Ilmiy bilishning shakl va metodlari
Ilmiy bilishning shakl va metodlari Guruh: sinxron 4 Bajardi: Yusupova Sitora Ilmiy bilish
Ilmiy bilish-oddiy bilishdan farq qilib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, uning mohiyatini bilish. Epistemologiya ilmiy bilish to’g’risidagi fandir.
Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi. Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iborat.
Ular insonlarning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisadir.
ILMIY BILISH SHAKLLARI
Ilmiy dalil
Ilmiy bashorat
Ilmiy muammo
Ilmiy taxmin
Ilmiy qonun
Ilmiy kasfiyot
Ilmiy nazariya
Ilmiy dalil
Ilmiy dalil deganda: a) biron-bir narsa to’g’risidagi isbotlangan bilim hamda b) empirik tadqiqot natijasida hosil qilingan bilim nazarda tutiladi.Tabiat, jamiyatda kuzatiladigan turli hodisalar, tarixiy voqealar, jamiyat hayotining barcha sohalari, unda kechadigan turli ijtimoiy jarayonlar; xalqlar, millatlar, ijtimoiy guruhlar, partiyalar, davlatlar faoliyatlarining barcha tomon va ko’rinishlari ilmiy dalillar uchun asos vazifasini bajaradi.Ilmiy dalil odatda tushunchalar, mushoxadalar vositasida ifodalanadi.Ilmiy dalil har qanday bilimning negizini tashkil etadi. Ilmiy dalil tadqiqot ob’ektining xossa, xususiyatlari haqidagi haqqoniy axborot, bilimdir. Ilmiy dalil ilmiy bilimlar tizimida muhim o’rin tutadi. U: a) tadqiqot ob’ektini tavsiflaydi; b) tushuntiradi; v) asoslaydi; g) bashorat uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy muammo
Ilmiy muammo –javobi bevosita mavjud bilimda bo’lmagan, yechish usuli noma’lum masala. J.Tulenov: “Ilmiy muammo – bilmaslik haqidagi bilim”, deb ta’kidlagan.Amerikalik faylasuf Tomas Kun (1922 y.) paradigma deganda. Ma’lum davr ichida ilmiy jamoatchilikka ilmiy muammoni qo’yish va hal etish na’munasi bo’lib xizmat qiladigan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan nazariyani tushunadi.
Ilmiy taxmin
D.Mendeleev hodisalarni ilmiy tadqiq etishda ilmiy taxminlarni ilgari surishi fan uchun muhimligini ta’kidlab, ilmiy taxminni tabiiy ilmiy bilimlarning zaruriy elementi, deb hisoblagan. Uning fikricha, ilmiy taxminsiz chin bilim — nazariyaning bo’lishi mumkin emas.O’z tasdig’ini topgan ilmiy taxmin nazariyaga aylangan. Agar topa olmasa, u inkor etilgan va uning o’rniga yangi ilmiy faraz ishlab chiqilgan. Masalan, fizik olim Plank ilgari surgan kvant gipotezasi, Mendeleev D.Ining davriy qonuni, CH.Darvinning turlarning kelib chiqishi to’g’risidagi ilgari surgan ilmiy taxminlari o’z tasdig’ini topdi va ilmiy nazariyaga aylandi
Ilmiy qonun
Qonun — narsa va hodisalarni tadqiq etishning muhim tomonini ulardagi ichki mohiyat, aloqa va munosabatlarni o’rganish tashkil etadi. Ilmiy izlanish jarayonida narsa va hodisalar turkumiga xos moxiyatli belgilarni, aloqa va munosabatlarni o’rganish asosida nazariy bilim shakli - qonun kashf qilinadi.
Ilmiy bilish metodlari - analiz va sintez - tarixiylik va mantiqiylik - induktiv va deduktiv - formallashtirish va modellashtirish. Mantiqiy bilish Mantiqiy bilish bu avvalo, predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi – bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish- borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, muhumlashgan va konkretlashgan fkriy ifodalanishidir.
Mantiqiy bilishda inson ongi borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari – hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi
http://azkurs.org
Do'stlaringiz bilan baham: |