Ambassade de Suisse auprès de l'Ouzbékistan et de la République kirghize



Download 19.6 Kb.
Sana20.01.2017
Hajmi19.6 Kb.



Ambassade de Suisse auprès de l'Ouzbékistan et de la République kirghize




Vizanig D turi. Ish / Oʻqish / Istiqomat muddati 90 kundan oʻrtiq

Shveytsariya vakolatxonasi ushbu turdagi uzoq muddatli (90 kundan ortiq) viza soʻrovnomalariini qabul qiladi, ammo ularni oʻrganib chiqish vakolatiga ega emas. Bu turdagi viza uchun ruhsatni faqatgina Shveytsariya kantonlarining migratsiya organlari berishladi.
Har bir murojat etuvchi (bolalar ham), viza olish uchun toʻplagan hujjatlarni toʻlaligicha shaxsan oʻzi Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga yoki Bishkekdagi konsullik agentligiga taqdim etadi. Soʻraladigan hujjatlar :


  1. Ish shartnomasining yoki universitetga, maktabga oʻqishga kirganlikni tasdiqlovchi hujjatning yoki Shveytsariyaga viza olish zazuriyati borligini tasdiqlovchi barcha boshqa hujjatlarning asli va 3 nusxasi. Ushbu hujjatlarda quyidagi maʻlumotlar boʻlishi lozim :

- viza soʻrovchisining familiyasi, ismi va manzili

- Shveytsariyadagi faoliyatning/oʻqishning koʻzda tutilgan muddati


  1. Viza soʻrayotgan shaxs tomonidan toʻgʻri va toʻliq, bosma harflarda nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan birida toʻldirilgan va imzolangan 3 dona D turdagi anketa. Anketalarni quyidagi internet manzildan topish mumkin :

Fransuz va ingliz tillarida :



http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-visumd-fr-en.pdf
Nemis va rus tillarida :

http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-visumd-ru-de.pdf


  1. Viza soʻrayotgan shaxsning pasporti va uning 3 nusxasi (familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi hamda, oldin Shengen vizasi olingan boʻlsa, oxirgi ikki Shengan vizasi qoʻyilgan sahifalari). Viza soʻralayotgan paytda pasportning berilgan vaqti 10 yildan oshmagan boʻlishi kerak. Pasportning yaroqlik muddati Shengen hududidan qaytib chiqqandan keyin ham eng kamida 3 oy boʻlishi shart va pasportda vizalar uchun eng kamida 2 boʻsh sahifa boʻlishi lozim.




  1. Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan 4 dona fotosurat. Ulardan uchtasi anketaga yopishtiriladi va toʻrtinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi.

Fotosurat uchun talablar (ingliz tilida) quyidagi internet manzilda :



http://www.eda.admin.ch/etc/medialib/downloads/edactr/rus.Par.0083.File.tmp/Photograph_Guidelines_en.pdf


  1. Aviabilet bron qilinganligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjat Shveytsariyadan viza berilishi uchun ruhsat kelgandan keyingina taqdim etiladi.


6) Taqdim etilgan D turdagi viza soʻrovnomasi elchixona tomonidan Shveytsariya migratsiya xizmatlariga joʻnatiladi va u 4-6 hafta maboynida oʻrganilib chiqiladi.


  1. Viza toʻlovi kattalar uchun 60.00 Evro va oʻz pasportiga ega 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 35 Evro. 1 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun va ota-ona pasportida boʻlganlar uchun viza bepul. Har bir viza soʻrovnomasining joʻnatilishi uchun 6 AQSH dollari olinadi. Viza toʻlovlari soʻrovnoma topshirilayotgan vaqtda faqat naqd shaklida va AQSH dollarida amalga oshiriladi (Faqatgina 1996-yildan soʻng chiqqan, yangi va ortiqcha belgilarsiz pullar qabul qilinadi). Toʻlovlar valyuta kurslariga qarab oʻzgarib turadi. AQSH dollari kursini bilish uchun marhamat qilib elchixona Internet sahifasiga kiring.


18 yoshga toʻlmaganlar uchun va ota-ona pasportiga kiritilganlar uchun quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etiladi:
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (asli va uning 3 nusxasi nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tilaridan biriga qilingan tarjimasi bilan)


  • Kuzatib borayotgan ota yoki onaning pasportidan 3 nusxa (familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi)




  • Ota yoki onaning pasportidagi bola kiritilgan sahifasidan 3 nusxa




  • Pasportiga bola kiritilgan ota yoki ona tomonidan tegishli ravishda to‘ldirilgan va imzolangan 3 dona anketa




  • Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan 4 dona fotosurat (ulardan uchtasi anketaga yopishtiriladi va toʻrtinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi)

Agar bola safarga ota yoki ona hamroligisiz va yolgʻiz chiqadigan boʻlsa:




  • Ota-onaning notarial tasdiqlangan chetga chiqish uchun bergan ruhsatnomasi (asli va 3 nusxasi, nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan biriga qilingan tarjimasi bilan).


Bu jarayon hammasi boʻlib 10 haftaga choʻzilishi mumkin. Shu sababdan, viza soʻrovchilarga hujjatlarni rejalashtirilgan safardan ancha oldin taqdim etish tavsiya etiladi

Elchixona yoki Shveytsariya migratsiya xizmatlari lozim topsa, hohlagan vaqtda qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishini soʻrashi mumkin.


Nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillarida yozilmagan barcha hujjatlar tarjimasi bilar birgalikda taqdim etilishi shart.

Elchixona manzili:
Shota Rustaveli Street, Tupik ¼

100070 Tashkent



Oʻzbekistondagi telefon : +998 71 120 67 40 (viza boʻlimi)

Shveytsariyadan telefon qilinsa : 031 / 324 18 41 (Shveytsariya linyasi)

Faks : 031 / 324 18 44 (Shveytsariya linyasi)

Elektron manzil : tas.visa@eda.admin.ch

Web sahifa : www.eda.admin.ch/tashkent
Viza boʻlimining ish vaqti
Hujjatlarni qabul qilish: Dushanba - Payshanba 09:00 – 12:00

Pasportlarni qaytarish : Dushanba - Payshanba 15:00 – 16:00

Juma 12:00 – 13:00
Telefon orqali murojatlar uchun Dushanba - Payshanba 14:00 – 17:00

Juma 08:45 – 13:00



/


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa