Xorijiy mamlakatlarda moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari - Xorijiy mamlakatlarda moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
- AQShda sanoat korporatsiyalarining rivojlanishi aktsiyalarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlanishiga va qo‘shimcha kapital jalb etishni osonlashtirishga qulay zamin yaratdi. Sanoat korxonalari asosan aktsiyalarning yangi emissiyasi hisobiga kapitallarini ko‘paytirdilar. Shuning uchun, ularning asosiy kapitalini ko‘paytirish usuli sifatidagi uzoq muddatli kreditlashga zaruriyat amalda yo‘qoldi. Banklarning funktsiyalari faqat mablag‘larni to‘plashga, qisqa muddatli kredit berishga, korxonalarni boshqarishda bevosita ishtirok etmagan holda, tashqi bozorda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan.
- Hozirgi kunda AQShda moliya-sanoat guruhlarining asosiy ikkita turi keng tarqalgan. Birinchi holatda birlashtiruvchi negiz sifatida bank xoldingi namoyon bo‘ladi, ikkinchisida esa, ishlab chiqarish-texnologik majmua bu vazifani bajaradi.
- AQShdagi dunyoga mashhur «Chase», «Morgan», «Mellon», «Goldman Sachs Group» va boshqa shu kabi guruhlarning asosini yirik moliyaviy institutlar tashkil etadi. Ko‘pincha ushbu guruhlar bir xildagi tashkiliy tuzilmaga, tashkil etilish va rivojlanishning o‘xshash tarixiga ega.
Xorijiy tajribani o‘rganish moliya-sanoat guruhlari tashkil topishi va faoliyat ko‘rsatishi amaliyotining asosiy ustunliklarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi: - Xorijiy tajribani o‘rganish moliya-sanoat guruhlari tashkil topishi va faoliyat ko‘rsatishi amaliyotining asosiy ustunliklarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:
- Jadal ravishda moliya-sanoat guruhlari tashkil etilishi moliya-sanoat kapitali kontsentratsiyasi shakli bo‘lib, buning natijasida risklar kamayadi, mahsulotlarni sotishni prognoz qilish orqali bozordagi o‘rnini mustahkamlovchi va kengaytiruvchi marketing tuzilmalari tashkil topadi.
- Mehnat sarfining kamayishiga erishiladi, chunki ilmiy-texnika inqilobi yutuqlaridan foydalanish va innovatsion loyihalarning tezkorlik bilan joriy etilishi natijasida moliya-sanoat guruhlari ichida yangi mahsulotlarning yaratilishi va bozorga olib chiqilishi tezlashadi.
- Kreditlardan foydalanishning ancha qulayligi, ta’minlanganligi, kapitalning yuqori darajada harakat qilishi va aylanishining tezlashishi moliyaviy chiqimlarning kamayishiga olib keladi.
- Xalqaro darajada raqobatbardosh investitsion salohiyat oshadi. Buning natijasida bosh maqsadga – shaxsiy kapitalning rentabelligi oshishiga va chiqimlar kamayishiga erishiladi.
-
Toshkent moliya instituti
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi
katta o‘qituvchisi G.T. Baymuratova
gulirayhon_baymuratova@mail.ru
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |