llar orqali: - Xalqaro tajribalardan ma’lumki, moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish bir nechta yo‘llar orqali:
- ishtirokchilarning tashabbusiga ko‘ra;
- davlat organlarining qarorlari bo‘yicha;
- hukumatlararo bitimlarga ko‘ra amalga oshiriladi.
- Barcha iqtisodiy-huquqiy vakolatlar hamda tegishli yuridik va xo‘jalik majburiyatlari bilan yangidan tashkil etilgan tashkiliy tuzilmani o‘zida ifodalovchi aktsionerlik jamiyatini tuzish va alohida ishtirokchilarning kapitallarini ixtiyoriy birlashtirish birmuncha keng tarqalgan usul hisoblanadi. Ikkinchi usul bo‘lib, tashkil etilayotgan moliya-sanoat guruhi ishtirokchilari o‘zlarining aktsiya paketlarini guruh ishtirokchilaridan biriga, odatda, bank yoki moliya-kredit institutiga ixtiyoriy ravishda boshqarishga berishi hisoblanadi. Uchinchi usul esa, guruh ishtirokchilaridan biri boshqa korxona va tashkilotlarning aktsiya paketlarini egallashidan iborat bo‘lib, natijada moliya-sanoat guruhi ishtirokchilari shakllanadi. Aktsiya paketlarini bunday egallanishi har doim ham ixtiyoriylik xususiyatiga ega bo‘lmaydi hamda bitta kompaniyani boshqasiga qo‘shilishi jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |