112
Fraude - UCLAF) ta’sis etildi, firibgarlik holatlari to‘g‘risida ma‘lumot
to‘plash, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari, shuningdek YI
moliyaviy manfaatlariga taalluqli boshqa qator masalalar uning
vakolatiga
kiritildi
77
.
YI Hisob palatasi tomonidan 1988-1998-yillarda o‘tkazilgan
tekshirishlar UKLAFning firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha faoliyati
cheklanganligi va past samaradoligi bilan ajralib turganligini ko‘rsatdi
78
.
Shunday qilib, uning ma‘lumotlariga ko‘ra 1997-yilda YI da
ishlarning noto‘g‘ri yuritilganligi oqibatida budjetning qariyb 5 %
yo‘qotildi va bu qariyb 4 mlrd. EKYU ni tashkil etdi. Auditorlar
palatasining fikricha butun javobgarlik yetarlicha nazorat qilinmaganlik,
shuningdek, 1998-yil 7-oktabrdagi firibgarlikda yotadi.
1999-yilda firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi
markaz – UKLAF bekor qilingan.
UKLAFni bekor qilinishi YI fondlaridagi firibgarlikka va YI
nohalol xizmatchilari korrupsiyasiga qarshi kurash masalasini kun
tartibidan chiqarib tashlamadi va oldin yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
inobatga olgan holda komissiya firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha
samarali instrumentni yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi va uni YI
institutlari va organlaridan Mustaqilligi ta‘minlandi.
Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa byurosi -
OLAF
(inglizcha European Anti-fraud Office – OLAF), 1999-yil 28-apreldagi
komissiya qaroriga ko‘ra tashkil etildi.
Mazkur qarorga muvofiq:
- OLAF komissiyaning Mustaqil organi sifatida ta’sis etiladi va
uning vakolatiga doir masalalar yuzasidan funksional Mustaqillikka ega
(1-modda).
- Firibgarlikka, korrupsiyaga va YI moliyaviy manfaatlariga doir
boshqa noqonuniy faoliyatga qarshi kurashni kuchaytirish OLAFning
vazifasi hisoblanadi (2 modda);
- OLAF komissiyaning YI a’zo davlatlari bilan firibgarlikka qarshi
kurash sohasidagi hamkorligiga ko‘maklashishi lozim;
- OLAF moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi umum
Yevropa qonunchiligini ishlab chiqishda
ishtirok etadi;
- OLAF ma’muriy tergovlarni amalga oshiradi (OLAF ning ichida
sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar Yuzasidan), ichki tergov (YI
ning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari tomonidan
77
См.: Official Journal of the European Communities № C 328. 26 October 1998. Brussels, 1998. P.95.
Do'stlaringiz bilan baham: