Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148
KAZUSLAR 
Siriya fuqarosi Ahmadiy – maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kiber-terror 
guruhi rahbari, Markaziy Osiyo hududida  o‘z faoliyatini boshladi. Jinoiy 
guruh  maqsadi  siyosat,  shou  biznes,  sport  olamidagi  eng  mashhur 
shaxslarning  “Twitter”,  “Instagram”,  “Facebook”  ijtimoiy  tarmoqlarida 
ro‘yxatdan  o‘tgan  profillari  parollarini  buzib,  ular  profilida  kiber-
terrorchilik  guruhining  navbatdagi  qaltis  rejalarini  tuzish  hisoblanadi. 
Xususan,  kiber-terror  guruhi  Markaziy  Osiyo  hududida  joylashgan 
taniqli,  tarixiy  obidalarni  portlatish,  shuningdek  mazkur  obidalar 
qurilishida  ishtirok  etgan  me'morlarni  qatl  etishga  qaratilgan  video 
lavhalarni  joylashtirish  va  muxlislar  o‘rtasida  shov  shuvli  piarni  amalga 
oshirish  bilan  internetda  turli  xil  viruslarni  tarqatishdan  iborat. 
O‘zbekiston  va  Qozog‘iston  davlatlari  maxsus  xizmat  organlari 
tomonidan  guruhning  turgan  joyi,  tarkibi  haqidagi  ma‘lumotlar  olindi. 
Shanhay  hamkorlik  tashkiloti  Mintaqaviy  aksilterror  tuzilmasi  (SHHT 
MATT)  va  yuqoridagi  davlatlarning  maxsus  xizmatlari  rahbarlari 
ishtirokidagi  tezkor  majlisida  jinoiy  guruhni  yo‘q  qilish  bo‘yicha 
operatsiya o‘tkazishga kelishib olindi. Bunda maxsus xizmatlar xodimlari 
harakatlarini  muvofiqlashtirish  va  operatsiyaga  rahbarlik  qilish  SHHT 
MATT vakiliga yuklandi.  
1. Mazkur holatga baho bering.  
2.  SHHT  MATT    tashkiloti  faoliyatini  tartibga  soluvchi  xalqaro-
huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqiy mexanizmlarni sharhlang. 
3.  Kiber-terror  guruhi  a'zolarini  jinoiy  javobgarlik  jalb  etish 
masalasi qanday tartibda hal etiladi? 
4.  SHHT  MATT  tashkilotining  davlatlarning  ichki  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  va  boshqa  organlari  bilan  o‘zaro  munosabatlarining 
o‘ziga xos xususiyatlarini yoriting. 
Xitoy  Xalq  Respublikasining  (XXR)  maxsus  xizmati  tomonidan 
XXRdan  alohida  Uyg‘ur  avtonom  Respublikasini  ajratish  maqsadida 
separatizm  va  terroristik  harakatlarini  amalga  oshirishda  gumon 


97 
 
qilinayotgan  fuqaro  Li  Qirg‘izistonda  yashiringani  aniqlandi.  XXRning 
vakolatli  organlari  Shanxay  hamkorlik  tashkilotining  mintaqaviy 
aksilterror  tuzilmasi  (ShHT  MATT)ga  murojaat  qilib,  fuqaro  Lini 
ushlashda ko‘mak berishni so‘radi. 
Savollar:  Fuqaro Lini  qidiruv harakatlarini  SHHT  MATT  amalga 
oshirishga  vakolatlimi?  XXR  maxsus  xizmatining  murojaati  ustidan 
SHHT MATT qanday qaror qabul qilishi mumkin? 
Eron  fuqarosi  A.  –  maxsus  tayyorgarlik  ko‘rgan  shaxidlar  guruhi 
rahbari,  mahfiy  yo‘llar  orqali  Tojikiston  Respublikasi  chegarasidan  o‘z 
guruhini  o‘tkazib,  mamlakatga  kirib  kelgan.  Jinoiy  guruh  maqsadi 
Markaziy  Osiyo  davlatlari  poytaxtlari  va  yirik  shaharlarida,  ob'ektlarda 
terroristik  aktlarni  tayyorlash  va  amalga  oshirishdan  iborat  edi.  Tezkor 
yo‘llar  bilan  guruhning  yo‘nalishi,  tarkibi,  teraktlar  o‘tkazilishi 
mo‘ljallangan  shaharlar  va  ob'ektlar  dislokatsiyasi,  jinoyatchilarda 
mavjud  qurol-yaroq,  portlovchi  moddalar  haqidagi  ma‘lumotlar 
O‘zbekiston  va  Qozog‘iston  davlatlari  maxsus  xizmat  organlariga  kelib 
tushdi.  ShHT  MATT  va  yuqoridagi  davlatlarning  maxsus  xizmatlari 
rahbarlari  ishtirokidagi  tezkor  majlisida  jinoiy  guruhni  yo‘q  qilish 
bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga kelishib olindi. Bunda maxsus xizmatlar 
xodimlari harakatlarini muvofiqlashtirish va operatsiyaga rahbarlik qilish 
ShHT MATT vakiliga yuklandi. Shu bilan birga, Tojikiston Respublikasi 
rasmiy  idoralari,  mahfiylikni  saqlash  maqsadida,  ushbu  mamlakat 
hududida maxsus operatsiya o‘tkazilishi haqida xabardor etilmadi. Tezkor 
tadbir  jarayonida  shaxidlardan  biri  portlovchi  uskunani  harakatga 
keltirishga ulgurdi. Oqibatda o‘ndan ortiq insonlar hayotdan ko‘z yumdi, 
ularning oltitasi – Tojikiston fuqarolari edi.       
 1.  Mazkur  holatga  hukukiy  baho  bering.  ShHT  MATT    tashkiloti 
faoliyatini  tartibga  soluvchi  xalqaro  huquqiy  hujjat  haqida  ma‘lumot 
bering. 
2.  Bir  qancha  davlatlar  hududida  terroristik  harakatlarni  sodir 
etishni maqsad qilgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini 
Xalqaro jinoyat sudida ko‘rishga asos mavjudmi? 
3.  ShHT  MATT  tashkilotining  davlatlarning  ichki  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  va  boshqa  organlari  bilan  o‘zaro  munosabatlari 
tartibini yoriting.    
 
 


98 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish