Xalqaro moliya-kredit


Xalqaro savdo moliyalashtirishni takomillashtirish



Download 1,33 Mb.
bet3/7
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932752
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI. XB

1.Xalqaro savdo moliyalashtirishni takomillashtirish.
Xalqaro savdoni moliyalashtirish har doim ham yetkazib berilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun pulli hisob-kitob yordamida amalga oshirilavermaydi. Xalqaro savdoning bunday shakllari (kurinishlari) uchun tuknash bitimlar qo’llaniladi. Nazariya va amaliyotda «tuknash bitimlar» tushunchasi barcha bitimlar ko’rinishini o’z ichiga oladi, bunda tovarlar yoki xizmatlarni eksport qiluvchi, import qiluvchi (yoki import qiluvchi mamlakatning boshqa mol yetkazib beruvchisi)ning tovarlarni (yoki xizmatlarini) qabul qilib olish majburiyatini oladi. Shunday qilib, eksportga mol yetkazib berishlar, qisman yoki to’liq moliyalashtiriladi, yani kompensatsiyalanadi. Shu sababli «kompensatsiyalar» tushunchasi ko’pincha tuknash bitimlarning barcha ko’rinishlari uchun umumlashtiruvchi (jamlovchi) birlik sifatida ishlatiladi. Umuman tuknash bitimlar 4 guruhga ajratiladi:
1) barter - bu ikkita sherik, masalan, mol yetkazib beruvchi (eksport qiluvchi) va sotib oluvchi (import qiluvchi) o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) tovar ayirboshlashdir.
2) kompensatsiya - bu o’zi yetkazib bergan mol uchun, qisman yoki to’liq tovar (yoki xizmat) bilan to’lashga roziligidir (bu erda, uchinchi sherik yoki bir necha flrmalar qo’shilishi ham mumkin. Va ularga, kompensatsiya bo’yicha mol yetkazib berish majburiyati yuklatiladi):
• to’liq;
• qisman.
3) tuknash xaridlar (counterpurchase) (bir-biriga mol yetkazib berishlar, parallel, o`zaro bog’liq, majburiyat yuklaydigan, majburiyatli ikki tomonlama bir-birini takozo qiluvchi bitimlar). Bu yerda mol yetkazib beruvchi, eksport qiluvchi belgilangan muddatda o’zi yetkazib bergan tovarlar qiymatining muayyan foizi miqdoridan tovarlarni o’zi yoki uchinchi shaxsorqali sotib olish majburiyatini oladi.
4) Maxsulot orqali to’lash. Bu tushuncha barcha bitimlarni o’z ichiga oladi, bunda sotib oluvchi (import qiluvchi) mol yetkazib berish qiymatini, xususan, tovarlar savdo-sotigining kelajakda shu tovar ishlab chiqariladigan asbob-uskuna va dastgoxlar qiymatini to’liq yoki qisman to’laydi.1
O’zbekistonda xalqaro savdoni moliyalashtirish. O’zbekiston savdo aloqalarini moliyalashtirishni rivojlantirishga zarurat sezmoqda. Buning uchun tegishli iqtisodiy boshqaruv muayyan darajadan joriy operatsiyalar bo’yicha hisoblarning taqchilligi, o’rta muddatli kapitalga bo’lgan muhim talab, hukumatning investitsiya dasturi tomonidan moliyalashtirishga kafolat berishi lozim. Xalqaro munosabatlarga kirishishda O’zbekiston nol (ya'ni, sof) balans bilan ish yurita boshladi. 1992 yil noyabr oyida u nol variantli bitimni imzoladi va ushbu bitimga ko’ra, sobiq SSSRning tashqi mablag’lari va majburiyatlari Rossiyaga berildi. 1995 yil oxiriga kelib, O’zbekiston xalqaro agentliklardan muhim ahamiyatga ega bo’lgan mablag’larni oldi va bu mablag’larning kreditorlari, savdoni moliyalashtirishni ta'minlaydigan tijorat banklari bo’ldilar. 
Jahon banki tomonidan muhim moliyalashtirishlar uchun yo’l ochib bergan XVFning krediti kelishib olindi. O’zbekiston ETTBdan bir qancha kreditlar olgan. Deyarli, ko’pchilik qarzlar davlat tomonidan olingan, lekin ularning orasida xususiy sektor tomonidan olingan ayrim qarzlar ham bor. Moliya vazirligi tashqi qarzlari bo’yicha shartnomalarni tuzishni nazorat qilishga javobgardir. Bu sohada muhim operatsion javobgarlik O’zbekiston Milliy bankiga yuklatiladi va u davlat manfaatlariga mos kredit bitimlarini tuzadi hamda hukumatga qarzlami boshqarish bo’yicha texnik yordamni ta'minlaydi.
O’zbekiston zahiralari mamlakatimizda va shuningdek, rivojlangan G’arb mamlakatlarining yetakchi banklarida hukumat zahiralari sifatida saqlanadi. Jahon bankining Markaziy Osiyodagi rasmiy missiyasi o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra, O’zbekistonning tashqi moliyalash-tirishga bo’lgan umumiy ehtiyoji 1993-99 yillarda taxminan 5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Xalqaro bank respublikaga 1 mlrd. AQSH dollari miqdorigacha mablag’ berishga tayyor ekanligini bildirdi. Iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, bozor iqtisodi rivojlanish yutuqlari va xorijiy investorlaming ishonchini kozongan holda missiya umumiy to’lovlar miqdori 3-3,5 mlrd. AQSH dollariga etishi mumkinligini ta'kidladi.
O’zbekistonda oxirgi ikki yilda, tashqi savdoni erkinlashtirish yo’nalishida muhim qadamlar qo’yildi: eksport qilishda cheklangan tovarlar sonini 176 tadan 4 tagacha kamaytirildi; respublikalararo savdoga qo’yilgan cheklashlar qisqartirildi; sobiq Ittifoq respublikalari bilan ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Madomiki, tovarlar importi katta qismi davlatning ulgurji buyurtmalariga bog’liq bo’lib, strategik tovarlar eksporti esa, davlat tomonidan nazorat qilinar ekan, ushbu sohani erkinlashtirishga qaratilgan siyosat yuritilishiga qaramasdan, tashqi savdoningn markazlashganlik darajasi xali ham yuqoriligicha qolmoqda. Bu ayniqsa, paxta masalasida aniq kurinadi. Davlat mahalliy ishlab chiqarishning 60 foizgacha sotib oladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi (shu nom bilan ataladigan sobiq vazirlik), o’zining 10 ga yaqin savdo kompaniyalari bilan eksport-import operatsiyalari bo’yicha asosiy hamkorlik qiladi. Bu tashkilot davlat zahiralaridan paxta sotib, tashqi savdo bo’yicha eng katta tovar aylanmasiga ega. Eksport va import qiluvchilar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi litsenziyasini olish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligida ro’yxatdan o’tishlari shart.
Xorijiy flrma import yoki eksportga litsenziya olishi uchun quyidagilarni Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligida ko’rib chiqish uchun taqdim etilishi shart. Xarid qilish(sotish) haqidagi imzolangan bitim nusxasi, tovarning kelib chiqishi to’g’risidagi guvoxnoma yoki hujjat rasmiy bayonoti, Moliya vazirligining guvoxnomasi - nizom, xorijiy hissadorlar to’g’risida umumiy ma'lumot, ya'ni kompaniya nomi, rasmiy manzillar, ro’yxatdan o’tkazish joyi va vaqti, kompaniyaga xizmat ko’rsatiladigan bankning tavsiyanomalari, boshqaruvchining ismi va familiyasi hamda millati ko’rsatiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi shuningdek, litsenziyalashni talab qiladigan tovarlar hamda hukumatlararo bitimlarda ko’rsatilgan tovar bo’yicha shartnoma va bitimlar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazadi va maslahatlar beradi. Tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, eksport-import operatsiyalarini tarifli va notarifli boshqarishni yaxshilash, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirish maqsadlarida 1997 yilning 10 oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovar (ish va xizmatlar) eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni qabul qilingan. Respublika eksport potentsialini oshirishni ta'minlash masalasini echish bilan birga, 1997 yil 1 noyabrdan boshlab, Farmonga muvofiq, maxsus mahsulotlarning bir necha guruhlaridan tashqari, barcha tovarlar uchun hamda tovarlar eksportini litsenziyalash uchun eksportga boj to’lovlari bekor qilinadi.2
Raqobatbardosh va qayta ishlashning yuqori darajasiga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishni iqtisodiyotni islox qilishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, deb hisoblangan holda, 1997 yil 1 noyabrdan boshlab, o’z ishlab chiqarishi mahsulotini erkin kovertirlanadigan valyutada eksport qilayotgan korxonalarga qo’shimcha imtiyozlar berildi. Xususan, ularga o’z mahsulotini oldindan to’lovsiz va akkreditiv ochmasdan, vakolatga ega bo’lgan banklarning kafolatlari bilan, xaridorlarga xizmat ko’rsatuvchi ishchilarsiz va amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan valyuta tushumlari kirimi muxlatiga amal kilmasdan eksport qilish huquqi beriladi.
Agar mahsulot eksporti bozor naxlaridan past narxlarda amalga oshirilsa, korxonalar uchun soliqqa tortiladigan bazasi eksport mahsuloti sotuvining haqiqiy narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Agar, eksport qilinayotgan tovarlar sotuvining umumiy hajmidagi ulushi 30 foiz va undan ko’prokni tashkil etsa, daromad soligi stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda 2 barobarga pasaytiriladi. Eksport qiluvchi korxonalar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan rag’batlantiruvchi omil bo’lib, Farmonda qabul qilingan MDH davlatlariga o’z ishlab chiqarishi mahsulotini erkin konvertirlanadigan valyutaga eksport qiladigan korxonalarni aktsiz soligi va qo’shimcha qiymat soligidan, agar hukumatlararo bitimlarda boshqalar ko’zda tutilmagan bo’lsa, ozod qilish qarori hisoblanadi.
Urnatilgan imtiyozlar manzilli yo’nalishga ega va qayta ishlashning yuqori darajasi bilan eksportga tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni rag’batlantirish uchun qabul qilingan. Shu boisdan, ko’rsatib o’tilgan imtiyozlar savdo-vositachilik tashkilotlari, shuningdek, xom-ashyo (rangli va qimmatbaho metallar, kora metallar prokatiga, neft, tabbiy gaz, paxta tolasi) eksport qiladigan korxonalarga taalluqli emas.
Tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini ta'minlash va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida, Farmonga muvofiq, barcha mulk shaklidagi, o’z ishlab chiqarishning mahsulotini eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga xorijda konsignatsiya shartlarida tovarlami yetkazib berish asosida, savdo uylari va vakolatxonalarga ochishga ruxsat etiladi.
Mamlakatda tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qilishni ta'minlash va ichki bozorda ular ishlab chiqarayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida, importga yangi, birxillashtirilgan boj to’lovlari qayta ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. Bunda 1998 yil 1 yanvardan boshlab, bojxona to’lovlari stavkasi tovar (ish, xizmat)ning bojxona qiymatida hisoblanadi.
Xalqaro savdo faoliyati, eng avvalo, birjadir milliy davlatlar o’rtasidagi tovarlar va xizmatlar. Savdo dunyoning barcha mamlakatlari savdo faoliyatining yig’indisini bildiradi. Xalqaro savdoda Shimoliy Amerika va Gʻarbiy Yevropaning sanoati rivojlangan davlatlari, Yaponiya, Isroil, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika yetakchilik qiladi. Bu mamlakatlar dunyoda tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning katta qismi va ommaviy ishlab chiqarilgan mahsulotlarning katta qismiga to’g’ri keladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar eksportining 80% ga yaqini boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlar bozorlariga boradi; rivojlanayotgan mamlakatlar eksportining 70% dan ortig’i rivojlangan mamlakatlar bozorlariga ham boradi. Juda yirik davlatlar o’z ehtiyojlarining katta qismini mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qondiradilar; AQSH va sobiq SSSR mamlakatlaridagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tashqi savdo hajmi unchalik katta emas. Biroq, AQShning jahon savdosiga ta’siri juda katta hajmdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish tufayli.3
Aholisi oʻrtacha boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya kabi mamlakatlarda tashqi savdo hajmi umumiy ishlab chiqarishning (yaʼni yalpi milliy mahsulot qiymatining) 10% dan 20% gacha; Niderlandiya, Belgiya, Chexiya va Vengriya kabi kichik mamlakatlarda bu ko’rsatkich 40% ga etadi. Rivojlanayotgan davlatning tashqi savdo hajmi uning ma’lum bir mahsulot eksportiga ixtisoslashganiga yoki ko’p tarmoqli iqtisodiyotni rivojlantirishga harakat qilishiga bog’liq. Shunday qilib, ikkinchi toifadagi mamlakatlarga kiruvchi Turkiya umumiy ishlab chiqarishining atigi 5 foizini eksport qiladi.
Ko’pgina yuqori ixtisoslashgan mamlakatlar umumiy ishlab chiqarishning qariyb yarmini eksport qiladi va neft ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Saudiya Arabistoni neftning 80% ni eksport qiladi. Biroq, neft kabi hayotiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan holda, mamlakatning jahon bozorida yagona mahsulot sotishga qaramligi katta xavf bilan bog’liq. Jahon bozorida sotilayotgan barcha birlamchi mahsulotlarning qariyb uchdan bir qismi hali ham sanoati rivojlangan mamlakatlardan keladi.
Xalqaro miqyosda sotiladigan asosiy mahsulotlarning ba’zilari yuqori darajada standartlashtirilgan va ko’pincha turi yoki sifati bo’yicha toifalarga bo’linadi. Bunday tovarlarni Chikago, London yoki Nyu-Yorkdagi tovar birjalarida oldindan tekshiruvsiz sotib olish va sotish mumkin va ular sotilish vaqtida yo’lda bo’ladi. Boshqa tovarlar, asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ham sifati, ham dizayni bo’yicha juda katta farq qiladi. Ushbu mahsulotlar yuqori darajada standartlashtirilmaganligi sababli, narx xaridorlar uchun asosiy mos yozuvlar nuqtasi bo’la olmaydi. Savdo oqimlarining shakllanishi. Xalqaro savdo oqimlariga narxlar ta’sir etsa-da, ular faqat narxlar bilan belgilanmaydi, ba’zan esa narxlar umuman ta’sir qilmaydi
Jahon savdosi umuman rivojlanayotgan mamlakatlarga zarar yetkazmoqda, degan fikr juda shubhali, chunki ularning eksport daromadlari bilan import uchun to’lov qobiliyati barqaror ravishda oshib bormoqda. Albatta, sanoatlashgan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda xalqaro savdodan ko’proq foyda ko’radi, deb bahslashish mumkin. Biroq, bu bayonot shubhasiz emas, chunki xalqaro savdodan eng ko’p foyda ko’rgan davlatlar, tabiiyki, bu savdosiz ichki narxlar jahon narxlaridan sezilarli darajada yuqori bo’lgan mamlakatlardir.
Qoida tariqasida, bu rivojlanayotgan va kichik davlatlardir, chunki jahon narxlari asosan yirik rivojlangan mamlakatlarning ichki narxlari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, savdo deb ataladigan narsa tufayli kichik iqtisodiyotga ega mamlakatlar uchun foydalidir. "namoyish effekti": bu mamlakatlar aholisi yangi tovarlar bilan tanishadi va ularni sotib olish, keyin esa ishlab chiqarish istagi paydo bo’ladi. Qolaversa, rivojlanayotgan davlatlar, agar ular yetarli kapital va tegishli malakaga ega ishchi kuchiga ega bo’lsa, darhol eng yangi usullardan foydalangan holda eng daromadli tovarlarni ishlab chiqarishni boshlashlari mumkin.
Qadimgi industrial davlatlarda esa odat tusiga kirgan mahsulot va ishlab chiqarish usullari taraqqiyot kishaniga aylanadi. Bu yerdagi ishchilar kasbini oʻzgartirish istagini va oʻzgaruvchan sharoitlarga moslashib, tezda boshqa hududlarga koʻchib oʻtish qobiliyatini sezilarli darajada yoʻqotdilar. Yaponiya G’arb davlatlarining sanoat ustunligiga aynan ularning kamchiliklaridan aziyat chekmagani uchun qarshi tura oldi. U to’qimachilik va boshqa arzon mahsulotlar bilan boshlandi, ammo keyin elektronika, qayiq va avtomobillarga o’tdi.
Ko’pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar esa eskirgan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdan eng yangi bilim talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirishga o’tish jarayonida ko’plab qiyinchiliklarni boshdan kechirishlari kerak edi. Oxir-oqibat, bunday o’tish, albatta, sodir bo’ldi. Eskirgan sanoat tuzilmasini yangilash jarayoni odatda juda og’riqli va uzoq muddatli muammolarni keltirib chiqaradi. Shoshilinch ravishda ishlab chiqarishda bunday o’zgarishlarni amalga oshirib, arzon tovarlarni eksport qilayotgan davlatlar ko’pincha raqobatga putur yetkazish maqsadida “demping” yoki tovarlarni o’z ichki bozorlaridagi ulgurji narxlardan past narxlarda sotishda ayblanadi. (Agar bunday ayblovlar isbotlansa, import qiluvchi davlat 1968-yilda qabul qilingan antidemping kodeksiga muvofiq, maxsus antidemping tariflarini joriy etish huquqiga ega.
Biroq, demping toʻlovlari odatda bahsli boʻladi.) Haqiqatdan ham, jismoniy shaxslardan arzon tovarlar. Jahon bozorini suv bosgan davlatlar - Gonkong, Tayvan, Hindiston, Pokiston va Janubiy Koreyadan to’qimachilik, Yaponiyadan televizor va avtomobillar yoki Janubiy Koreyadan qayiqlar - ko’pincha bu mamlakatlar haqiqiy raqobat ustunligiga ega ekanligini ko’rsatadi. Shunga qaramay, bunday eksport boshqa mamlakatlardagi an’anaviy sanoat tarmoqlariga jiddiy zarar etkazadi, ishchilarni ish joylarini yo’qotish bilan tahdid qiladi, shaharlar esa aholi sonining qisqarishi bilan tahdid qiladi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi jiddiy o’zgarishlar, XX asr oxirlarida dunyo fanidagi kashfiyotlar XIMning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Dunyoda ro’y bergan o’zgarishlar XXI asr bo’sag’asida XIMning o’ziga xos rivojlanish tendentsiyasini belgilab berdi:
 xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish, jahon xo’jaligidagi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi yo’li bel-gilandi;
 xalqaro savdoning an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ish-lab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga ay-lanib borishi;
 kapital migratsiyasining globallashuvi va intensivlashuvi;  fan-texnika sohasida bilimlar bilan ayirboshlashning jadal-lashuvi, xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi;
 ishchi kuchlari migratsiya ko’lamlarini sezilarli o’sish sur’ati;
 hudud va mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining kengayishi va jadallashuvi. Kapitalning xalqaro migratsiyasi, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, xalqaro savdoning tovarlar, turli xil xizmatlar ko’rsatish, texnologiya, ish-chi kuchlarining, ayniqsa, malakali ishchilarning xalqaro migra-tsiyasi geografik yo’nalishlarda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarda hal qiluvchi omil bo’lmoqda.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish