|
Ambassade de Suisse auprès de l'Ouzbékistan et de la République kirghize
|
Mehmonga borish vizasi (qarindoshlar/doʻstlar taklifiga binoan)
Har bir murojat etuvchi (bolalar ham), viza olish uchun toʻplagan hujjatlarni toʻlaligicha shaxsan oʻzi Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga yoki Bishkekdagi konsullik agentligiga taqdim etadi. Safar muddati 6 oy ichida eng uzogʻi bilan 90 kungacha boʻlgan mehmonga borish vizasi uchun soʻraladigan hujjatlar :
1) Shveytsariyaga taklif etayotgan shaxsning quyidagi ma’lumotlar kiritilgan taklifnomasi :
- taklif etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, manzili va telefon raqami (agar mavjud boʻlsa elektron manzili)
- taklif etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, tugʻilgan vaqti va pasport raqami
- taklif etilayotgan shaxsning Shveytsariyadagi istiqomat muddati (mamlakat hududiga kirish va chiqish aniq san’alari bilan)
- Safar, istiqomat, yegulik xarajatlari va tibbiy sugʻurta zimmaga olinganligining tasdiqlanishi
- taklif etilayotgan shaxs bilan qarindoshlik yoki tanishlik darajasi
- Taklifnoma taklif etayotgan kishi tomonidan (er-xotin boʻlishsa, ikkalasi tomonidan ham) imzolanishi va toʻgʻridan-toʻgʻri Shveytsariya vakolatxonasiga pochta yoki faks orgali joʻnatilishi kerak. Taklif etayotgan va etilayotganlar bevosita qarindosh boʻlishsa, buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi (masalan : tugʻilganlik haqidagi guvohnomadan, turmush qurganlik haqidagi guvohnomadan yoki oilaviy ahvol haqidagi daftardan bir nusxa).
2) Shveytsariyaga taklif etayotgan shaxsning yoki er-xotinning pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi govohnomasidan bir nusxa ; Shveytsariya fuqarosi boʻlishmasa amaldagi doimiy yashash ruhsatnomalaridan bir nusxa.
3) Viza soʻrayotgan shaxs tomonidan toʻgʻri va toʻliq, bosma harflarda nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan birida toʻldirilgan va imzolangan anketa. Anketalarni quyidagi internet manzildan topish mumkin :
Fransuz va ingliz tillarida :
http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-schen-fr-en.pdf
Nemis va rus tillarida :
http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-schen-ru-de.pdf
4) Viza soʻrayotgan shaxsning pasporti va uning 1 nusxasi (familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi hamda, oldin Shengen vizasi olingan boʻlsa, oxirgi ikki Shengan vizasi qoʻyilgan sahifalari). Viza soʻralayotgan paytda pasportning berilgan vaqti 10 yildan oshmagan boʻlishi kerak. Pasportning yaroqlik muddati Shengen hududidan qaytib chiqqandan keyin ham eng kamida 3 oy boʻlishi shart va pasportda vizalar uchun eng kamida 2 boʻsh sahifa boʻlishi lozim.
5) Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan ikkita fotosurat. Ulardan biri anketaga yopishtiriladi va ikkinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi.
Fotosurat uchun talablar (ingliz tilida) quyidagi internet manzilda :
http://www.eda.admin.ch/etc/medialib/downloads/edactr/rus.Par.0083.File.tmp/Photograph_Guidelines_en.pdf
6) Butun safar davomida Shengen hududini qoplaydigan tibbiy sugʻurta polisidan nusxa. Sugʻurta summasi eng kamida 30'000.00 Evro boʻlishi lozim. Quyidagi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekisonda akkreditatsiyadan oʻtgan:
- Uzbekinvest Hayot, Kafolat, INGO Uzbekistan, Alfa Life
7) Ish joyidan xat (asl nusxasi). Xatda viza soʻrayotgan fuqaroning lavozimi, ishga qabul qilingan vaqti, maoshi, ta’til kunlari koʻrsatilishi hamda safardan qaytgach oʻz ish oʻrnida ishlashi tasdiqlanishi lozim. Talabalar, talabalik guvohnomasining asli va uning tarjima qilingan (notarial tasdiqlovsiz) bir nusxasini taqdim etishadi.
8) Moliyaviy imkoniyat mavjudligini tasdiqlash uchun bank hisobidan oxirgi 3 oylik koʻchirma. Ushbu ma’lumot viza soʻrovchisining moliyaviy ahvolini oʻrganish uchun xizmat qiladi va shu sababdan ushbu ma’lumot barcha xarajatlar taklif etayotgan zimmasida boʻlsa ham soʻraladi.
9) Borish-kelish uchun qilingan aviabilet broni
10) Viza toʻlovi kattalar uchun 60.00 Evro va oʻz pasportiga ega 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 35 Evro. 1 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun va ota-ona pasportida boʻlganlar uchun viza bepul. Viza toʻlovlari soʻrovnoma topshirilayotgan vaqtda faqat naqd shaklida va AQSH dollarida amalga oshiriladi (Faqatgina 1996-yildan soʻng chiqqan, yangi va ortiqcha belgilarsiz pullar qabul qilinadi). Toʻlovlar valyuta kurslariga qarab oʻzgarib turadi. AQSH dollari kursini bilish uchun marhamat qilib elchixona Internet sahifasiga kiring.
18 yoshga toʻlmaganlar uchun va ota-ona pasportiga kiritilganlar uchun quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etiladi:
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning (asli va bir nusxasi, nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan biriga qilingan tarjimasi bilan)
-
Kuzatib borayotgan ota yoki onaning pasportidan nusxa (faqat familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi)
-
Ota yoki onaning pasportidagi bola kiritilgan sahifasidan bir nusxa
-
Pasportiga bola kiritilgan ota yoki ona tomonidan tegishli ravishda to‘ldirilgan va imzolangan anketa
-
Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan ikkita fotosurat (ulardan biri anketaga yopishtiriladi va ikkinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi)
Agar bola safarga ota yoki ona hamroligisiz va yolgʻiz chiqadigan boʻlsa:
-
Ota-onaning notarial tasdiqlangan chetga chiqish uchun bergan ruhsatnomasi (asli va nusxasi, nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan biriga qilingan tarjimasi bilan)
Viza soʻrovnomasi Toshkentdagi Shveytsariya elchixonasi tomonidan ijobiy koʻrib chiqilsa, elchixona viza soʻrovchisiga “Majburiyatlarni zimmaga olish” formulyarini beradi. Viza soʻrovchisi ushbu formulyarning qisman toʻldirib Shveytsariyaga taklif etayotgan shaxsga faks yoki pochta orqali joʻnatishi lozim. Oʻz navbatida taklif etayotgan shaxs formulyarni oxirigacha toʻldirib, unga qoʻl qoʻyib, yashash joyidagi davlat kompetent organglariga, tekshirilishi va ma’qullanishi uchun, lozim boʻlsa taklif etilayotgan shaxs(lar)ning tibbiy sugʻurta polisidan bir nusxa bilan, topshiradi. Sugʻurta summasi eng kamida Shveytsariya frankida 50'000.00 yoki Evroda 30'000.00 boʻlishi shart.
Davlat kompetent organlari soʻrovnomani koʻrib chiqib, taklif etayotgan shaxsning shu kantonda roʻyhatda turish-turmasligini, uning yoshini, ehtiyoj tugʻilganda zimmasiga olgan majburiyatlar uchun moliyaviy imkoniyati qay darajadaligini aniqlashadi va ijobiy yoki salbiy xulosa bilan vakolatxonani ogohlantirishadi. Vizaning berilish yoki berilmasligini elchixona oʻzining vakolatlaridan kelib chiqqan xolda koʻrib chiqib oʻz qarorini viza soʻrovchisiga yetkazadi.
Bu jarayon bir necha haftaga choʻziladi. Shu sababdan, viza soʻrovchilarga hujjatlarni rejalashtirilgan safardan ancha oldin taqdim etish tavsiya etiladi.
Elchixona, lozim topsa, hohlagan vaqtda qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishini soʻrashi mumkin.
Nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillarida yozilmagan barcha hujjatlar tarjimasi bilar birgalikda taqdim etilishi shart.
Elchixona manzili:
Shota Rustaveli Street, Tupik ¼
100070 Tashkent
Oʻzbekistondagi telefon : +998 71 120 67 40 (viza boʻlimi)
Shveytsariyadan telefon qilinsa : 031 / 324 18 41 (Shveytsariya linyasi)
Faks : 031 / 324 18 44 (Shveytsariya linyasi)
Elektron manzil : tas.visa@eda.admin.ch
Web sahifa : www.eda.admin.ch/tashkent
Viza boʻlimining ish vaqti
Hujjatlarni qabul qilish: Dushanba - Payshanba 09:00 – 12:00
Pasportlarni qaytarish : Dushanba - Payshanba 15:00 – 16:00
Juma 12:00 – 13:00
Telefon orqali murojatlar uchun Dushanba - Payshanba 14:00 – 17:00
Juma 08:45 – 13:00
/
Do'stlaringiz bilan baham: |