109
3. A’zo davlatlar tomonidan yig‘iladigan qo‘shilgan qiymat
solig‘iga foiz to‘lovlari;
4. A’zo davlatlarning YI budjetiga o‘tkaziluvchi yalpi milliy
mahsulotining belgilangan foiz
chegirmalari;
5. Boshqa shaxsiy mablag‘lar (YI markazida ishlovchi jismoniy
shaxslar daromad solig‘i, kapitaldan olingan foiz daromadi, dasturlarni
bajarish uchun olingan badallar, jarimalar va boshqalar)
69
.
Yevropa Ittifoqi dastlab iqtisodiy yo‘nalishga ega bo‘lganligi bois
Yevropada zamonaviy integratsiyaviy tuzilmalarga asos bo‘lgan
shartnomalar Yevropa hamjamityai va Yevropa Ittifoqi iqtisodiy
xavfsizligi asoslarini yaratib bergan.
Shu munosabatdan iqtisodiy firibgarlikka qarshi kurash masalalari
1957-yilda Yevropa hamjamiyatini ta’sis etish shartnomasi imzolanishi
bilan Yevropa huquqining amal qilish doirasida yuzaga kelgan bo‘lib,
70
mazkur shartnoma normalari firibgarlikka va hamjamiyat moliyaviy
manfaatlariga taalluqli boshqa noqonuniy faoliyatga qarshi kurash
to‘g‘risida qator qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Firibgarlikka qarshi kurash sohasidagi qoidalarning kelgusi
rivojlanishi 1992- yilda imzolangan Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi
shartnomaga borib taqaladi
71
. Jinoyatchilikning oldini olish va unga
qarshi kurash YI asosiy maqsadlaridan o‘rin olgan. Mazkur
shartnomaning 4 bo‘limi jinoiy huquqiy sohada politsiya va sudlarning
hamkorligiga doir qoidalarni o‘z ichiga olgan va uning 29 moddasida
mazkur maqsad uyushgan va boshqa jinoyatchilik, xususan, terrorizm,
69
А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект,
2011. С.81.
70
Consolidated version of The Treaty establishing The European Community // 24.12.2002 Official Journal
of the European Communities C 325/35. - РР. 38 - 155.
71
Consolidated version of The Treaty on European Union // 24.12.2002 Official Journal of the European
Communities C 325/35. - РР. 38 - 155.
110
odam savdosi va bolalarga qarshi jinoyatlar, giyohvand va qurol
yarog‘lar noqonuniy savdosi korrupsiya va firibgarlikning oldini olish
yo‘li bilan erishilishi belgilangan. YI moliyaviy manfaatlarini muhofaza
qilish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar atom energiyasi bo‘yicha Yevropa
hamjamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaning 183-“a”
moddasida belgilangan bo‘lib “unga ko‘ra a’zo davlatlar o‘z moliyaviy
manfaatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi suiiste’molliklarga qarshi kurashish
bo‘yicha qo‘llovchi tadbirlarni hamjamiyat moliyaviy manfaatlariga
ta’sir etuvchi suiiste’molliklarga nisbatan ham qo‘llaydilar
72
”.
Ta’sis hujjatlarida firibgarlikka qarshi kurashga qaratilgan asosiy
e’tiborga qaramasdan Yevropa hamjamiyati ustuvor milliy tashkilot
sifatida jinoiy huquqiy sohada o‘z
vakolatiga ega emas
73
.
Ta’sis shartnomalarida belgilangan umumiy prinsiplardan kelib
chiqqan holda hamjamiyatlar huquqiy tizimlari doirasidan tashqari
xalqaro huquqiy instrumentlar vositasida qo‘llanilgan chora tadbirlar YI
a’zo davlatlarining firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning
aniq yo‘nalishlarining huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha
dastlabki qadami bo‘lib xizmat qildi.
1995-yil 26-iyulda imzolangan, 2002-yil 17-oktabrda kuchga kirgan
Yevropa hamjamiyatlari moliyaviy manfaatlarini muhofaza qilish
Konvensiyasi (“PIF konvensiyasi” sifatida ma‘lum fransuzcha
Do'stlaringiz bilan baham: