Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Yevropol tizimi, tuzilishi va tarkibi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148
   
Yevropol tizimi, tuzilishi va tarkibi 
 
 
Yevropol  Niderlandiyadagi  Gaaga  shahrida  joylashgan.  Yevropol 
Yevropol  to‘g‘risidagi  konvensiya  bilan  ta’sis  etilgan  Yevropol 
idorasining  huquqiy  vorisi  hisoblanadi.  Har  bir  a’zo  davlatda  Yevropol 
tashkil  etilgan  yoki  tayinlangan  bitta  milliy  bo‘lim  bilan  bog‘langan. 
2009-yil  6-apreldagi  qaror  bilan  tashkil  etilgan  “yangi”  Yevropol  “eski” 
Yevropolning, 
shu 
jumladan, 

tomonidan 
tuzilgan 
xalqaro 
shartnomalarga  nisbatan  ham  huquqiy  voris  sifatida  namoyon  bo‘ladi. 
Qarorning  64  moddasiga  muvofiq  u  2010-yil  1-yanvardan  yoki 
birmuncha keyinroq (agar qayd etilgan sanada Yevropa Ittifoqi Kengashi 
tomonidan  “yangi”,  shu  jumladan,    personalining  imtiyozlar  va 
immunitetlari  to‘g‘risidagi  maxsus  reglament  tasdiqlanmasa)  o‘z 
faoliyatiga kirishadi.  
Ma’muriy kengash va direktor Yevropolning organlari hisoblanadi. 
                     
61
  См.:  Решение  Совета  Европы  от  6  апреля  2009  г.  о  создании  Европейского  полицейского 
ведомства (Европол) // Journal officiel de l’Union européenne L 121 du 15.5.2009, p. 37. Перевод и предисловие 
Четверикова А.О. 


101 
 
Ma’muriy kengash tarkibiga har bir a’zo davlatning bittadan vakili 
va qo‘shma komissiyaning bir nafar vakili kiradi. Ma’muriy kengashning 
har bir a’zosi bitta ovozga ega. Har bir a’zo o‘z o‘rniga bitta o‘rinbosarini 
yuborishi  mumkin  va  haqiqiy  a’zo  bo‘lmaganda  o‘rinbosar  uning  ovoz 
berish huquqidan foydalanishi mumkin. 
Ma’muriy  kengash  raisi  va  vitse-raisi  kengashning  18  oylik 
dasturini  birgalikda  ishlab  chiqqan  3  a’zo  davlat  guruhi  tomonidan 
mazkur guruh doirasida saylanadi. 
Ular  o‘zlarining  qonuniy  vakolatlarini  kengashning  tegishli 
dasturiga muvofiq 18 oy mobaynida amalga oshiradilar.  
Mazkur  muddat  davomida  rais  o‘z  a’zo  davlatining  ma’muriy 
kengashdagi  vakili  sifatida  harakat  qilmaydi.  Vitse-rais  rais  o‘z 
vazifalarini amalga oshira olmaydigan holatda uning o‘rnini egallaydi.  
Rais  Ma’muriy  kengashning  o‘z  vazifalarini  bajarish  mobaynida 
normal faoliyat ko‘rsatishi uchun javobgar hisoblanadi
62

Rais huzurida Ma’muriy kengash kotibiyati faoliyat ko‘rsatadi va u 
Ma’muriy  kengash  faoliyatini  tashkil  etish  muvofiqlashtirish  va 
tizimliligini  ta‘minlash  bilan  uzviy  bog‘liq.  Rais  rahbarligi  va 
javobgarligi  ostida  u  raisga  turli  qarorlar  qabul  qilishga  ko‘maklashadi. 
Ma’muriy  kengashga  uning  vazifalarini  bajarishga  zarur  yordamni 
ko‘rsatadi. 
Ma’muriy kengash: 
-  Yevropol  maqsadlariga  erishilmaganligini  aniqlashga  imkon 
beruvchi  baholash  me’zonlarini  o‘z  ichiga  olgan  strategiyani  ishlab 
chiqadi; 
-  Direktorning  faoliyati  ustidan  Shu  jumladan  Ma’muriy  kengash 
qarorlarini ijro etish ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
-  Har qanday qarorlar yoki choralar qo‘llanilishini qabul qiladi; 
-  Direktor  taklifiga  ko‘ra  va  komissiya  roziligi  bilan  Yevropol 
personaliga nisbatan qo‘llaniluvchi tartib to‘g‘risida qoidalar qabul qiladi; 
-  Komissiya  bilan  kelishuvga  asosan  moliyaviy  reglamentni  qabul 
qiladi va buxgalterni tayinlaydi; 
-  Ichki  audit  bo‘limini  tuzadi  va  Yevropol  personali  a’zolaridan 
shakllanuvchi auditorlik personalini tayinlaydi. 
  Yevropol  kengash  tomonidan  ko‘pchilik  ovozi  bilan  ma’muiriy 
kengash  tomonidan  taqdim  etiladigan  3  tadan  kam  bo‘lmagan  nomzod 
ichidan  4  yil  muddatga  tayinlanadigan  direktor  tomonidan  boshqariladi. 
                     
62
 См.: Трыканова С.А., Орина И.В. Актуальные проблемы Европейского права: Учебное пособие  – 
М.: Флинта: МПСИ, 2008. – С. 175 


102 
 
Kengash  Direktor  faoliyatini  baholagan  Ma’muriy  kengash  taklifiga 
binoan  uning  vakolatini  yana  bir  marta  4  yil  muddatga  yangilashi 
mumkin.  
  Ma’muriy  kengash  Direktor  yoki  direktor  o‘rinbosari  lavozimiga 
nomzodlarni  tanlash,  shuningdek,  uning  vakolatlarini  yangilash 
qoidalarini belgilaydi. 
  Mazkur  qoidalar  ular  kuchga  kirgunga  qadar  kengashning 
ko‘pchilik  ovozi  bilan  tasdiqlanadi
63
.  Direktor  o‘z  faoliyati  uchun 
Ma’muriy  kengash  oldida  javobgar  bo‘lib,  Yevropolning  qonuniy  vakili 
hisoblanadi. Moliyaviy nazoratchi (the Financial Controller) va moliyaviy 
qo‘mita ham Yevropol organlari hisoblanadi. 
  Idoralararo  taftish  komissiyasi  (the  Joint  Audit  Committee)  har 
yili  Yevropolning  barcha  daromadlari  va  harajatlarini  taftishini,  budjet 
ijrosini o‘tkazadi. 
  Yevropol faoliyatining asosini Yevropa Ittifoqi davlatlari huquqni 
muhofaza  qiluvchi  organlarining  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 
hamkorligining  axborot  ta‘minoti  tashkil  etadi.  U  Yevropol  yagona 
Axborot  tizimi  (The  Europol  Computer  System)  asosida  amalga 
oshiriladi. 
 
  Yevropol  vazifalarini  amalga  oshirish  uchun  oldin  yaratilgan 
Shingen  axborot  tizimiga  asoslanuvchi  kompyuterlashtirilgan  axborot 
tizimi  (Computerized  System  of  Collected  Information)  yaratilgan.  U 
quyidagilardan iborat tarkibda faoliyat ko‘rsatadi: 

Axborot tizimi (Information System); 

Kriminalistik  tahlili  uchun  ishchi  fayllar  tizimi  (Work  Files  for  the 
Purposes of Analysis); 
-  Indekslar tizimi (Index System). 
                     
63
 Топорнин Б.Н. Европейское право: Учебник. - М.: Юристъ, 2008. – С. 142. 


103 
 
   
Mazkur  kompleks  ularga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  hamkorlikni 
tashkil  etish  Yevropol  vakolatiga  kiruvchi  jinoyatlar  to‘g‘risida 
ma‘lumotni  yig‘ish,  saqlash,  tahlil  qilish  va  kelgusida  Yevropa  Ittifoqi 
a’zo  davlatlari  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  maqsadida 
foydalanishda qo‘llaniladi.  
Shakllangan axborot quyidagilarga taalluqli: 
-  A’zo  davlatlar  milliy  qonunchiligiga  ko‘ra  Yevropol  vakolatiga 
kiruvchi  jinoyatni  sodir  etish  yoki  unda  ishtirok  etishda  gumon 
qilinayotgan yoki bunday jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar; 
-  Bunday jinoyatlarni sodir etishi mumkin deb gumon qilish uchun 
jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan shaxslar; 
-  Bunday  jinoyatlarni 
tergov  qilishda  ko‘rsatma  berishda 
chaqirtirilishi mumkin bo‘lgan shaxslar; 
-  Bunday  jinoyatlardan  jabrlanuvchilar  yoki  bu  kabi  jinoyatlardan 
birining  jabrlanuvchisi  bo‘lishi  mumkin  deb  faraz  qilish  uchun  yyetarli 
asoslar mavjud shaxslar; 
-  Bu turdagi jinoyatlarga aloqadar shaxslar; 
-  Bunday jinoyatlar to‘g‘risida ma‘lumot bera oladigan shaxslar. 
  Ro‘yxatga olish ma‘lumotlarida Shuningdek jinoyat sodir etishda 
qo‘llaniladigan  vositalar,  jinoyatning  mohiyati,  uning  sodir  etilish  vaqti 
va joyi to‘g‘risida ham ma‘lumotlar o‘rin olgan. 
  Yevropol  to‘g‘risidagi  konvensiyada  mazkur  axborot  tizimlaridan 
foydalanishning  maxsus  shartlari,  ma‘lumotlarni  shu  jumladan,  shaxsiy 
ma‘lumotlarni himoya qilish tartibi belgilangan. Tizim faoliyatida inson 
huquqlariga  rioya  qilinishi  usitdan  nazorat  har  bir  milliy  nazorat 
organidan  2  tadan  oshiq  bo‘lmagan  vakildan  iborat  Birlashgan  nazorat 
organi (Joint Supervisory Body)tomonidan amalga oshiriladi. 
  Mazkur 
organ  shuningdek,  a’zo  davlatlarning  Yevropol 
to‘g‘risidagi konvensiyaning 19 moddasiga muvofiq bepul axborot olish 
huquqiga ega fuqarolari o‘zlarining mazkur huquqlarini to‘siqsiz amalga 
oshirishlarini  ham  kuzatib  boradi.  Bunday  so‘rovni  Yevropolga  qayta 
yo‘naltiruvchi  har  qanday  davlat  tomonidan  qilinishi  mumkin. 
Ro‘yxatlarda saqlanadigan axborotni olish huquqidan foydalanish va uni 
o‘zgartirish jarayoni milliy qonunchilikka binoan amalga oshiriladi.  
  Yevropol  personali  vaqtincha  va/yoki  shartnomaviy  xodimlardan 
iborat.  Ma’muriy  kengash  har  yili  basharti  Direktor  nomuayyan 
muddatga  shartnomalar  tuzish  istagini  bildirsa  o‘z  roziligini  beradi. 
Ma’muriy  kengash  shtat  jadvalida  berilgan  qaysi  vaqtincha  lavozimlar 
faqat  a’zo  davlatlar  vakolatli  organlar  tomonidan  jalb  etilgan  personal 


104 
 
tomonidan egallanishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
  Yevropa  Ittifoqining  har  bir  a’zo  davlatida  Yevropol mazkur  a’zo 
davlat  o‘z  milliy  qonunchiligiga  ko‘ra  yuridik  shaxslariga  beradigan 
keng  huquq  layoqatiga  ega  bo‘ladi.  Yevropol  xususan  ko‘char  va 
ko‘chmas  mulk  sotib  olish  yoki  sotish  va  sudda  ishtirokchi  tomon 
sifatida qatnashish huquqiga ega. 
Yevropa  Ittifoqining  har  bir  a’zo  davlati  asosiy  funksiyalarni 
bajarish  uchun  mas’ul  bo‘lgan  milliy  bo‘limni  tuzadi  yoki  tayinlaydi. 
Har  bir  a’zo  davlatda  milliy  bo‘lim  rahbari  sifatida  mansabdor  shaxs 
tayinlanadi. 
  Milliy  bo‘lim  Yevropol  a’zo  davlat  milliy  vakolatli  organlari 
o‘rtasidagi  yagona  aloqa  organi  hisoblanadi.  Biroq  a’zo  davlatlar  ular 
tomonidan tayinlangan vakolatli organlar va Yevropol  o‘rtasida tegishli 
a’zo  davlat  tomonidan  belgilangan  shartlarga  rioya  qilish  sharti  bilan 
bevosita aloqalarga ruxsat etishi mumkin.
64
 
  Milliy  bo‘lim  bir  vaqtning  o‘zida  Yevropol  va  tayinlangan 
vakolatli  organlar  o‘rtasida  bevosita  almashinayotgan  butun  axborotni 
oladi.  Milliy  bo‘lim  va  vakolatli  organlar  o‘rtasidagi  munosabat  milliy 
qonunchilik normalari, shu jumladan, tegishli konstitutsiyaviy normalar 
bilan tartibga solinadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish