Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti



Download 417,74 Kb.
bet12/23
Sana21.07.2022
Hajmi417,74 Kb.
#832223
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi

Dasturga asosan:
120 000 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurilishi;
6 000 dan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari qurilishi;
Keng polosali tarmoq sig‘imi 1,5 million portga kengaytirilishi;
Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari sig‘imi kengaytirilishi va yangilarining qurilishi;
Tashqi internetga ulanish qobiliyatini qo‘shimcha 10 barobar oshirish;
Wi-Fi tarmoqlarini keng joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan”.43
“Facebook.com” ijtimoiy tarmog‘idagi “Потребитель.уз” guruhi foydalanuvchilari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan, O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi internet provayderlarining reytingi e’lon qilindi:44

O‘rni kelganda hype.ru saytining nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda juda tezlik bilan rivojlanib borayotgan ijtimoit tarmoqlardan biri Instagramda 2019-yilda e’lon qilingan top reytingini keltirib o‘tish mumkin.45 Unga ko‘ra:



Akkaunt nomi

A’zolar soni

1

Instagram

277 million

2

Kristiano Ronaldo

152 million

3

Selena Gomes

144 million

4

Ariana Grande

143 million

5

Dueyn Djonson

129 million

6

Kim Kardashyan

125 million

7

Kayli Djenner

124 million

8

Beyonce

123 million

9

Neymar

110 million

10

Teylor Svift

100 million

Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Instagram va undagi bu kabi “kuchli” akkauntlar katta kuch. Tasavvur qiling, siz yozgan har bitta gapni 100-200 milliondan ortiq odam o‘qisa, unda sizga hech qanday ommaviy axborot vositasining keragi bo‘lmay qoladi. Agar g‘oya va aytilayotgan gaplar ijobiy bo‘lsa-ku, mayli, lekin u g‘oyalar insoniyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, turli xil buzg‘inchi mafkuralarga asoslangan bo‘lsa, bundan xavfli narsa bo‘lmay qoladi.


Bunga misol: Yaqinda Yangi Zelandiyada masjidlarda bo‘lgan teraktni olishimiz mumkin. Sof.uz saytida e’lon qilingan “Musulmonlar masjiddagi otishma videosi uchun Facebook va YouTube ustidan shikoyat qilishdi”46 nomli yangilikda quyidagi fikrlar bor:
“Fransiya musulmonlar kengashi (CFCM) Yangi Zelandiya Kraysterch shahrida masjiddagi otishma video tarqatilganligi uchun Facebook va YouTube ustidan shikoyat qilishdi.
Musulmonlar kengashi terorizmga undash yoki insonlar qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan zo‘ravon xabarlarni tarqatilishidan shikoyat qildi.
Eslatib o‘tamiz, terrorchilar o‘z harakatlarini Facebookda translyatsiya qilishgan edi”.47
Endi tasavvur qiling bunday kuch (ijtimoiy tarmoqlar) XX asrni eng dahshatli qirg‘inlariga sababchi bo‘lgan fashistlar Germaniyasi, Gitlerni qo‘lida bo‘lganda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Chunki Gitler fan, texnika, ommaviy axborot vositalari hali unchalik rivojlanmagan bir vaqtda o‘zini g‘oyalari va notiqlik qobiliyati bilan butun nemis xalqini ishontira oldi. Agar uning qo‘lida ijtimoiy tarmoqlardek bir “qurol” bo‘lganda Ikkinchi jahon urushi oqibatlarini yana ham dahshatli bo‘lishi mumkinligini tushunish qiyin emas.
Mazkur bo‘limda ommaviy axborot vositalariga tegishli kontentni keng ommalashishi uchun asosiy vosita boʻlib xizmat qiluvchi ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlari koʻrib tahlil qilingan. Bir tomondan, ijtimoiy tarmoqlarni ommaviy nashrlarning raqobatchisi va umuman olganda OAV instituti uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdid sifatida koʻrish mumkin. Boshqa tomondan, hozirgi davrda OAV raqobat muhitida yashab qolishi uchun ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan reklama qilishda foydalanishi mumkin va shunday qilishi kerak. Bunga, birinchi navbatda, OAV yordamida akkauntlar ochish yoki guruhlar yaratish kiradi va bunda, har xil usullardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, allaqachon dunyoda yetakchilikka erishgan ommaviy axborot vositalarini ijtimoiy tarmoqlar bilan birlashtirish boʻyicha qator loyihalar ishlab chiqilgan. Bunday tashabbus va loyihalarning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlari hali toʻliq oʻrganilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy jamiyatda va xususan ma’lumotlar olamidagi oʻrni turli sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislar oʻrtasida qizgʻin munozaralarga sabab boʻlmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar asossiz ma’lumotlarni tarqatishning oddiy usullaridan foydalanganlikda, xalq orasida notinchlikni shakllantirishda “qoralanmoqda”. Ammo, hozirgi davrda ularning ahamiyati tobora oʻsib borayotganini qayd etib bormaslikning iloji yoʻq. Ijtimoiy tarmoqlar turli jihatlari bilan insonlar ongiga ta’sir o‘tkaza oladigan kuchli vositadir.
OAV nuqtayi nazaridan ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan turli qarashlar mavjud. Birinchi tomondan, professional OAV ijtimoiy tarmoqlar qarshisida axborot tarqatish boʻyicha raqobatchi boʻlib koʻrinishi mumkin, boshqa tomondan, an’anaviy ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlikda ishlash orqali qator afzalliklarga ega boʻladi. Zamonaviy axborotlar olamida ijtimoiy tarmoqlar tomonidan berib boriladigan kontent professional nashrlar uchun muqobil ma’lumot manbayiga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish sabablaridan biri ularning rivojlana olish potensiali bilan bogʻliqdir. Ijtimoiy tarmoqlar ma’lum bir brendni ommalashtirish maqsadida vizual kontentni joylashtirish uchun qulay va keng maydon hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda matnli, audio va video xabarlarni, ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Platformalar ko‘plab cheklanmagan imkoniyatlarga ega bo‘lib, barcha uchun ochiq. Bu maydon do‘stlar, qarindoshlar, hamkasblar, tanish va notanish insonlar bilan suhbatlashish uchun qulay muloqot maydoni hisoblanadi. Zamonaviy inson yangiliklardan xabardor bo‘lish va o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni olish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Chunki bu yerda har xil formatdagi yangiliklarni topishimiz mumkin. Matnli, audio, video xabarlar ichidan xohalagnini foydalanuvchi tanlab oladi. Mobil internetdan har yerda va har doim foydalanish mumkin. Oramizda shunday insonlar borki, yangiliklardan faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlar tobora rivojlanib borar ekan, ommaviy axborot vositalari bilan raqobat yuzaga kelmoqda. Ommaviy axborot vositalari esa o‘z raqibini hamkorga aylantirishga majbur. Sotsial media nafaqat axborot manbai, balki auditoriya bilan hamkorlik va dialogni yo‘lga qo‘yish uchun ham yaxshi maydon hisoblanadi. Shu sababdan, ommaviy axborot vositalari, xususan, telekanallar bu haqiqatni tan oladi va yanada ko‘proq auditoriyani jalb etish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlaydi. OAV virtual olamdagi imkoniyatlarni o‘rganib, o‘zining sayti va onlayn versiyasini yaratadi, shuningdek, o‘z materiallarini ommalashtirish va auditoriyasini kengaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda ham o`z sahifasini yaratmoqda.

Download 417,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish