Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XI BOB 
BMT XAVFSIZLIK KENGASHI TOMONIDAN QO‘SHIMCHA 
ORGANLAR SIFATIDA TUZILADIGAN AD HOC XALQARO 
JINOYAT TRIBUNALLARI 
 


121 
 
1.  Ad  hoc  xalqaro  jinoyat  tribunallarini  tashkil  etilishi  va 
faoliyatining  huquqiy  asoslari.  2.  Ad  hoc  xalqaro  jinoyat  tribunallari 
jinoyat sudlovi bosqichlari.  
 
1. Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallarini tashkil etilishi va 
faoliyatining huquqiy asoslari 
 
Bosh  kotibning  1993-yil  17  va  3-maydagi
85
  sobiq  Yugoslaviya 
hududidagi  xalqaro  gumanitar  huquq  qoidalarining  keng  miqyosda  va 
qo‘pol  buzilishi  to‘g‘risidagi  maruzasini  ko‘rib  chiqib,  BMT  Xavfsizlik 
Kengashi  BMT  Ustavining  12-bobi  qoidalariga  asoslangan  holda  827 
(1993)
86
  rezolyutsiyasi  orqali  1991-yil  1-  yanvardan  sobiq  Yugoslaviya 
hududidagi  xalqaro  gumanitar  huquq  qoidalarining  keng  miqyosda  va 
qo‘pol  buzilishi  uchun  javobgar  bo‘lgan  shaxslarni  sudga  tortish 
maqsadida  Xalqaro  jinoyat  tribunallarining  ad  hoc  (bundan  keyingi 
o‘rinlarda  SYXT  deb  yuritiladi  )    tashkil  etilgan.  2014-yilda  SYXT 
tashkil etilganligiga 20 yil to‘ldi. 
 
Xalqaro  gumanitar  huquqi  shartnoma  va  odat  huquqi  normalari 
bilan  ifodalanadi.  Xalqaro  shartnoma  huquqi  normalari    qurolli 
to‘qnashuvlar  davrida  qo‘llangan  va  1949-yil  12-avgustdagi  Urush 
qurbonlarini  himoya  qilish  to‘g‘risidagi  Jeneva  konvensiyalarida,  1907-
yil  18-oktabrdagi  Quruqlik  urushi  qoidalari  va  odatlari  to‘g‘risidagi  
Gaaga  konvensiyasi  (IV)  va  unga  ilova  bo‘lgan  Qarorlar;  1948-  yil  9-
dekabrdagi  Genotsid  jinoyatlarining  oldini  olish  va  ular  uchun  jazolash 
to‘g‘risidagi  Konvensiya  va  1945-yil  8-avgustdagi  Xalqaro  harbiy 
tribunal Ustavida o‘z ifodasini topgan. 
Xalqaro  tribunalning  hududiy  yaxlitliligi  sobiq  Yugoslaviya 
Sotsialistik  Federativ  Respublikasining  butun  hududiga,  shu  jumladan, 
                     
85
 Док. ООН S/25704 (3 мая 1993 г.). 
86
 Док. ООН S/RES/827 (25 мая 1993 г.). 


122 
 
quruqlik,  havo  va  suv  hududiga  nisbatan  tatbiq  etiladi.  Xalqaro 
tribunalning    vaqtincha  yurisdiksiyasi  1991-yil  1-yanvardan  boshlangan 
davrda  amal  qilinadi.  RXT  1994-yildagi  Ruanda  davlati  hududida  va 
Ruanda  fuqarolari  tomonidan  qo‘shni  davlatlar  hududida  sodir  etilgan 
jinoyatlarni ko‘rib chiqishda vakolatli hisoblanadi. 
 
Xalqaro  tribunal  va  milliy  sudlar  1991-yil  1-yanvardan  sobiq 
Yugoslaviya hududidagi xalqaro gumanitar huquq qo‘pol buzilishi uchun 
javobgar  bo‘lgan  shaxslarni  sudga  tortishda  parallel  yurisdiksiyaga  ega. 
Bunda  Xalqaro  tribunal  Yurisdiksiya  milliy  sudlar  yurisdiksiyasiga 
nisbatan  ustuvorlikka  ega.  Sud  muhokamasining  istalgan  bir  bosqichida 
Xalqaro  tribunal  milliy  sudlardan  SYXT  Ustaviga  hamda  Xalqaro 
tribunalda  isbot  qilish  va  ishni  ko‘rish  qoidalarga  muvofiq  ish  bo‘yicha 
ish  yurituvini  berilishini  rasman  talab  qilishi  mumkin.  Xalqaro 
tribunallarning ustuvorligi ularga milliy sudlardan u yoki bu ish bo‘yicha 
ish  yurituvini  to‘xtatishni  so‘rash  huquqini  beradi:  bunday  holatlarda 
milliy  sudlar  tomonidan  qo‘zg‘atilgan  va  tergov  qilinayotgan  jinoyat 
ishlari  to‘xtatiladi  va  xalqaro  tribunalga  o‘tkaziladi.  Mazkur  ustuvorlik 
yana  shunda  ko‘rinadiki  u  yoki  bu  ish  yuzasidan  xalqaro  tribunal 
tomonidan  sud  qarori  chiqarilganda,  milliy  sud  instansiyalari  ayni  shu 
qilmish  yuzasidan  yangitdan  ish  qo‘zg‘atishlari  mumkin  emas. 
Tribunallarining  Ustavlari  mazkur  qoida  non  bis  in  idem  prinsipiga 
havola bilan keltiriladi. 
Mazkur  prinsipga  muvofiq,  xalqaro  gumanitar  huquq  qo‘pol 
buzilishi  uchun  milliy  sud  tomonidan  javobgarlikka  tortilgan  shaxs  
keyinchalik  xalqaro  tribunal  tomonidan  faqat  quyidagi  holatlarda 
javobgarlikka tortilishi mumkin: 
a)  agar  u  javobgarlikka  tortilgan  qilmish  oddiy  jinoyat  sifatida 
kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa; yoki  


123 
 
b) milliy sud Mustaqil va xolis bo‘lmagan va ayblanuvchini xalqaro 
sudlovdan himoyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa yoxud ish to‘la tergov 
qilinmagan bo‘lsa. 
Sobiq  Yugoslaviya  bo‘yicha  Xalqaro  tribunalga  topshirish  uchun 
ushlangan 
dastlabki 
shaxslar Kozarach 
munitsipalitetida 
 
Serb  
Demokratik  partiyasi  raisi  Dushko  Tadich  (1994-yil  fevralida 
Germaniyada  ushlangan,  1995-yil  24-aprelida  Tribunal  ixtiyoriga 
berilgan),  Bosniyadagi  serb  armiyasi  Bosh  shtabidan  general  Djorde 
Djukich (Bosniya va  Gersegovinada ushlangan va 1996-yil 12-fevralida 
Tribunal ixtiyoriga berilgan), Xorvat Ittifoq mudofaasi qurolli kuchlarida 
Markaziy  Bosniya  operativ  hududiga  qo‘mondoni  general  Tixomir 
Blashkich,  (1996-yil  1-  aprelida  ixtiyoriy  ravishda  Tribunalga  kelgan); 
Bosniya  armiyasi  birinchi  taktik  guruhi  qo‘mondoni,  Konich  hududida 
Bosniya  Musulmonlari  va  xorvat  kuchlari  muvofiqlashtirilishi  uchun 
javobgar  bo‘lgan  Zeynil  Delalich  (Germaniyadagn  1996-yil  18-martda 
ushlangan, 1996-yil  8-mayda Tribunal ixtiyoriga berilgan) bo‘lganlar
87

 
Mazkur  ro‘yxat  sobiq  Yugoslaviya  bo‘yicha  Xalqaro  tribunal 
nizoning  turli  tomoniga  tegishli  bo‘lgan  shaxslarni  javobgarlikka 
tortganligidan,  va  ushlangan  shaxslar  harbiy  va  fuqaro  iyerarxiyasining 
turli  darajalarini  taqdim  etuvchi  shaxslar  ekanligidan  dalolat  bermoqda. 
Hokimiyat barcha eshelonlari vakillariga nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atish 
orqali xalqaro gumanitar huquq qo‘pol buzganlik uchun  turli darajadagi 
javobgarlikni  belgilashga  intilgan.  Biroq  barcha  kurashuvchi  tomonlarga 
tegishli  bo‘lgan  va  harbiy  hamda  fuqarolik  ma’muriyatining  turli 
bo‘g‘inlarida  xizmat  qilgan  shaxslarga  qarshi  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atib, 
                     
87
  С.  Лауччи.  Преследовать  в  судебном  порядке  и  обеспечивать  судебное  преследование  лиц, 
совершивших серьёзное  нарушение  международного гуманитарного права. МККК. Сборник статей. 2011г. 
С.55. 


124 
 
Tribunal sobiy Yugoslaviyada sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 
barcha shaxslarni, istisnosiz potensial ayblanuvchilar doirasiga kiritgan. 
 
Tribunal o‘zining siyosiy va harbiy iyerarxiyadagi yuqori mavqeiga 
asosan  uning  vakolatiga  kiruvchi  jinoyatlarni  sodir  etish  to‘g‘risida 
buyruq berishga yoki bunday jinoyatlarning oldini olish yoki ularni sodir 
etgan  shaxslarni  jazolashdan  o‘zini  saqlab  qoluvchi  shaxslarni 
javobgarlikka  tortishga    jiddiy  asoslarga  ega.  Bunday  shaxslar 
“buyruqlarni  bajarishdan  tashqari  bu  bilan  xalqaro  jamoat  tartibini 
buzadilar (Karadjich, Mladich va Stanishich ishi, IT-95-5-D). 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish