BMI bob va boʻlimlarining
Nomlari
|
Ilmiy rahbarning F.I.Sh
|
Topshiriq berilgan
sana, imzo
|
Topshiriq berdi
|
Topshiriq oldi
|
I.
|
Ijtimoiy tarmoqlar faoliyati va huquqiy asoslari
|
B.Alimov
|
15.10.2020
|
15.10.2020
|
1.1.
|
Ijtimoiy tarmoqlarning tarixi
|
B.Alimov
|
15.10.2020
|
15.10.2020
|
1.2.
|
Ijtimoiy tarmoqlarda etika masalalari
|
B.Alimov
|
15.10. 2020
|
15.10. 2020
|
II.
|
Ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy axborot vositalarining keng ommalashuvi: imkoniyatlar va muammolar
|
B.Alimov
|
26.01.2021
|
26.01.2021
|
2.1.
|
Ijtimoiy tarmoq xabarlarining mavzu ko‘lami va ma`lumotlar kontentini tuzib chiqish masalalari
|
B.Alimov
|
26.01.2021
|
26.01.2021
|
2.2.
|
Telekanallarning ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalanish usullari
|
B.Alimov
|
26.01.2021
|
26.01.2021
|
2.3.
|
Bosma nashlar va radiokanallarning ijtimoiy tarmoqlardan fouydalanish usullari
|
B.Alimov
|
26.01.2021
|
26.01.2021
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH JADVALI
№
|
BMI bob va boʻlimlarining
nomlari
|
Bajarish muddati
|
Bajarilganligi haqida ilmiy rahbar imzosi
|
I.
|
Ijtimoiy tarmoqlar faoliyati va huquqiy asoslari
|
24.01.2021
|
|
1.1.
|
Ijtimoiy tarmoqlarning tarixi
|
24.01.2021
|
|
1.2.
|
Ijtimoiy tarmoqlarda etika masalalari
|
24.01.2021
|
|
II.
|
Ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy axborot vositalarining keng ommalashuvi: imkoniyatlar va muammolar
|
11.05.2021
|
|
2.1
|
Telekanallarning ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalanish usullari
|
11.05.2021
|
|
2.2.
|
Bosma nashlar va radiokanallarning ijtimoiy tarmoqlardan fouydalanish usullari
|
11.05.2021
|
|
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
xalqaro jurnalistika fakulteti
xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining
_-sonli majlisi bayonnomasidan
KOʻCHIRMA
Toshkent sh.2021-yil 27-may
QATNASHDILAR: Kafedra aʼzolari
KUN TARTIBI:
1. 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini himoyaga tavsiya etish.
ESHITILDI: 401-guruh talabasi Abdusattorova Xolida Abdusattor qizining Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti oʻqituvchisi B.Alimov rahbarligida va I.Ochilova taqrizi ostidagi “Zamonaviy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Davlat attestatsiyasi komissiyasi majlisida himoya qilishga tavsiya etilsin.
Qaror qilindi: 401-guruh talabasi Abdusattorova Xolida Abdusattor qizining Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti oʻqituvchisi B.Alimov rahbarligida va I.Ochilova taqrizi ostidagi “Zamonaviy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlar tarmoqlardan foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Davlat attestatsiyasi komissiyasi majlisida himoya qilishga tavsiya etilsin.
Kafedra mudiri O.Toshboyev
Kotiba N.Abdunazarova
MUNDARIJA
ZAMONAVIY OAVNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
|
Betlar
|
KIRISH
|
12-15
|
I BOB. IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATI VA HUQUQIY ASOSLARI
|
16-43
|
1.1.
|
Ijtimoiy tarmoqlarning tarixi
|
16-27
|
1.2.
|
Ijtimoiy tarmoqlarida etika masalalari
|
28-43
|
II BOB. IJTIMOIY TARMOQLARDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING KENG OMMALASHUVI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
|
44-76
|
2.1.
|
Ijtimoiy tarmoq xabarlarining mavzu ko‘lami va ma’lumotlar kontentini tuzib chiqish masalalari
|
44-58
|
2.2.
|
Telekanallarning ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalanish usullari
|
59-66
|
2.3.
|
Bosma nashrlar va radiokanallarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish usullari
|
67-77
|
XULOSA
|
78-81
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
|
82-85
|
ILOVALAR
|
86-90
|
Kirish
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Insoniyat tarixida jurnalistika paydo bo‘lgach, ommaviy axborot vositalarining bir qator turlari, dastlab matbuot, so‘ng radio va televideniye shakllangani barchamizga ma'lum. Taraqqiyotning eng so‘nggi bosqichida internet ham jurnalistikaga kirib keldi. Internet tizimining dunyo auditoriyasini jalb qilishi uchun to‘rt yil kifoya qildi. Bugungi kunda internet zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Mamlakatimizda ham internetni rivojlantirish va jurnalistikada uning imkoniyatlaridan keng foydalanish tobora jadallashib bormoqda. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirish joiz: “Eng tezkor axborot vositasi – Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini alohida qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatayotgani, ushbu yo‘nalishda yangi ijodiy avlod – Internet jurnalistlari shakllanib borayotgani e'tiborga sazovordir”1. Butun sayyoramizni o‘rab olgan interaktiv dunyo Internetning barcha foydalanuvchilarini birlashtiradi. Mavjud veb-industriya jadal rivojlanib, inson hayotining barcha sohalariga kirib bormoqda. Internetning muhim vazifalaridan biri iste'molchilar o‘rtasida brend, tovar va xizmatlarni qidirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarini ommalashtirish va rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, internet hozirda jamoatchilik orasida ommalashib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi hamda jamiyatdagi o‘zgarishlarga o‘zining sezilarli ta'sirini o‘tkazishiga zamin yaratdi. Ilgari faqat muloqot qilish vazifasini bajargan ijtimoiy tarmoqlar hozirda barcha sohalar uchun faoliyat maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular orqali tengsiz imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar insonlar uchun jamiyat hayotida yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga o‘zlarining fikr va munosabatlarini bildirish uchun tengsiz bir vositaga aylangan. Bugun ijtimoiy tarmoqlar nafaqat faol fikrli yoshlarni asosiy vaqtini o‘tkazuvchi joyga, balki, ommaviy axborot vositalarining o‘rnini bosa oluvchi vositaga aylandi. Endi odamlar biror voqea sodir bo‘lsa, ushbu xabarni ijtimoiy tarmoqlar orqali an’anaviy OAVda e’lon qilinmasidan oldin xabardor bo‘lishga ulgurmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, o‘z navbatida, turli sohalarni virtual olamga ko‘chishiga olib keldi. Birgina Facebook ijtimoiy tarmog‘i insonlarga ko‘plab imkoniyatlar taqdim qilmoqda. U orqali iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ko'plab boshqa sohalarda faoliyat yuritish mumkin. Xususan, davlat idoralari va tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, turli nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, mehmonxonalar, universitetlar, internet provayderlar, aloqa operatorlari, turli mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z auditoriyasini jalb qilmoqda va ular bilan qulay aloqa o‘rnatmoqda. Endi biror-bir voqea-hodisa sodir bo‘lsa, odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali an’anaviy OAVda e’lon qilinmasidan oldin xabardor bo‘lishga ulgurmoqda. Chunki internetni, xususan, ijtimoiy tarmoqlarni hamma joyda, har qanday sharoitda ham ishlata olish mumkin. Hattoki, foydalanuvchi voqea joyidan mobil telefon orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reportaj berishi mumkin. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda foto, video, audio, matn, grafika kabi imkoniyatlar mavjud. XXI asrda ma’naviy, mafkuraviy va axborot omillarining ta’sir kuchi moddiy va moliyaviy resurslarga nisbatan ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu jarayonda shu paytgacha asosiy rolni OAV bajargan bo‘lsa, bugun bu vazifani ijtimoiy tamoqlar to‘laqonli ravishda bajarib kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan onlayn nashrlarning rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarning roli tadqiqotchilar tomonidan yetarlicha tadqiq etilmagani ushbu asos mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |